Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet44/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Husaynnng Navoyig’a (nazirasi)

Qilmag’ay erdim yuzin ko’rmak tamanno koshki,


Solmag’ay erdim ko’ngul mulkiga yag’mo koshki.

Vasl aro tushti ko’ngul mulkida g’avg’o, ey rafiq,


Qilg’ay erdi hajr o’ti ko’nglumni ma’vo koshki.

Tangri uchun telba ko’nglumni iturgil ey sipehr


Kim emas hosil bu behosildin illo koshki.

Ul quyoshning naqdi vasli garchi rohatdur vale


Qilmag’ay erdi ko’ngul oni tamanno koshki.
Menki ul oy ishqini qildim tamanno, ey ko’ngul,
Qilg’ay edim zuhd ichinda diyda bino koshki (?)


[muxammasi]

La’l jon baxshingdin ayru obi hayvonni netay,


Har dam ar yuz jon berur jononasiz jonni netay,
Gar emas manzur yuvzung xuru g’ilmonni netay,
Gulshani kuyungding ayru bog’i rizvonni netay,
Boshima gar gul sochar sensiz gul afshonni netay.

Hajr anduhida to gulshan aro qildim guzar,


Sarv bo’yi qomatingning nahlidin berdi xabar,
Lekin oning vaslidin ne bahra toptim, ne samar,
Nahli qadding chun emas giryon ko’zumda jilvagar,
Jo’ybor atrofida sarvi hiromonni netay.

Jismu jonni istaman billohki, jonondin judo,


Ko’rsang ul mahvashni holim arz etib ayt, ey sabo,
Lek zinhor olida bu nav qilg’aysen ado,
Ul itingga bo’lmasa bu’ma, bu olingda fido,
Zaiflik paykarni1 naylay, notavon jonni netay?

Bir dam, ey ahbob, har sori qoshimdin ketmangiz,


Har nekim dermen muvajjah2 bo’lmasa eshitmangiz,
Bu ki dermen chehradin qonlig’ yoshim(ni) artmangiz,
La’lgun ashkim labi hijronida ayb etmangiz,
Ko’z yo’lida to’kmayin bag’rimdag’i qonni netay.

Bu ajabdurkim, sanga ma’lum bo’lmaydur bu sir,


Kim erur men la’li shavqidin o’lumga muntazir,
Gar suyungdin har nafas yuz jom4 bersak bormuzir5,
Zulmati xajrida chashmang vasfin etma, ey Hizir,
Menki umrumdin to’yubmen obi hayvonni netay.

So’z ilohimdin dema, ey bahri ishq ichra g’arik,


Kim bo’lubtur deb g’amidin dog’ ila jisming harik'.
Gar manga borsin muhibu mushfiqu yoru shafiq,
Dog’ima marhamini ko’p taklif qilma, ey rafiq,
Tuttum ul dog’im o’ngaldi dog’i hijronni netay.

To ayirdi mendin ul mahvashni charxi kajnihod7,


Ey Xusayniy, telba ko’nglum bo’lmadi bir lahza shod,
Oqibat chun tobmadim ul sho’x vaslidin murod,
Yordin ayru buzug’ ko’nglumga qildim hayrbod8,
Ey Navoyi, o’ylaganj o’lmay chu vayronni netay.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling