Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet47/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Qo’shimcha

Navoyi bu maqolaning boshida misol uchun yuzta so’z ketirganini yozgan bo’lsa ham Parijda bosilgan nusxa bilan Qo’qonda toshbosmada bosilgan nusxada 99 so’z bordir. Bu so’zlarning ma’nolarini qo’ldan kelgancha izoh qilib o’tish lozim.


1. Kuvarmok,: turlicha tusda ko’rinmak, Shayx Qo’laymonning “Lug’ati chig’atoy”da kuvadmoq yozilg’an, bosmaxona yanglishidir. 2. Quruqshamok: judayam qurumoq. 3. Usharmak: itarmak, ilgari tomong’a otmoq. 4. Jijchaymoq: anglashilmadi. Vomiriy ham Shayx Qo’laymon lug’atlarida kattig’ kulmak ma’nosida “jirjaymok” so’zi bor. Balkim buning ham tug’risi shudir. 5. Ungdaymak: tug’ri kelmak, to’g’rilanmoq. 6. Chiqraymak: uyqu qochmoq, uyqusizlanmoq. Vomiriy bu so’zga “hayron qolmoq” ma’nosini beradirkim, tug’risi shudir. 7. Dumshaymoq:
Achchig’adan qovoq solib o’turmoq. 8. Umunmok,: umid qilmok. 9. O’sanmoq bezmak. 10. Igirmak: ma’lum. 11. Egarmak: ergashmak. 12. Uxranmok,: anglashilmadi. 13. Tariqmoq;: achchig’lanmoq. 14. Aldamoq: ma’lum. 15. Arg’adamoq,: aldamoq. 16. Ishonmak: ma’lum. 17. Iglanmak: Shayx Qo’laymon bu so’zga “mahkamlanmak”, “vaqtli turmoq”, “egranmak” deb turli maqollar beradir. 20. Egranmak: ma’lum. 21. Unmoq,: ma’lum. 22. Kistamoq: ma’lum. 23. Kiynamoq: ma’lum. 24. Qo’zg’almoq: ma’lum. 25. Savrulmoq: ma’lum. 26. Chayqalmoq: ma’lum. 27. Devdashmak: anglashil-madi. 28. Kimanmoq: kirinmok. 29. Kizg’anmoq: ma’lum. 30. Yinkamak: anglashilmadi, balkim tug’risi “yengmak”dir. 31. Silanmoq: ma’lum. 32. Tanlamoq,: ma’lum. 33. Qimirdamoq: ma’lum. 34. Sirpmak: sepmak. Hama nusxalarda shunday yozilg’an. Biroq buning forsiychasi bor. Bu turli “tekmak” ma’nosida seripmos bo’lmasun. 35. Sirmamik: qopmoq. 36. Kanarkamak: ogni arobag’a qo’shmoq. 37. Sig’irmoq,: Bog’chasaroy bosmasida “qochmoq” deb izoh etiladir. Vomiriy bilan Shayx Qo’laymonda “qochmoq” ma’nosida siriqmoq, bor. 38. Sig’inmok,: ma’lum. 39. Qilmoq: anglashilmadi. 40. Yalinmoq. 41. Munglanmok: 42. Indamak. (Faqat ma’nosi keltirilgan)43. Terkamak: ma’lum. 44. Tevramak: tekmak. 45. Qingg’aymoq: ma’lum. 46. Shig’oldamoq,: anglashilmadi. 47. Singramak: sekin yig’lamok. 48. Yasamoq: yosharmok, ko’zning yoshdan to’lmog’i. 49. Isqarmoq: Bog’chasaroy bosmasida “Xotir ketirmak” deb izoh, etilgan. Bu ma’noda Shayx Qo’laymon “iskarmak” so’zini ko’rsatadir. Bu kun ham bizda “iskarmak” shaklida ishlatiladir. 50. Ko’ngramak: g’azablanib o’zicha gapirmak. 51. Suxranmok,: o’zincha gapirmak. Shayx bu so’zni suxranmoq, shaklida yozadir. 52. Siypamoq: ma’lum. 53. Qoralamoq: ma’lum. 54. Surkanmoq: ma’lum. 55. Kuymanmoq: bahona qilish. 56. Ingranmoq: ma’lum. 57. To’shalmak: ma’lum. 58. Mungg’aymoq: munglanmoq. Qo’qon bosmasida “mungg’anmoq” yozilgan, yanglishdir. 59. Tanchqamoq. 60. Tanchqalmoq: anglashilmadi. 61. Ko’ruksamak: ko’rmakni istash. 62. Bo’shurxanmoq: qanamoq. 63. Buxsamoq: g’azab chekmak. 64. Kerginmak: sovuqdan yo yengil Qo’rqutan sekingina tiramak. 65. Kadamak: Bog’chasaroy bosmasida “iztirobdan kutilgandan keyin dam olmoq” deb izoh etiladir. 66. Pusmoq: poylab turmoq. 67. Burmak: ma’lum. 68. Turmak: o’ralmak. 69. Tomshimoq: ma’lum. 70. Qahamoq: anglashilmadi. 71. Mipqarmoq,: ma’lum. 72. Checharkamak: anglashilmadi. 73. Churkanmak: kuymak. 74. O’rtanmak: kuymak. 75. Sizg’urmoq;-. Shayx Qo’laymon “o’ymak”, “qazmoq” deb izoh qiladir. 76. Kurpaklashmak: yengillashmak. 77. Cho’prutmok,: yopishtirmok. 78. Jirg’amoq: kayf-safo qilmok. 79. Bichmoq: ma’lum. 80. Qikzamoq: Parij bosmasida shunday yozilgan. Qo’qon bosmasida “kingramoq” shaklida ko’rsatilgan to’g’risi shu “kingramoq”dir. 81. Singurmak: singdirmak. 82. Kundalatmak: yumalok qilmoq. Qo’qon bosmasida ham shundaydir. Biroq Bog’chasaroy bosmasida “kundalanmak” yozilgan. 83. Kumurmak: bir narsani tish bilan o’zib yemak. 84. Begirmak: bekitmak. 85. Ko’nkurdamak: Bog’chasaroy bosmasida qarimoq, bo’shashmoq deb izoh etilgan. 86. Ketarmak: anglashilmadi. 87. Gezarmak: yurgurmoq. 88. Duptulmoq: tepilmak. 89. Chidamoq: ma’lum. 90. To’zmak: sayr qilmoq. 91. Qazg’anmoq: foydalanmoq 92. Qichig’lanmoq: ma’lum. 93. Kankiramak: ma’lum. 94. Yodamoq: kuchsiz, holsiz qolmoq. 95. Qadamoq: ma’lum. 96. Chiqanmoq: oyog’ osti bo’lmoq. 97. Ko’ndurmak: rozi qilmoq. 98. So’ndurmoq,: o’churmak. 99. Sovuqlanmoq: ma’lum.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling