Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Majnun onasining o’lganin eshitib


Download 390.19 Kb.
bet53/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Majnun onasining o’lganin eshitib
oni ziyoratga kelgani

Ko’ksin yoqa o’rnig’a qilib chok,


Urdi yuragiga tig’i bebok.

Chun bo’ldi vatan anosi turi,


Tushti yana olam ichra sho’ri.

Qildi anosig’a muya og’oz,


Yuz dard ila bo’ldi navha pardoz.

Ki jonima qibla, qiblama nur,


Mushkung bo’lub emgakimda kofur.
Jonim tarabi ko’zum chirog’i,
Ko’nglum xushi xotirim farog’i .

Sen Ka’ba mengayu, men tilab dayr ,


Tavfing sori hech qilmayin sayr.

Solib senga iztirob har dam,


Ka’bamni qilib xarob har dam.

Jisming sadafida charxi av bosh ,


Qolgan emish inju sog’inib tosh.

Tuqqanda ne bo’lg’ay, o’lsam erdi,


Tug’magan ila teng o’lsam erdi.

O’lmay meni mudbiri siyaha ro’z,


Bo’ldum senga chun baloyi jon so’z.

Mehrimg’a ko’ngulni moyil etging,


hul maxdim uza hamoyil etting.

Har kun ishima ichingda qayg’u,


Har tun ko’zunga xarom uyqu.

Uyqungni xarom etib fig’onim,


Tinmay kecha zor yig’lag’onim.

Kunduz, kecha mehnatimda tinmay,


Ichmakni yemakni ham sog’inmay.

Gar luqmayi nonki aylabon qut,


Andin g’azoring manga bo’lub, sut.

Buv nav’ umid ilaki nogoh,


Bo’lsa senga zoli charx kin xoh.

Mehnat yo’qidin qading ham etsa,


Chin birla yuzungni darham etsa.

Jisming’a zarurat o’lsa bistar,


Boshing dog’i bo’lsa takiya istar.

Men ham qad ila turub qoshingg’a,


Gardun kibi o’yrulub boshingg’a.
Qul yanglig’ o’g’ullig’ingni qilsam,
U gul kibi qullug’ungni qilsam.

Har nav’ yetushsa charxdin band,


Mening bila ko’nglung o’lsa xursand.

Chun bo’ldi bu ish ayon hamono,


Sen zoru, zaifu, men tovona.

Mundoqda mening laimi mudbir,


Bo’lmay nafasi qoshingda hozir.

Shafqat bila tutmadim qo’lungni,


Ko’z birla supurmadim yo’lungni.

Sendin tunu kun judolig’ ettim,


Bilmasliku, bevafolig’ ettim!

* *

Bu safhani aylagan zarafshon,
So’z bu sifat etti gavhar afshon.

Kim telbaki bor edi navosiz,


Chun bo’ldi atosiz va anosiz.

O’rtab edi oni yor dog’i,


Zam bo’ldi1 bu ikki zor dog’i.

Hijron berib erdi zahri qotil,


O’lguncha busug qildi bismil.

Furqat o’sha to’rga toshni otti,


Singanini bu so’k ham ushatti.

Dard ustiga dardi chun uzaldi,


Ul go’riston ichida qoldi.

Bor erdi maqomi ul xatira ,


Olam anga misli gur tiyra.

Har kun ishi shayn nola qilmoq,


Yuz g’amga o’zin xavola qilmoq.

O’z jonig’a aylamak jafolar,


Tutmoq uza o’ziga azolar.

Ato-ano furqati iki dog’,


Xijron qo’yub ikki ut uza yog’.

Garchi iki dog’ edi nihon so’z,


Hijron o’ti erdi barqi jonso’z.

Chun munchag’a mubtalo yig’ildi,


Ul g’amkashi'’ mubtalo yiqildi.

Zaif o’ldi tanig’a o’yla g’olib,


Kim yotti hamul daminda qolib.



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling