Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Yusufnung og’alari kelib Maliki Tojirg’a sotqanlari


Download 390.19 Kb.
bet39/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Yusufnung og’alari kelib Maliki Tojirg’a sotqanlari

Bor edi Malik bila ham karvon,


Bo’ldilar ul lahza bari shodmon.

Chiqti bu choh ustida g’avg’olari,


Yusuf og’alari eshitti bari.

Yavuq edi barcha yetib keldilar,


Barchasi Yusufni tirik ko’rdilar.

Yusuf olar yuzina qildi nigoh,


Bo’ldi oning moh yuzi bargi qoh1.

Barchasi Yusufga yopushti ravon,


Yusuf o’shal lahza chiqardi fig’on.

Maliki Tojir dedi: Ey shayxu shob2,


Sabr qiling lahzayi qilmang shitob!
Ushbu nengizdur, muni siz eltasiz?!
Qush tilidek siz muni yolbortasiz!

Dedilar, ey xo’jayi nek e’tiqod,


Bandamiz erur o’zidur xonazod.

Uch-kecha kunduz qochib erdi tamom,


Qilg’an ekandur bu chox ichra maqom.

Emdiki tobtuk qilali oni band,


Turfa gurizanda3 qul erur lavand4.

Bizga kerakmastur oning hech ishi,


Barcha sotarbiz agar olsa kishi.

Ilki egri o’zi qochqoq erur,


Barcha yomonlig’ ichida toq erur.

Senga sotarbiz agar olsang bu dam,


Har ne baxo bersang agar beshikam5.

Barcha munung xidmatidin biz malul,


O’g’riyu ham tug’ma erur bul fuzul6.
Maliki Tojir dedi: hozir bu dam
Menga erur naqd yigirma diram7.

Barcha dedilarki sotarbiz ketur,


Ushbu yomon qulni bu eldin itur!


Malik yigirma diramga Yusufni sotqun olg’ani

Maliki Tojirkim edi mushtari,


Berdi yigirmi diramini bari.

Oldi chu Yusufni qilib bayi pok,


Bo’ldi tahayyurda o’zi havlnok'.

Dedi: Menga xat bering, ey shayxu shob,


Kimki savol aylasa, aytay javob.

Yusuf og’alari anga berdi xat,


Dedilar: Ey xojaki qilmay g’alat.

Baski, yomon fitnadur ushbu g’ulom,


Yolg’on esa bizga bahosi xarom.

Sol kishan oyog’ina, bo’ynina g’ul,


Fitnayu qochqoq erur ushbu qul.

Tut ani payvasta yalang’ochu oj,


Bordur oning dardina ushbu iloj.

Bizdin eshitgil xalayi arjumand,


Misrga yetkur ati aylab boband.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling