Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Yusufni og’alari otasidin olib borganlari


Download 390.19 Kb.
bet36/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Yusufni og’alari otasidin olib borganlari

Yusuf og’alari bo’lub barcha shod,


Tebradilar Yusuf olib misli bod.

Chiqtilar elning ko’zidin chun yiroq,


Barcha yomonliqqa qilib ittifoq.
Tiyig’ adovatni bori tez etib,
Barcha xusumatlarin angiz etib.

Oldilar o’rtada ushal mohni,


Mot qilali debon ushal shohni.

Har biri zanbur kabi urdi nesh


Bo’ldi oning gul badani jumlaresh .

Har biri urdianga mushtul agad,


Ya’niki Ya’qub seni der valad.

Har biriga sig’inib eltur panoh,


Yo’q edi Yusufqa kishi uzrxoh.

Bo’ldi oning gul tanidin xun ravon,


Nolayu zori qilur erdi fig’on.

Yo’q edi faryodina faryod ras,


Kuydi oning nolasidin xoru xas.

Oqibat ul Yusufi sohibjamol,


Boshtin oyoq sust bo’lub bemajol.

Tushti bu tufroq ichida murdavor,


Yig’lar edi ko’zlari qon, zor-zor.

Dedi: eshitmadim otamning so’zin,


Ko’rmay o’larmenu muborak yuzin.

Dedi: og’alariki jon fikrini,


Qilginu qilmasen otang zikrini.

Bir og’asi ko’pti sug’urdi bichok,


Keldi oning ko’ksina qo’ydi oyoq-

Kim boshini qilsa tanidin judo,


Yusuf edi hamdami yodi Xudo.

Yusufi mehnat zadayi notavon,


Kuldi og’asiga boqib ul zamon.

Dedi og’asiki, ne kulmakdurur,


Senga bu xasrat bila o’lmak durur?!
Yusufni og’alari chohqa solg’anlari

Yusuf og’alari ko’pub ul zamon,


Barcha dedi to’kmali behuda qon.

Ushbu erur bizga bu dam dasmuroh,


Bog’lali Yusufni halokin bachoh -

Choh ichida ul o’zi bo’lur halok,


Bo’lur oti yer yuzidin barcha pok.

Bor edi bir chohki shaddoduod.


Qozib edi-yu borib erdi babod.

Gaz bila to’rt yuz kari erdi amiq ,


Shohrahi om uza eldii fariq .

Baski, ilonlar qilib erdi vatan,


Suvi edi pok bamisli laban .

Kelturub ul choh uza Yusufni chust ,


Bog’ladilar iki ilkini rust.

Yusuf o’shal dam ko’zidin to’kti yosh,


Qo’ydi og’alari oyog’ina bosh.
Dedi: Qiling rahm g’arib jonima,
Kirmangiz oxir bu mening qonima.

Ki(l)gucha bu choh ichida nopadid '


Tig’ bila meni qilinglar shahid.
Munchaki yig’ladiyu yolbordi zor,
Qilmadilar zarra anga e’tibor.

Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling