Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet40/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Malik Yusufni band qilg’ani

Qildi alar so’zini Malik pisand,


Ayladi Yusufni hamul lahza band.

Soldi oning egnina bir eski shol,


Baski, yomon hol edi anga bu hol.

Bandanikim Tengri qilur muhtaram,


Berur anga mehnatu dardu alam (!)
Ushbu sababdin erur ul anbiyo1,
Chekti bori mehnatu javru jafo.

Gul tilagan xor jafosin chekar,


Kimki asal olsa arisi tekar.

Bilgin, ayo do’stki, shodiyu g’am,


Hamdam erurlar kecha-kunduz baham.

Oqibatul amr chu Malik ravon,


Bo’ldi bu Yusufni olib shodmon.

Yusuf o’shal band ichida xoru zor,


To’kar edi yosh chu abri bahor.

Sabr qilib erdi falak jabrina,


Rost chu yetti anosi qabrina.

Tashladi o’zini teva ustidin,


Jong’a tegib erdi, jafo jabridin.
Jon bila qushti2 anosi kabrini,
Yig’lab ayur erdi falak jabrini.

Dedi: Ayo, mushfiqu zebo onam,


Kuydi bu band ichida miskin tanam.

Gul bila zanjir erur hamdamim,


Yegay eding dunyoda bo’lsang g’amim.

O’g’ri kibi egnimadur eski shol,


Bu ne alamdur va bu ne dardu hol.

Banda debon sottilar oxir meni,


Bosh ko’tarib ko’rgil onam bandani.
Dardu alamdur menga bas, beadad,
Vaqt erur emdiki, qilsang madad.


Barcha beklarning xotunlari yig’ilib kelib
Zulayxog’a nasixat qilg’anlari

Jumlayi beklar xotuni sarbasar,


Topti Zulayxoning ishindin xabar.

O’z qulungga oshiqu oshuftasen ,


Nag’u bu, Layli kibi oluftasen?!
Jumlayi nomusungga aylar ziyon,
Seni qilib ayb bu xalqi jahon.

Dedi: Zulayxoki, boringiz bu dam.


Ranja qilib qo’ydungiz esa kadam.

Barcha menga nosihu dil, so’zsiz.


Baxtu saodat bila feruzsiz .

Suhbati xosi tutaling ushbu ro’z,


Bori kamingay menga bu dardu so’z.

Barcha xaramga kirib o’lturdilar,


Barcha maishat yerini tuzdilar.

Har biriga berdi to’runju bichoq,


Dedi, Zulayxo: Kesing aylab mazoq.

Dedi enagagaki: Jon rahbari,


Borg’inu Yusufni ketur ichkari.
Ushbu jamoat bari ko’rsun yuzin,
Sarvi saxi bo’yinu nargis ko’zin.

Yusufi siddiq alayhissalom,


Kirdi xaram ichra chu mohi tamom.

Tal’atidin bo’ldi munavvar xaram,


Tushti xotunlar ichida yuz alam.

Barcha aning yuziga oldurdi ko’z,


Barchasining og’zidan qolmadi so’z.

Bari to’runj deb ilgin sarbasar,


Kesti-u bo’lmadi alarga xabar.

Barcha o’shal hol bo’lub g’arqi xun,


Tushti Zulayxo qatida sarnagun.

Chunki alar topti o’zindin xabar,


Ko’rdilar a’zasini xun birla tar.

Barcha xijolatqa qolib to’kti yosh,


Barcha Zulayxo qatida qo’ydi bosh.

Dedilar: Ey bog’ saodat guli,


Barcha qatingda o’lali bir yo’li.

Senga malomatlar eduk barimiz,


Ko’rdigu ko’rginki: nedur holimiz,

Tuzdi Zulayxo yana ohangi so’z.


Dedi: Bu ishq o’tida kuymay hanuz.

Bir yo’li tushtungiz oyoqtin tomom,


Oh, mening holim ushal subhu shom.

Ishq o’ti o’rtar hala bil xonumon,


O’rtar o’shal ishq o’ti jonu jahon.

Ishq o’tidin charx urar bu falak,


Ishq erur, bil, z-samano samak .
Ishq bo’lur vositayi toru pud,
Qildilar odamg’a maloyik sujud .

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling