Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet41/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

LUTFIYning “DEVON”idan

Sensen sevarim, xox inon, xox inonma,


Qondur jigarim, xox inon, xox inonma.

Xijron kechasi charxi falakga yetar ori


Ohi saharim, xox inon, xox inonma

Xaqqoki qilich kelsa boshima eshikingdin,


Yo’qtur guzarim, xox inon, xox inonma.

Usruk ko’zung ashqolina' har gah nazar etsam,


Qolmas xabarim, xox inon, xox inonma.

Ya’qubdayin ko’p yig’idin qolmadi sensiz,


Nuri basarim , xox inon, xox inonma.

Oy yuzingga ko’z solg’ali o’zga kishi birla


Yo’qtur nazarim, xox inon, xox inonma.

Ishq ustida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,


Ey siymbarim , xox inon, xox inonma.

* *
Jon netgay erdi dard anga hamrox bo’lmasa,


Olinda munisig’amu dilxoh bo’lmasa.

Zulfu yuzung firoqida oshiq netar hayot,


Onsiz kerakki: sol, dog’i moh bo’lmasa.

Ko’nglum torilg’ayerdi, torilg’ay firoqidin


Ey voh,agar bu ko’z yoshiyu oh bo’lmasa.

Dilbar itobu javru jafo qilsa ayb emas,


Bizdin kerak vafo-da, ki bir oh bo’lmasa.

Aytilmayin ko’ngul g’ami jon yetsa og’zima,


Faryodki: bu holdin ogoh bo’lmasa.

Kuygan ko’ngulni xomtama’ qilmas erdi yor,


Ko’z uchidin qarashmasi goh-goh bo’lmasa.

O’lturgay erdi Lutfiyni g’am yolg’uzin ko’rub,


Billah xayoli hoziru ogoh bo’’masa.

** *
Har qayda jafochi dog’i bag’ri tosh erur,


Anda jamolu xusn, qaru ko’zu qosh erur.

qondur, o’qing boshoqi uchun har dam o’rtada


Jonu ko’ngil orasida baskim, talosh erur.

Bosh bir qilibdur ikki qoshing kasdi jonima,


Qonim bexil ne xojati munja kengash erur.

Bo’lmas boshim musharraf oyoqingg’a zulfdek,


YORab , bu baxt davlati yo’q, turfa bosh erur.

Lutfiy kun eltur oy yuzi nazzorasi bila,


Bu to’ymag’urg’a ko’r, ki ne vajhi maosh erur.

* *

Sani jam’i ki gulruxsor derlar,
Mani ham andalibi zor derlar.

Bu kad ermas erur: ruhi musavvar,


Ravon ulkim oni rafg’ori derlar.
Tabiblar barcha dardimdin xaroson,
Tirilmakni base dushvor derlar.

Ne ko’ngli soda eldur ishqelikim:


Seningdek bevafoni yor derlar.

Adamdur ul og’iz fikrida Lutfiy,


Xaloyiq bilmay oni bor derlar.

Chehradan burqa’mu olding, mohi tobon ko’rnadur?


Yo tabassum ayladingkim: surati jon ko’rnadur?!

Uyquda erkan magar zulfungni bog’ini sabo


Ochti, kim yumsam ko’zum tushum parishon ko’rnadur?!

Ko’rgali gishing bila erningni Lutfiynnng ko’zi,


Kirpiki ustida har dam durru marjon ko’rnadur.

* *

Gulchehralar jahonda agar sad xazor erur,
Sayr etguchi ko’ngul qushini bir nigor erur.

Tushumda tuttum ilgima ko’nglaki yengini,


Tahqiq qildim oxiri ul ham xayol erur...

* *
Hammomga azm aylagach, ul sho’x sitamgar


Hammom yuzi aksi bila bo’ldi munavvar.

Guldek tanidin chunki aroq bo’ldi ravona,


Hammom gulab isi bila bo’ldi muattar.

Suv g’ayratidinkim taniga tekdi damodam,


Jonim bori suv bo’ldiyu holim dog’i abtar.

E, koshki men xud o’lubon olida hadm,


To vasl tu ni bo’lg’ay edi bizga muyassar.

Kavsar suvi, jannat guli oltun tarog’ olg’ach,


Hurlar kelur erdilar anga bo’lgali chokar.

Bu Lutfiyning ohi uti ko’zi yoshidindur,


Hammomning o’tu suvi tushmas, anga bovar!
* *

Bo’ldi bahor jon qushi ul yon havo qilur,


Har necha ul nigori sumanbar1 jafo qilur.

Gar qilmasa vafo manga dilbar ajab dagil,


Umri aziz kimga jahonda vafo qilur?!

Boshingga men safo berayim der qilich bila,


Javr etmas erdi, mehr uchun emdi jafo qilur(!)

Ko’z bo’ynidadurur mani bechoraning qoni


Xublar bila mani chu o’shal oshno qilur.

Yuvzung sifati Lutfiy so’zin nozuk ayladi,


Gul sadkasidurur neki: bulbul navo qilur.

* *

Bo’lmasa gar ul sanami gulizor,
Bizga xazondek ula bu navbahor.

Yordin agar bo’lsa qilich boshima,


Zarra firoq etmagayin ixtiyor.

Yo’lida tufroq o’layin ot uchun,


To manga qilg’ay go’zar ul shahsuvor.

Qoshi uchun jon beruram, do’stlar,


Toq qo’paring’iz yasag’anda mozor.

Yolg’uz emas Lutfiykim: ul gul uchun,


Nolayu faryod qilur sad hazor.

* *
So’zlarda qachonkim: ko’zi koshi bila o’ynar,


Har go’shada yuz ming kishi boshi bila o’ynar.

Jon naqdini yuzung qoshida o’ynasa,


Lutfiy, Ayb etmakim ul g’amza' kengashi bila o’ynar.

* *

O’sruk ko’zung qarashma bilan chun qiyo boqar,
Xar go’shadin bu xasta ko’ngulga balo boqar.

Bir sen kabi jafochiyu ayyor yo’qturur,


Xublar ichinda nechaki bu benavo boqar.

Ko’zum kumush bilaklariga tushsa ne ajab,


Soyil1 hamisha boy kishining ilgina boqar.

Bu to’ymagur ko’zumg’adurur ko’rmagan kishi


Oydek yuzig’a nechaki bu mubtalo boqar.

El bilmasun, deb ul qaro ko’z lutf ila manga


O’g’rin boqar, ne o’qratur uchun qiyo boqar.

Har bir nazarda o’lduradur Lutfiyni ko’zung,


Davlat kishiga boqsa dag’i muntaho2 boqar.

* *

Necha kuymay bag’rima dog’ ul yuzi mohim mening,
Necha yondurg’ay falakning sham’ini ohim mening.

Yo’ldin ozdi nogohon zulfin ko’rub miskin ko’ngul,


Yo’llar egri, tun uzun netgay bu gumroxim mening.

Xush yaroshur sarvdek qaddi o’za sim3 olmasi


Ohkim, yetmas anga bu dasti ko’tohim mening.
Emdikim: tufrog’dek bo’lmish eshikingda tanim,
Qondadur xasdki ko’rgay davlatu johim mening.

Nolishim berdi eshiki itlariga dardi sar


Afv qilg’aylar qaram birla buni rohim mening (?!)

Bo’ldi yakto4 dur5 tishi vasfida6Lutfiyning so’zi,


Ne ajab, tutsa qulog’ini anga shohim mening?!

* *

Bizga nega ul ohu qaroshning nazari yo’q?
Teshlansabag’ir, kuysa yurak ham xabari yo’q?

Vaslini duo birla sahar istagay erdim,


Faryodki hijron kechasining sahari yo’q!!!

* *
Ey pari ruxsorlar , bizga nigoh aylab o’tung!


Bir nazar birla gadoni podshoh aylab o’tung!

Garchi o’tganda kirarsiz ko’p kishining qonina


Bu gado ko’ngli uchun muncha gunoh aylab o’tung(?)

Xorlik haddin oshurmang chunki izzat yo’ldadur,


Otingiz na’linda bizni xoki roh aylab o’tung!

Har kachon jon bersam u kaddu og’iz yodi bila,


Ey muhiblar, turbatim ustidin oh aylab o’tung!

Har nechakim, sizga zahmatdur zakot husn uchun


Iltifoti Lutfiy sori gah-gah aylab o’tung!

* *
Jonim chiqadur dard ila jononima ayting,


Men xasta gado holini sultonima ayting.

O’rtanmaku ko’z yoshni to’kmakdurur ishim,


Bu g’ussani ul sham’i shabistonima ayting.

Qat-qat yuragim bog’ladi qon g’uncha mengizlik


Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.

Qon yoshim erur yuz uza yulduz kabi sonsiz,


Ul ko’zlari cho’lpon mohi tobonima ayting.
Lutfiyi dilafkor tilar xajr elidin dod
Axvolini ul begimayu xonima ayting.

* *
Ey odamilar joni, parig’a ne bo’lursen?!


Bu jism ila gulbark tarig’a' ne bo’lursen?!

Sendin menga nazzora tegar ul dog’i gah-gah,


Sen charxi falakning kamarig’a2 ne bo’lursen?!

Yusuf kabi shirindurur asruv harakating,


Sen Misr nobotu shakarig’a ne bo’lursen?!

Sendek sanami3 ko’rmadi Lutfiy Chig’atoyda


Chin so’yla Xito xo’blariga ne bo’lursen?!

* *
Ey turk parivash4 ne ajab jon yetilibsen,


Davlat chamaninda guli xandon yetilibsen.

Bo’y chektinggu ofoq5 ichida qo’pti qiyomat,


Hay-hay ne balo sarvi xiromon yetilibsen.

Aqlidii ozar Misr elidek kim seni ko’rsa,


Bu davrda sen Yusufi Kan’on yetilibsen.

Ham ruhi musavvar6 senu ham ruhi mujassam7,


Bu lutf ila sen fitnayi davron yetilibsen.

Sol soya mening boshima, ey rashki sanavbar,


Kim g’ayrati tubi dog’i rizvon yetilibsen.

Lutfiy so’zinnng lutfina ta’bing yetar anjok,


Axsantaki8 maxbubi suxandon yetilibsen.

* *

Qon bo’ldi ko’ngil firoqingizdin,
Jon kuydi ham ishtiyoqingizdin.

Dinu dilu aql bo’ldi yag’mo


Jon olg’uchi ul qaroqingizdin.

O’qdek bo’yumiz egildi yo(y)dek


Ul fitnalik iki taqingizdin.
Suv bo’ldi jonim vale damodam
O’tka yoqilur dudoqingizdin.

Oltun kabi chehra bo’ldi sarig’,


Ul siym degan saqoqingizdin .

* *
YORab, ne balo sarvi sumanbar’ yetilibsen,


Qon qilg’uchi bir sho’xi sitamgar yetilibsen.

Oy ko’z tutar erdim seni xurshid bo’lubsen,


Xurshid nekim, ruxi musavvar yetilibsen.

Vasf etsa kishi yuz ko’radur, deb sog’inursen,


Ko’zgug’a o’zung boqqi, ne dilbar yetilibsen.

Lutfiy yuzi mohiyatini ravshan etib kim,


Sen davri kamar ichra suxanvor yetilibsen.

* *

...Ko’rsam kerak oyu kun bulutsiz,
Sochni ko’taring yanoqing’izdin.

Bu Lutfiyi xastani so’rungkim:


Bechora ular firoqingizdin.

* *
Soqiyo, ko’nglum tutuldi aql nafarjom din,


Sog’ari tutkin meni qutqar g’ami ayyomdin.

Tushsa siymin soiding aksi sharobi la’l uza,


Qilmag’ay hech kim judo sahboni siymi xomdin.

Muhtasibga necha yolbordim, meni chaqti raqib,


Do’st bo’lmas nokas oxir izzatu ikromdin.

Jomi may o’pti labingni tashna bo’ldum qonina,


Haq tekursa ul ochig’ni tortay oxir jomdin.

Lutfiy, holini ko’rub ko’ngli ilindi zulfiga,


Dona hirsidur, balekim: qush qutulmas domdin.

* *

Qilmas tarahhum oxu ko’zung ko’nglum ohina,
Jon sayd o’lur mu’oyona bir-bir nigohina.

Imonmayin jafo qiluru vahm etar ko’ngul,


Yorabki, tekmaga halal ul husnu johina.

Bergay lahad ichinda ko’zum yoshidin xabar,


Har shabnamiki tushsa mozorim giyohina.

Tushmas maning elimga soching jiddu jahd ila,


Ne chora aylasun kishi baxti siyohina.

Fatton ko’zung savodu bayozini ko’rgali,


Cho’lponga solmadim nazaru charx mohina.

Hajringda qoldi Lutfiy ishi bir nafas bila,


Boqmasmusen bu, g’amzada holi tabohina?!

* *

Kun tushta ko’rgali seni tushti zavolga,
Oy tongga qoldi kecha boqib ul jamolg’a.

Sen podshoh sifatlik, men bir kamin gado,


Imkon emaski, men kabi yetgay visolg’a.

Xurshid go’shasindadur ul zulf muttasil,


Bu vajh birla aql oni o’xshatti dolg’a.

Qo’rqup o’larmen el ko’zi yetgay deyu senga,


Ey to’lun oy chiqma, kirarsen ubolg’a1!

* *

Ko’kardi chaman gulizorim qani?
Saxi sarv buyluk nigorim qani?

Topibdur bu kun vasli gul andalib,


Dariyg’a mening navbahor qani?

Eshikingda tufroq bo’ldum vale,


Demadingkim, ul xoksorim qani?

Sening ahdi husnung’a yo’q menda sabr,


Mening ul burunki qarorim qani?

Erishur debon qilma Lutfiyg’a qahr,


Bu ishta begim ixtiyorim qani?



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling