Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


NAVOYIninng “MUHOKAMATU-L-LUG’ATAYN”idan


Download 390.19 Kb.
bet45/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

NAVOYIninng “MUHOKAMATU-L-LUG’ATAYN”idan
Andoq ma’lum bo’lurki, turk sartdin tez fahmroq va baland idrokroq va hilkati sofroq va pokroq mahluq bo’lubtur. Va sart turkdin ta’akkul va ilmda daqiqroq va kamolu fazl fikratida amiqroq zuhur qilibdur. Va bu hol turklarning sidq va safo va tuz niyatidin va sartlarning ilm va funun va hikmatidin zohirdurur, lekin tillarida kamolu nuqson haysiyatidin fahsh tafovutlardurki, alfoz va iborat vaz’ qilurda turk sartqa fayq kelibdur. Va o’z alfozida ishorat iboratig’a maziyatlar ko’rguzuptur...
Sart orasida axli tab’ va donish va zumrayi ilm va zehn va benish ko’praqdur. Va turk elida ajlof va sodda el sartdin ziyodadur. Ammo turkning ulug’idin kichigiga dekincha va no’kardin bekiga degincha sart tilidin bahramanddurlar. Andoqkim, o’z xo’rdi ahvoliga ko’ra ayta olurlar. Balki ba’zi fasohat va balog’at bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim, forsiy til bila rangin ash’or va shirin guftor zohir qilurlar. Ammo sart ulusining arzalidnn ashrafig’acha va omisidin donishmandig’acha hech qaysi turk tili bila takallum qila olmaslar va takallum qilg’anining ma’nisini ham bilmaslar. Agar yuzdin, balki mingdin biri bu tilni o’rganib, so’z aytsa ham har kishi eshitsa bilur va oning sart ekanin, fahm qilur! Va ul mutakallim o’z tili bila o’z rasvolig’ig’a o’zi iqror qilg’andekdur. Va turkning asli hilqatda sartdin tab’i muloyimroq erkaniga mundin bulajabrak tonug’ yo’qdurki, xech qaysi munung muqobalasida dam ura olmaslar!!! Va sart “biajmahim” agar turk iborati orasida ojnzdur, muhiq12 ham bor. Neyu chunki turk alfozi voze’13 asru ko’p vaqtda mubolag’a izhori qilib, jo’zviy mafhumot uchun alfoz vaz’ qilibdurki, sohib vuquf kishi to zohir qilmas, inonsa ham bo’mas. Andokki: quvarmoq, va quruqshamok,, va usharmak va chichaymoq; va o’ngdaymak va chegirmak va dumsaymoq; va umunmoq, va o’sanmoq; va egirmak va egarmak va uxranmoq, va tariqmoq va aldamoq va arg’adamoq va ishanmak va iklanmak va aylanmoq va irikmak va igranmak va ovunmoq, va qistamoq va qinamoq va qo’zg’almoq va sovrulmoq va chayqalmoq va devdashmak va qimanmoq va qizg’anmoq va nekamak va silamoq va on(g)lamoq va qimirdamoq; va seripmak va sirmamak va kanargamak va sig’riqmoq va sig’inmoq va qilmoq va yalinmoq, va munglanmoq va indamak va tergamak va tevramak va qingg’aymoq va shag’oldamoq va singramak va yoshqamyoq va isqarmoq va ko’ngranmak va suxranmoq va siypamoq va qoralamoq va surganmak va kuymanmak va ingranmoq va to’shalmak va mung’aymoq va tanichqamoq va tanichqalmoq va ko’ruksamak va bushurg’anmoq va duxsalmoq va kirkinmak va sukadamak va po’smoq, burmak, turmak, tomishmoq, qaholamoq, sipqormoq, chichargamak, jo’rkanmak, o’rtamoq, sizg’urmoq, ko’rpaklashmak, cho’prutmoq, jirg’amoq, bichmoq, qingranmoq, sangurmak, kundalatmak, ko’murmak, yigirmak, ko’ngurdamak, kinargamak, gezarmak, duptulmoq, chidamoq, tuzmak, qozg’anmoq, qichig’lamoq, gangiramak, yodamoq, qadamoq, chiqanmoq, ko’ndurmak, so’ndurmak, suqlatmoq'.
Bu yuz lafzdurki, g’arib maqosid orasida ta’yin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sart tilida lafz yasamaydurlarki, barchasi muhtojun ilayha'durki, takallum chog’ida kishi anga muhtoj bo’lur. Ko’pi andok- durki, aslo oning mazmunin tafhim qilmok bo’lmas. Va ba’ziniki, anglatsa bo’lg’ay har lafz tafhimi uchun necha lafzni tarkib qilmag’uncha bo’lmas. Ul dog’i arabiy alfoz maddi bila va turk alfozida bu nav’ lafz ko’p toplur. Masala(n): bu mazkur bo’lg’an yuz lafzdin bir nechaga mashg’ulluk qilib sobit qiladi, tohasim muqobalada ilzom bo’sunki, o’zgalarni munga kiyos qilsun. Shuaro akobiridinki, ba’zi may ta’- rifida mubolag’a qilibdurlar. Va bu mu’ataddun beh amridurki, may ichmak qavoidida so’z ko’p surup zarofat nihoyatsiz zohir qilurlar. Biri: sipqormoq lafzidurki, mubolag’a mundin o’tmas, turkcha nazmda bu matla’1’ bordururkim (bayt):
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o’zumdin boray,
Shart bukim, xhr necha tutsang labolab sipqoray.
Oyo bu sipqoray lafzi mazmuniga yetganda forsiy she’rda ne iloj qilg’aylar?! Va tomshimoqki, g’oyat zavqdin bot ichmas va lazzat topa-topa oz-oz ichar. Bu g’arib ma’ni orasida turkchada bu matla’ borkim, bayt:

Soqiy ichib manga tutar qush,


Tomshi tomshi oni qilay nush.

Va qlafzi orasida turk bu matla’ni debdurlarki, bayt:


Hajr anduhida buhsab men bila olmon netay,


May ilojimdur, ko’pub dayri fanoga azm etay.

Forsigo’y turk beklar va mirzodalar, buhsamokni forsiy til bila tilasalarki, ado qilg’aylar (xud ne ish qilg’aylar?! ) va she’rning bino va madori ishqqa evrulur va oshiqliqda yig’lamokdin kulliyrak va doyimrok amr yo’qtur. Va anda tanavvu’ bor. Yig’pamsinmok, mazmuni- daki, turk mundok debdur, bayt:


Zohid ishqin desaki, qilgay fosh,


Yig’lamsinuru ko’ziga kelmas yosh.

Va ingramak va singramakkim, dard bila yoshurun, ohista yig’lamoqdur. Va oralarida tafovut oz topilur. Turkchada bu matla’ borkim, bayt:


Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak,


Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.

Forsiyda bu mazmunki bo’lmag’ay shoir ne chora qilg’ay va siqtamokkim yig’lamokka mubolag’adur. Turk bu nav’ ado qilibdurki, bayt:


Ul oyki kula-kula kirog’latti meni,


Yig’latti meni demayki, siqtatti meni.

Yana biyik un bilaki i’tidolsiz oshub bila yig’lag’aylar, oni ukurmak derlar. Va turkchada ul ma’nida bu matla’ borkim, bayt:


Ishim tog’ o’zra xar yon ashk selobini surmakdur,
Firok oshubdin har dam bulut yanglig’ o’kurmakdnr.

Chun o’kurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo’qtur, forsigo’y shoir munungdek g’arib mazmun orasidin mahrumdur. Yana yig’lamokning o’kurmagi muqobalasida inchkirmak dog’i bor. Va ul in(gi)chka un bila yig’lamokdur. Va ul turk lafzida bu nav’ tarkib bila ado topibdu- rurkim, bayt:


Charx zulmidaki bo’g’zumni kirib yig’larmen,


Igirur charx kabi inchkirib yig’larmen.

Ammo yig’lamoqta “hoy-hoy” lafzin (olub) o’zlarin turkigo’ylarga sherik qilibdurlar. Va bu lafz ham aslan turkiy uslubdur. Va fa- kirning bu maqta’i' mashhurdurkim, bayt:


Navoyi ul gul uchun hoy-hoy yig’lama ko’p,


Ki “hay” deguncha ne gulbun , ne g’uncha, ne gul bor.

Yana turk alfozida qimsanmoq, va qizg’anmoq, iki g’arib lafzdurki, oning adosi bu baytda borki, bayt:


Izoringni ochurg’a qimsanurmen,


Vale el kurmagiga qizg’anurmen.

Forsigo’y shuaro mundoq hub mazmun adosidin mahjurdurlar. Oshiq oyog’ig’a tikan kirmakga olar hor lafzi bila ta’arro’z qilib¬durlar. Ammo cho’kurki muallamirakdur bu lafzlari yo’qtur va u turk¬chada mundoq ado topibdurlarkim, bayt:


Cho’kurlarkim sening yo’lungda tevralmish oyog’img’a,


Chekib ul kuy gardin surma tortarmen qarog’img’a.

Yana ishq tariqida mahbub nazzorasi muyassar bo’lsa, oshiqning niyozidin telmurmagi asru munosib ishdur. Va bu lafz olarda yo’qtur. Va munungdek lafzlari ham yo’qtur. Va bu turkchada mundoq deyilibdurki,bayt:


Tukadur qonimni har dam ko’zlaring boqib turup,


Kim necha yuzumga boqmaysen yiroqdin telmurup.

Yana turk lafzining mahbub jonibidin yasanmog’i muqobalasida sart lafzida, orasta va oroyish lafzi bor. Ammo bezanmak muqobala¬sida demaydurlar. Va ul yasanmoqning mubolag’asidur. Va oni mundoq debdurlarkim, bayt:


Erur bas chu husnu malohat sanga,


Yasanmok,, bezanmak ne hojat sanga.

Va hublarning ko’z va qoshlari orasiniki qabog’ derlar, forsiyda bu o’zvlarning oti yo’qtur. Masnaviyda bir jamoat hub ta’rifida mun¬doq deyilibdurki, bayt:


Mengizlari gul, mijalari xor,


Kabog’lari keng, og’izlari tor.

Yana ishq atvoridakim, ashk va yig’lamoq muqobalasida oh va isig’ dam umdadur . Turklar domni chaking’a va ohni ildirimg’a nisbat berib debdurlarkim, bayt:


Firoqing ichra ulus o’rtamaqg’a ey mohim,


Chaqindurur damimu ildirimdurur ohim.

Sart tilida chaqin va ildirimdek mutaayyin va mo’tabar iki nimaga ot qo’ymabdururlar. Va arab tili bila barq, va sa’iqa bila ado qilibdurlar. Va husn ta’rifida ulug’roq holg’akim turklar meng ot qo’yupturlar, alar ot qo’ymabdurlar. Turk bu ta’rifni bu nav’ ado qilibdurkim, bayt:


Oningkim ol yenginda meng yaratti,


Bo’yi birla sochini teng yaratti.

Agar birin-birin alfoz va’zidakim, alar taksir1 qilibdurlar, ta’arruz qilinilsa so’z o’zar, neyu chunki ko’p voqe’dur...


Va uluq qardosh va kichik qardoshning ikalasini, birodar derlar va turklar ulug’ini og’a, kichigini ini derlar. Va alar ulug’ kichik, qiz qardoshini ham xohar derlar. Va bular ulugini egachi va kichikini singil derlar. Va bular otaning og’a-inisini abog’a derlar. Va onaning og’a-inisini tag’oyi va alar hech qaysig’a ot tayin qilmaydurlar. Va
arab tili bila am va hol derlar. Va ko’kaldoshni turkcha til bila derlar. Va ataga va enagani ham bu til ayturlar. Bir muayni nimakim oq uydur, anga xir qoh ot qo’yupturlar. Ammo oning ajzosining ko’pini turk tili bila ayturlar. Andoqki: tungluk va o’zuk va turlug’ va bosirug’ va chig’ va qanot ko’zang va o’g’ va bog’ish va bo’sag’a va erkana va alahoza liqyos va ov va qush salotayn odob va rusumda har qaysi boshqa muta’ayin ishi tur, ikalasini shikor derlar. Va ovda undakim, kiyikdur turk oning erkagin huna va tishisin qalchoqchi der. Yana suykunning ham erkagin bug’u, tishisini madal der. Sart “ohu” va “kavazin“din o’zga nima demas. Va bir shuru shonlig’ ovki to’nguz ovidur, oning ham erkakini qabon, tishisin mikchin va ushog’in cho’rpa derlar. Va sart barchasin xo’k va gazar lafzi bila aytur. Va kelduk qushg’aki: anda muqarrar va mashhur elbasun o’rdakdur. Va sart el elbasuini hud bilmas! Tafu turk o’rdakning erkagin so’na va tishisin bo’rchin der. Va sart munka ham ot qo’ymabdur. Va nar va moda ikalasin murg’obi der. Va o’rdakning anvoi bo’lur, qushchilar qoshida. Masala(n): jurka va erka so’qtur va olmabosh va chaqirqanot va temurqanot va aldildag’a va ala po’ka va bog’chol va bu yo’sunluq derlarki, yetmish nav’ bo’lurkim, sart barisini murg’obi uk der! Va agar bir-biridin mutamayyiz qilsa, turkcha ot bila o’q aytur. Yana ot anvoidaki to’buchoq, va arg’umoq va yakka va yodu va totu yusunluq birini turkcha o’q ayturlar.
Va otning yoshin dag’i ko’prakin turkcha ayturlar. Bir qoqulunni kurra derlar. O’zga toy, g’unon va do’non va tulon va chirg’a va lang’a deguncha fasihraklari, turkcha derlar va ko’praki muni ham bilmaslar. Va otning ey(g)arin agarchi zin derlar, ammo ko’prak ajzosini (misli jiblki ) va xona va to’qum va jorlig’ va ularchog’ va g’anjug’a va jilbur va qushqun va qontar va to’fak va to’qu yo’sunluk ko’pini turkcha ayturlar. Va kamchini agar toziyona derlar, ammo budurgisin va cho’bchurg’asin turkcha ayturlar va jiva va javshan va ko’ha va qolg’anduruk va qaribchi va kechim va aha yo’sunluq, urush asbobini ham turk tili bila ayturlar. Va ma’hudi albisadin misl: dastor va qalpoq va navro’zi va to’pi va shirdag’ va dakla va yalak va yog’lig’, tirlik,qo’r yo’sunlug nimalarning barisini turk tili bila ayturlar. Yeguluklardin agarchi kuy muchalarin ba’ziga ot qo’yupturlar, ammo orfoni va oshug’lug’ ilikni va yon so’ngakni va qaburg’ani va ilikni va o’rta ilik va yug’uzlag’uni turkcha ayturlar. Va yana ba’zi yemaklardin quymog’ va qatlama va bulamog’, qurut va ulabo va qaymog’ va urgamachni ham turkcha ayturlar. Va qimizni va suzmani va bahsumni va bo’zani dog’i turkcha ayturlar.
Arab tilining sarfi istilohining abvobida bir bobdurki, anga “mufa’ala” bobi ot qo’yubturlarki, lafz bir mazkur bo’lur; ammo iki kishi fe’liga mushtamildurki , bir nav’ voke’ bo’gay. Andokki: muoraza va mukobala va mushoara va muqolama va kulli bobdur. Va munda azim favoyid xosil va forsiguylar muncha fasohat va balog’at da’vosi bila foydadin mahrum. Ammo turk bulagosi bu foidaga ta’arruz qilibdurlar. Va masdarg’a bir (shin) xarfi ilxak qilmok bila ul maksudni topibdurlar. Andoaki: chopishmok, va tobishmos va kuchuilmok, vauyo’qhmak. Va bu sho’i lafzdur. Va bu lafz vaz’i azizlarga joyi taslim va tahsindurki, bag’oyat xub qilibdurlar. Va bu fasoxat bila sart fo’saxosidin tamom sichilibdurlar. Yana bir adolari borki, ba’zi alfozning so’nggida (ch, y) ki (chi) lafzidur orttururlar, yo mansabning, yo hunarning, yo peshaning izhori uchun forsiyda yo’qtur. Balki alar ham turkcha ayturlar.
Mansabda andoqki: surchi va suvchi va xazonachi va kerak yaroschi va chavkanchi va nayzachi va shukurchi va yurtchi va shilanchi, axtachi yo’qunluk kuptur. Xunar va peshada andoqki: sushchi va barichi va kuruschi va tomgachi va jibachi va yurgachi va holvachi va kemachi va suychi, qush hunarida dagi bu istilox borur, andoqki: sazchi va nuvchi va turnachi va kiyikchi va tovushsonchikn, sart lafzida yo’qtur va alar mazkur bo’lganlarning kupini turkcha ayturlar. Yana bir nav’ iborat va adolari borkim: birovdin bir ishni gumon eltmak bila ul ishni ul kishiga nisbat guna berurlar yo’qki, tahqiq yuzidin, balki mazanna va gumon xaysiyatidin" ammo munda diqqat ko’ptur, andoqki: borgudek va yorgudek va kelgudek va bilgudek va aytkudek va saytsudek va urgudek va surgudek. Va bu forsiyda bo’mas. Va ba’zi alfozning oxirida bir (jim) xarfi vasl qilurlar. Va oning bila ul fe’lda sur’at yukunluk iroda qilurlar. Andoqki: tegaj va aytgaj va borgaj va yorgaj va topgaj va sotsaj. Yana bir (r, y) harfiki ba’zi lafzning oxiriga ilxak qilurlar, andin mubolagavusi iroda qilurlar, andoqki: bila kur va keta kur yita kur va yana bir rang yo bir sifatning hamul holig’a mubolag’a uchun aning avvalida avval harfiga bir (p) yo (mim) izofa qilib ul shayga zayid qilurlar. “B” misoli: op-os, qop-qora, sip- qizil, sap-sarig, yup-yumalok,, yap-yasi, opochug, chup-chukur bu nav’ xili ham topilur. “Mim " misoli: kum-ko’k, yam-yashil, bum-bur.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling