Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet31/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

Yusuf hikoyasidan bir parcha

Zulayxoning sabri qolmadi. Bir kun Yusufni bo’stong’a kigurdi. Aytti: “Ey Yusuf, mening ko’nglumda bir so’zim bor, kimsaga ayta bilmasmen. Sen bilurmisen?” dedi. Yusuf: “Ey Zulayxo, sening ko’nglingdagini men ne bilayin?!” dedi. Zulayxo aytti: “Ey Yusuf, mening ko’nglumda sening seviklugung bor, seni bag’oyat sevamen!” dedi. Yusuf aytti: “Meni sevguncha o’z eringni sevgil!” Zulayxo aytti: “Men bori sensiz sabr qilmasmen. Nechuk qaror qilayin o’grata bergil!” dedi. Yusuf aytti: “Aning iloji sabr turur. Sabr qilgil, mening yuzumga boqmag’il!” Zulayxo aytti: “Mening tirikligim senga tabug’1 qilmok turur. Taqi jonim xushlug’i sening totlig’ labing turur. Ko’zum yorug’lug’i sening diydoring turur. Senga tabug’ qilmagi’ncha, sening diydoringni ko’rmagincha tirilmasmen!” Yusuf Zulayxodin ul so’z eshitti ersa o’zini Zulayxo olidin ketardi, ul kun kelmadi. Yana tonglasi kun Zulayxo Yusufqa keldi. Aytur: “Yo Yusuf, bo’ston bag’oyat qo’rqlanmish, chechaklar ochilmish, ne’matlar yegudek bo’lmish. Turg’il bo’stonga borg’il, ne’matlar yegil, chechaklar islagil. Bir soat tomosha qilg’il!”


She’r:
Sabo istayur, ko’r, yog’och yeng solur,
Bulut yig’layur-da, chechaklar kulur.
Mundog’ chechaklikda ko’nglum bu kun,
Sening birlan o’lturib ovunmoq tilar.

Yusuf aytti: “Ey Zulayxo, mening bo’stonim Kan’onda qoldi. O’zga bo’ston menga kerakmas!” Zulayxo aytti: “Ey Yusuf, ul yana bir bo’stondaqi chechaklar qo’lmish, suvsiz qolmish, borgil anga suv bergil”. Yusuf aytti: “So’lmas chechaklarga suv bermak bog’ izisig’a sazoroq turur!” Zulayxo aytur: “Ey Yusuf, sening seviklugungda yig’layu ko’zum og’rig’lig’ bo’ldi. Koshki seni ko’rmasam erdi!” Zulayxo aytti: “Sen mening qulum turursen. Menga nedin bo’yunsunmassen!” Yusuf aytti: “Men Tengrining qulimen!” Zulayxoning o’fkasi keldi. Qo’pti o’qutur onasiga bordi. O’qutur onasi ko’p nasihatlar berdi. Qabul qilmadi. Zulayxo qayg’uda zaiflandi. Halak bo’lmoqqa yovuqlashti, o’qutur onasiga yig’ladi. O’qutur onasi aytti: “Ey Zulayxo, menga ko’p mol bergil. Ul mollarni xarj qilayin. Bo’g’aykim, tilaginga tekgaysen!” Zulayxo ul qo’rtqaga2 ming qizil oltun, ming tanga og’ri yipor berdi. Ming misqol kofur berdi. Ikki to’n berdi: Mingar oltun baholig’. Zulayxo chiqti.


Eviga bordi ul qurtqa bu mollarni sarf qildi. Bir uy qopardi: Obginadin1 ba’zilar aymishlar: Marmar toshindin. Ul uyni ko’zgudin sevadi, oni turluk, turluk naqshlar birla bezadir. Zulayxo suvrati birla Yusuf suratin yondosha sarig’, yashil, qizil, ko’k chechaklar ta’biya2 qildi. To’rt yoninda yuqori saqfinda3 Zulayxo bila Yusuf suvratin yozdi yondoshturub. Har taraf boqsa Zulayxo suvrati erdi Yusuf suvrati birla. Idishlarda kofur to’ldurdub qo’ydi. Bu qurtqa mundok tilsimlar qildurdi. Aytmishlar! “Qayu uyga qo’rtqa kirsa buzmag’uncha qo’ymas”.
She’r:
Erning balasi abji olam4 balasi qurtqa,
Qo’rtqa qarisa o’ltur solg’il etini qurtqa.

Yot qo’rtqami uyungda ko’rsang uzta keskil,


O’tqa kuyur boshini ekgil kulini qutqa5.

Qurtqa buzar ming ishni qura tuzar tilasa,


Oning tegar balasi barcha mag’ul va sartqa.
Qachon bu uy tamom bo’ldi ersa Zulayxo kirib o’lturdi. Yinjka, yufqa to’n kiyar erdi. Nozik eti, tani qamug’ zahr ko’runur erdi. Yusufni indab uyga kigurdi. Uyning yon qabug’lari bor erdi har bir qabug’ina temur bog’lar qildurdi.
Yusuf bir qabug’din kirmishcha, ul qabug’ni bot berkittilar. Yusuf qachon Zulayxo qatig’a kirdi ersa Zulayxoni ko’rdi: Bezanmish, yinjka, yufqa to’nlar kiymish o’zini Yusufqa arz qildi...



Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling