Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet43/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

HUSAYN BOYQARO «DEVON»idan

Vahki, ko’nglum nolasi har dam buzulgan jon aro,


Go’yiyo bir chug’z erur faryod etar vayron aro.

Huqqayi la’ling arosinda erurmu dur tishing?


Yo erur ul jola kim bo’lg’ay guli xandon aro?

Ancha qon to’kti ko’zum xajringda ey ko’z mardumi,


Emdi ko’z ochsam ko’rarmen olamidur qon aro.

Sel kelsa jola birla o’xshaturmen angakim,


Ko’zlarimning oqi oqqan didayi giryon aro.

Istagach majruh ko’nglumdin o’qini rashkidii


Topmasun deb yoshurub, men siynayi bir yon aro.

Iki qoshingning xayoli muttasil ko’nglumdadur,


Bir dilovardekki1 solmish iki yoqarbon aro.

Hajr girdobinda g’arq o’ldum kamandi vasl ila


Chek menikim, qolmayin bu bahri bepoyon aro.

Keldi ishqimg’a iloj etmaqga bir kun piyri aql,


Ey Husayniy, kuydi ushbu shu’layi so’zon aro.

* *
O’tga yoqqil sarvni ul qaddi ra’no bo’lmasa,


Yelga bergil gulni ul ruxsori zebo bo’lmasa.

Sarv birla gul tomoshasiga maylim yo’qturur,


Bog aro ul sarvi gulruhdin tamosho bo’lmasa.

Nega saflar chekti mijgondin, agar jon mulkiga,


Ko’zlarining mayli har dam qatlu yag’mo bo’lmasa.

Bo’lmag’ay erdi junun dashtida sargardonligim,


Zulfi pechu tobidin boshimda savdo bo’lmasa.

Gavhari maqsud topmoq mumkin ermas, ey ko’ngul,


Ko’z yoshing to vasl umidi birla daryo bo’lmasa.

Soqiyo, may tutki hajr anduhidin bo’lmon xalos,


Har dam ilkimda labolab2 jomi sahbo3 bo’lmasa.

Ey Husayniy, boda4 ichsam yor elidin tengdurur,


Bo’lsa obi Xizru umri jovidon5 yo bo’lmasa.

* *
Ohkim, bag’rim firoqu dard o’qidin yoradur,


Vahki, ko’nglum tig’ hijron zahmidin yuz poradur.

Hasta ko’nglum surmoq uchun bir nafas yet, ey tabib,


Kim butun har lahza bemorim o’zidin boradur.
Sabr uyini nosiho panding ne obod aylagay?
Telbayi kim aqlu donish mulkidin ovoradur.

Har kecha bir oy g’amidin vahki zolim charxining


Ishi axvolimga yuz ming ko’z bila nazzoradur .

Ey Husayniy, kuymagimni ishq aro ayb etmagay,


Kimki bilgay xasta ko’nglumda ne otash poradur.

* *

Gul yuzi atrofidan ul lolayi asfarmudur ?
Yonida zulfimudur yo kokuli anbarmudur?

Lolayi asfarmudey ul oy yuzining davrida,


Yo qamar davrida ko’rguzgan o’zin axtarmudur?

La’lidinmu har zamon zohir bo’lur shirin so’zi,


Yo’qsa gul yafrog’idin bo’lg’an ayon shakkarmudur?

Oraz uzra har tarafmu ko’z ochibsen noz ila,


Yo ochilgan har sori gulzor aro abharmudur ?

Dahr ichiga ofati tushmish qiyomat bo’ldimu,


Yoki chiqqan bazmdin mast ul pari paykarmudur?

La’li maydin jon topibmen, soqiyo, sharh aylasam,


Boda quvvat ruhdur yo o’zgacha javharmudur?

Ey Husayniy, barcha ushshoq ichrasen sen benavo,


Holingga nosozliklar qilg’an ul kofarmudur?

Elga boqib har zamon yuz noz ila kulmak nedur?


O’zgalarni tirguzub vah meni o’lturmak nedur?

El sori boqib, kulub, g’unchangni aylab durfishon,


Rashk paykonin xazin ko’nglum aro tekmak nedur?!

Obihayvoningdin elga jon bag’ishlab lutf ila


La’ling o’tidin mening jonimni kuydurmak nedur?!

Nushhand aylab chuchuk so’zlar ko’tarsan o’zgaga,


Men vasolingdin talaffuz aylagach, so’lmak nedur?!

Elga lutf etmakdin ar jonimni olmoqtur g’araz,


Yorkimsen sen mening jon bermagimga shak nedur?!

Ey Husayniy, chun manga ko’prak edi ummidi lutf,


Manga kam bo’lmoq ne erdi g’ayrga ko’prak nedur?!

* *
Nargis olmas yerdin, ul fatton ko’zing olida ko’z,


O’gzing olida tutulmish, g’unchaning og’zida so’z.

Rangsiz holing bo’yarga hal qilay ko’z mardumin


Surtgamen shoyadki, ushbu riv ila holingga ko’z.

Qilmagil ushshoq aro men telbadin begonalik,


Kim qilibdur husn ahli dunyoda ko’p yotni o’z.

Vasl aro har ki ga ko’rgach iltifotin tuzmading,


Ey kungil, hijron o’tiga necha qo’ysang emdi tuz.

Toki quyung tufrog’in sovurdi ruhsorimdin oh,


Uzr uchun olingda qo’ydum har zamon tufroqqa yuz.

Charxi chun buzdi qaroru sabru hushim kulbasin,


Sen ham ey to’foni ashkim bor oning tarxini bo’z.

Chun Husayniy, tavba sindurdi mug’anni tuz navo,


Ham Husayniy pardasinda, soqiyo, sen boda so’z.

* *
Ba’d az in ey husn ahli elni shaydo qilmangiz,


Bevafolik aylabon olamg’a rasvo qilmangiz.

Anglang, ey axli vafo, gar o’lsangiz tortib jafo,


Bevafolardin vafo rasmin tamanno1 qilmangiz.

Men o’lar holatdamen, ey yor ko’yi itlari,


Aylamang g’avg’o mening sirrimni ifsho2 qilmangiz.

Ut tushubtur dasht o’za oximdin, ey axli tarab,


Lolazor aylab tasavvur azmi saxro qilmangiz.

Sirrin elga oshkor aylar kishiga ishq aro,


Zinhor o’z sirringizni oshkoro qilmangiz.

Bir nafas jonon bila tobmish Husayniy xilvati,


Boring ey jonu ko’ngul, bir dam alolo3 qilmangiz.

* *

G’am eli jismim binosin bo’ldi vayron qilg’udek,
Qaysi vayronkim qaro yer birla yakson qilg’udek.

Dardu g’am seli dog’i ko’nglum haramig’a tushub,


Ul savod4 ichra buzug’luq ulcha imkon qilg’udek.

Ashk xunobi iki giryon ko’zumning yomg’urin


Sabru hushum kishvarin3 buzmoqg’a to’fon qilg’udek.

Shu’layi andux o’rtab xasta jonim xirmanin,


Sarsari6 ohim gulin har yon parishon qilg’udek.

Kirmagay erdim muhabbat ko’yig’a bilsam edi,


Kim bo’lur ranju saubat muncha tug’yon qilg’udek.

Soqiyo may tutki, shoyad mastlik bo’lg’ay manga,


Muncha mushkil holni filjumla oson qilg’udek.

Ey Husayniy, yetmasa ul oy sening faryodingg’a,


Charxu anjum xud emas dardingga darmon qilg’udek.

* *
Dardi hajringdin qarordi baytul axzonim mening,


Seli ashkim birla ham yemruldi vayronim mening.

Har zamon qo’rqutmakim joningni olg’um javr ila,


Ol, firoking javridin qolg’an esa jonim mening.

Ishkida chok aylaram ko’ksumni bu vaxm bo’masa,


Kim ulusga zohir o’lgay dog’i pinhonim mening.

Xonumon tarkin qilib etti kungilkim, bilmadim,


Qayda bordi ul olaxonu olamonim .

Azm qildim ishq bedodini zohir qilg’ali,


Solmadi, vahkim, qulog’ holimg’a sultonim mening.

Ey Husayniy, men agar ovora bo’ldum g’am emas,


Umru davlat birla bo’lsun ko’ngul olg’onim mening.

* *
Qolg’ach oxim sarsarig’a baytul ahzonim mening,


Yog’durur gardi balo boshimg’a vayronim mening.

Ishq sahrosi aro har sori konlig’ loladur,


Anda bag’rim dog’idin oqmish magar qonim mening.

Buki la’ling tirguzur elni takallum aylabon,


Men bilurmen: ushbu muhlik g’am olur jonim mening.

Novakin1 chekti ko’nguldin turfa2 qo’rqim axtarur,


Choklar aylabki qolmish anda paykonim3 mening.

Oshkoro o’tlarimg’a chora qilsang, ey tabib,


Oni naylarsen, ki o’rtar dog’i pinhonim mening.

Ey Xusayniy, nola qilsam o’lturur kofir ko’zi,


Go’yiyo kuymas ani uyqug’a afgonim mening.

* *
Netti bir boqmoq bila kunglumni xursand aylagil,


Hajr torin bir zamon vaslingga payvand aylagil.

Uchmasun hur kunjlik ko’nglum qushi vah, vax oni,


Donayi holu kamandi zulf ila band aylagil.

Bir ochig’ so’z birla jonimni qilibsen talh kom,


Hasta jonimning iloji bir shakarxand aylagil.

YORab, ul yuzni yiroq solma ko’zumdin yo anga,


Muncha gullarkim, ochilmish birni monand aylagil.

Yor javridin vafo ustiga kelmish, ey ko’ngul,


Qillmasun deb o’zga oni ahdu savgand4 aylagil.

Telbarab qolg’an ko’ngul faxm aylamas pandimni xech,


Oni lutf aylab tabiba qobili pand aylagil.

Ey Husayniy, gar uzulsa ko’nglung ul mahporadin5,


Oni tig’i kahr ila parkand-parkand6 aylagil.

* *
Ishk aro xech kim meningdek zoru shaydo bo’lmasun,


Bo’lsa ham, vah, men kibi mahjuru rasvo bo’lmasun.

Xech kishi ishq ichra mendek bo’lmasun ko’ngli shikastt,


Ahli husn ichra seningdek ko’ngli horo bo’lmasun.
Javru bedodini muhlik istaram jonimg’akim,
Hech kimga ishqi ul oyning tamanno bo’lmasun.

Har zamon ko’rmakga ul orazni yo’qtur toqatim,


Ishq aro xech kim meningdek noshkibo' bo’lmasun.

Xasta ko’nglum rashkidin beholmen ul ko’y aro


Aytingiz, men anda erkan chog’da paydo bo’lmasun.

Kuyida shaydo kungil faryod qilmok ba’dazin,


Kechau kunduz uyur vaqtida g’avg’o bo’lmasun.

Yor mustag’niydur andoqkim, qoshinda tengdurur


Gar Husayniy, bo’lsa oning olida yo bo’lmasun.

* *
Voy, yuz ming voykim sarvi ravonim bordila


Sabru hushim mulkidin oromijonim bordila.

Rishtayi jonim bila vasli oning payvand edi,


Jovidon furqat kelib payvand jonim bordila.

Kim bila angizi mehr etgayman endi, ey ko’ngul,


Chunki “mehr angiz” otliq mehrubonim bordila.

Surma jonim holidin, dog’i jahon iqbolidin,


Ey rafiqi mexribon, joni jahonim bordila.

Notavon bo’lsam g’arib ermas oning hijronidin,


Ne uchunkim, ul g’aribi notavonim bordila.

Garchi istab tobmadim, lekin kuzumdin borg’ali


Oni istab yuz sori ashki ravonim bordila.

Ey Husayniy, hajrida topsam holaki jovidon,


Qilmag’il hayrat hayoti jovidonim bordila.

* *
Ey ajal osuda qil hijron balosidin meni,


Bir yuli qutqar ulusning mojarosidin meni.

Za’fim oshti hajr bog’ida sirishgu ohdin,


Qutqar, ey vasl, ul chaman obu havosidin meni.

Ey ajal, qo’rqutma ulturgum deban o’lturgasen,


G ar tirik topsang firokining jafosidin meni.

Ishqu rashku hajr muhlik, vah, anga jonim fido,


Kim chiqargay bu balolarning orasidin meni.
Xar necha o’tkarsa haddin muddai bedodu zulm,
O’tkara olmas visoling muddaosidin meni.

Derki sabr etgil, xakimi aql qilg’il, soqiyo,


Bir kadah birla halos oning davosidin meni.

Ey husayniy, saltanatdin oncha faxrim yo’qturur,


Kim degaylar ko’yining xayli gadosidin meni.

* *
Yor zulm aylarga chun beixtiyor o’lmish netay,


Vah anga javru sitam qilmoq shior o’lmish netay.

Notavon ko’nglum ko’zi yanglig’ edi bemoru mast,


Zulfidek emdi parishon ro’zg’or o’lmish netay.

Eyki dersiz: ul pari ishqin nihon tutg’il,bukim:


Oxu dardim hajridin beixtiyor o’lmish netay.

Aytmangkim. sirri ishqingni yoshurg’il el aro,


Men yoshurmasdin bo’runroq oshkor o’lmish netay.

Demangiz, ko’nglumga mahvashlar sori berma qaror,


Vahki, bir mahvashga zoru beqaror o’lmish netay.

Ko’ngluma chun dermen: ul guldin halos et o’zni der,


Jon ishqi chun ichimda ustuvor o’lmish netay?

Gar Xusayniydek navo tortar desam ushshoq aro,


Qismatim ul nolayu afg’onu zor o’lmish netay.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling