Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Yusuf og’alari ko’nglakin o’g’laq qoniga bulg’ag’anlarn


Download 390.19 Kb.
bet37/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Yusuf og’alari ko’nglakin o’g’laq qoniga bulg’ag’anlarn

Yusuf og’alari bari shodmon


Yondilaru qildilar o’g’loqni qon.

Yusufi miskinning, olar sarbasar ,


Piraxdnin qildilar ul konga tar.

Barchalari keldi YIG’I Ko’tarib,


Barchasi yolg’on o’t ila o’rtanib.

Barcha yoqasini qilib chok-chok,


Barcha sochib boshlari uzra xok.

Keldilaru barcha fig’on tuzdilar,


Xalq jahonning yuragin buzdilar.

Hazrati Ya’qub dedi: Bu yig’i.


Nedin erur, nega qilursiz dog’i?!

Barcha dedilarki: Rasuli iloh,


Hazratingga jori qilib biz gunoh!

Zavku tomosha bila toptuk g’urur,


Yusuf oramizda qolib erdi dur.

G’ofil eduk barcha bazavqu tarab ,


Yebtur oni gurgsagi beadab!

Ushbu hikoyatni eshitkan zamon,


Chiqti bu Ya’qub nabidin fig’on.

Tushti o’shal yer yuzida murdavor,


Ko’zida nam, siynada g’am, jonfigor.

Bexud edi rost bavoqti sahar,


Zarra tiriklikdin anga yo’q asar.

Qoldilar o’g’lonlari bori xijil,


Jamisi bir so’ziga yoshurdi til.

Barcha dedur: Oh,, ne qilduq qoni,


Bizni qo’yarmu bu inining qoni.

Tun yorudi bo’ldi chu vaqti sahar,


Tobti chu Ya’qub o’zidin xabar.

Dedi: Qani, oh mening Yusufim,


Hamdami jonimdag’i ko’rar ko’zum.

Bo’ldi oning nolasidin beqaror,


Yig’ladi Kanon ulusi zor-zor

Barcha dedilarki darig’o, darig’,


Oy edi Yusufki kirdi bamig’'.
Qonlig’ o’shal perahanini ochib,
Ko’rdi otasi ko’zidin qon sochib.

Butun edi perahani sarbasar,


Zarra jarohattin anga yo’q asar.

Qildi tabassum, dedi: xush mehrubon,


Bo’ri emastur, deydi to’zdi fig’on.

Yemish yesa yozida Yusufni pok,


Perahani bo’lmasedi chok-chok?

Dedilar: O’g’lonlari, ey rahnamo,


Bo’rini tutub kelaling biz senga.

Tebradilar tutqali chun benifoq,


Yozida bir bo’rini bil ittifoq .

Bo’ri tutub qildilar og’zini qon,


Qilg’aj o’shal barisi xo’rdu kalon.

Dedilar: Ushbu sagi gurgi palid,


Kechquruni qilduq oni nopadid .

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling