Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Farhodning Xisravi Parvez qamug’dan qutulib


Download 390.19 Kb.
bet51/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Farhodning Xisravi Parvez qamug’dan qutulib
cho’llarg’a tushkani, anda tong bilan quyosh dardlashkani

Saharkim sharqdin ko’rguzdi anvor,


Yaqa chok aylabon subxi xutanvor.

Boqib mashriq sori aylab fasona,


Chekib tong qushlari yanglig’ tarona.

Debon ki , subh men ishq ichra g’amnok,


Ne ma’nidin sen aylabsen yoqa chok.

Bor o’xshar men kabi mehri nihoning ,


Ki sorig’ yuz o’za ashki ravoning .

Meningdek o’rtanur o’xshar iching ham,


Ki o’tliq oh erur og’zingda har dam.

Magar joningga yetting hajr elidin,


Ki mendek oh urarsen tong olidin.
Tanimdek kuymasa jismi nazoring ,
Tunu anjum nedur dudu shiroring .

Chu sohibdard sen jonimga rahm et,


Tarahhum aylabon faryodima yet.

Sahar kim gulshan ichra gul ochilg’ay,


Gul uzra turrayi sunbo’ sochilg’ay.

Chu gul termakga ul sarvi gulandom,


Qo’yar gulshanda gulruxlar bila tom .

Sovug’ ohimni yetkurgil damingdin,


Ko’zim yoshini anglat shabnamingdin.

Tulu aylab chu mehri olam afruz ,


Debonki, partaving sham’i g’am afruz.

Magar mehr o’tidin mendek xazin sen,


Nedin yo’q ersa mundoq otashin sen?

Magar mendek muroding qildi padrud ,


Ki titrab har yon ashkingdin borur rud.

Falakdindur magar mendek azobing,


Ki o’rtanmak biladur iztirobing.

Agar yo’q hajr aro o’zdin boribsen,


Nedin men notavondek sarg’aribsen.

Junun mendek o’tungga kuymasa yog’,


Maqoming nega subhu shom erur tog’.

Meningdek bo’lmasang qayg’u ichinda,


Nega gah o’tdasen gax suv ichinda?

Bori holatda chun hamdardim o’ldung,


Aniqi joni g’amparvardim o’ldung.

Chu o’tsang mahvashimning maskanidin,


Tushub iqbol yangli ravzanidin .

Tariqi mehrubonlig’ni fan ayla,


Qoshida kuymagimni ravshan ayla.
Yuzum lavnini rangingdin ayon qil,
G’amim xeylini dardingdin bayon qil.

LAYLI, MAJNUN’dan




(Majnun bilan Laylining bahor chog’i bir bog’da ko’rishganlari)

Mehr istadi chun hamal firogii,


Dasht uzra butar ko’zi qulogii.

Gul sham’i havoyi gulshan aylar,


Gulshanni furug’i ravshan aylar.

Sorig’ gul uza sabuhi yomg’ur,


Oltun tabok ichra ko’rguzur dur.

Yoxud yara qon1 o’tin qilib tez,


Sorig’ yuziga bo’lub oroq rez2.

Har qush qino jufti birla purjush3,


Hampar4 bo’lub uchsa qo’nsa hamto’sh5.

Bargiki bo’lur yog’ochqa xil’at6,


Qushlarga bo’lur maqomi xilvat.

Har xeylki daf’ etib nadamni7,


Sahro sori qo’ysalar qadamni.

Chun azmi sharobi nob etarlar,


Jiran ko’zisin kabob etarlar.

Bu faslda ul guruhi cholak,


Gulshanga yoyildilar tarabnok.

Chun bulbulini guli shugufta8,


Tobti bori xalqdin nuxufta9.

Har necha yo’q erdi so’zg’a tobi,


Ko’nglida ko’p erdi iztirobi.

Yo’q erdi guziyri necha so’zdin,


Borg’udek o’lub deguncha o’zdin.

Bunyod etti hijob birla,


Bo’ xijlati behisob birla.
Ki turfa yigit, ne holating bor?
Ne nav’ g’amu malolating bor?

Kim shodlig’ing yo’q o’zgalardek


Obodliging yo’q o’zgalardek.

Bog’ erdi va siyu xalq soyir,


Ashjor g’ulusi elga sotir .

Gulban chamanining ittisoli ,


Ishq ahdiga pardayi visoli.

Atfol bo’lub o’yunga mashg’uf ,


Sarvugul o’lub olarga ma’luf .

Sayr ichra yetushti mohi dilxoh,


Bir gul chamani ichiga nogoh.

Gulban bila rust to’rt yoni,


Kirsa kishi kimsa tobmay oni.

Kirgach anga ul shukufta gulzor,


Ko’rdi tikan ichra bulbuli zor.

Kirmish erdi anda Qaysi g’amnok,


Gul yanglig’ etib yoqasini chok.

O’z holig’a zor yig’lar erdi,


Besabru qaror yig’lar erdi.

Og’zida taronayi firoqi,


Kim yor yetishti ittifoqi.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling