Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet48/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Navoyi ikkiliklari
(masnaviylari)


O’z podshohig’a nasihaat
(H,ayratu-l-abror”dan)

(Navoyi podshohlik idoraga qarshu edi deya olmaymiz. Chunki u o’z zamonining eng katta podshohiga ulug’, ixtiyorli vazir bo’lib turgan kishi. Shunday bo’la turub o’z valene’matiga tubandag’icha achchig’ til bilan xitob qilishi u zamonlarda misli juda oz ko’rilgan boturliklardandur. Bundan boshqa ulug’ bir podshohning ulug’ bir vaziri tomonidan o’z podshohig’a xitob qilib yozilgan tubandagi so’zlar pod¬shohlik usulining ich yuzini ko’rsatarlik muhim e’tirof vasiqalaridandir)


Garchi sinuq igna haqqunnosidur ,


Bag’ring aro xanjaru olmoqidur.

Qilmasa mazlum gunoxing behil ,


Do’zax arodur vataning muttasil.

Afvin oning tutmasang ummidsen,


Balki tamug’ utida jovidsen .

Kimg’a tikan birla qilibsen sitez


Urg’usidin ko’kso’ng’ga yuz tig’i tez.

Kimga’ki bir rishta yetturdung ziyon,


Katlingg’a ul rishtani bilgil yilon.

Eyki kavi ayladi davlat ko’lung,


Zulm sori tushti va lekin yo’lung.

Zulmung emas erdi haloyiqg’a kam,


Kim qiladursen ani uzungga ham.

Zulm uzungga qisikdur, ey xushyor,


Kam qil oni bo’lsa sanga xush bor.

Chunki farax bazmiga azm aylading,


Ishqu tarab bazmiga jazm aylading.

Qasrki, bazm anda muhayyo bo’lub,


Ziynati firdavsi muallo bo’lub.

Pardalari rishtasi el jonidin,


La’liyu shingarfi ulus qonidin.

Shamsasi'1 el moli bila zarnigor,


El duru la’l bila gavhar nigor.

Xishtni masjid buzubon kelturub,


Toshini el markadidin yettikurub.

Anda turub masnadi shahanshahi


Ishqu tarab jomi uchun mushtahi.

Bazmida soqiylar ulub jilva soz,


Ahlig’ina har sori dostonnavoz.

Xar neki marg’ub bo’lub nafsing


Topilib ul bazmda bir yo’qki, ming!

Til bori ul debki, demak hub emas,


Ko’zgurubon oniki matlub emas.

Arbadadin o’zga eshitmay quloq,


Komi uchun tutmay ilik jo’z oyoq.

Huyu, g’uluvdin bu nishoting kuni,


Inglamayin kimsa muazzin uni.
Baski samou g’azolu qavlu savt
Bo’lubon ul kunki namoz elga favt.

Ahli vara’kim topib anda vujud.


Chank ruku’ ichra so’rahi sujud.

Ukli bu toat bila tafzih anga,


Nuql bo’lub donayn tasbeh anga.

Toki kuyosh jirmi bo’lub nurposh ,


Mahfili ayshingda bu yanglig’ maosh.

Shom, jahon safhasin aylab qaro,


Pardayi zulmat chu yoyib el aro.

Rost yarim kunga dekin hol bu,


Ham sanga ham xeylingga ahvol bu.

Jom bu ahvolingg’a qon yig’labon.


Sham’i qo’yub ashk fishon yig’labon.

Sen chu bo’lub sarhush hilvat taroy ,


Anda tilab har ne qilib nafs roy.

Bazmdag’i qariyu, gar hud yigit


Maydin ulub har biri bir telba it.

Sen dag’i qoplondin agarchi fuzun


Nafs ishining ilgida lekin zabun

Har birisi yuz tama’ hom aro,


Yoyilibon kishvari islom aro.

Har sori bir mast o’lub oromjuy ,


Bir buti gulruxdin ulub komjuy .

Mastlig’ uyqusi chu aylab hujum,


Barcha o’lukdek yotib ul heyli shum.

Subh chu zohir qilib anvorini ,


Har yon ochib lamai ruxsorini.

Anchaki qo’ltoni o’lub choshtgoh',


Uyquda qo’lton bila heli sipoh.
Ko’zlaridin uyqu, chu ma’zul o’lub,
Har biri bir zulmg’a mashg’ul o’lub.
Ochibon elga sitam abvobini4,
Qilg’ali paydo tarab asbobini.

Bo’ki chu asbob muhayyo yana,


Kirdi tarab bazmiga g’avgo yana.

Yo’qki zamona shahi buv shevalik ,


O’z huri holiga ulug’ to kichik.

Har kuni bu san’at ila tung’acha,


har kecha bu shun’at ila kungacha.

Necha bu behudlug’ ila yil va oy


Voy, agar kelmasang, o’zungga voy.

Umr bu ishlar so’ngicha ketti tut,


Mark nahiybi boshingg’a yetti tut.

Chun hashmu heyldin ayrilg’asen,


Deki, bu a’mol ila ne qilg’asen.

Ne amali xayr senga dastgir,


Ne sitaming ko’rguchi puzsh pazir .

Zulmni tark aylayu dod aylag’il,


Mark kunidin dag’i yod aylag’il.

Zulmung erur kunduzu qisqing kecha,


Zulm ila qisqing necha bo’lg’ay necha?!



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling