Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fitrat o’zbek adabiyoti namunalari 1 –jild Toshkent «mumtoz so‘Z»


Download 390.19 Kb.
bet4/73
Sana30.04.2023
Hajmi390.19 Kb.
#1403639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Fitrat adabiyot namunalari

ا - uzun a uchun
ة- “e -ye”
و- “ o – o’”
وو - “i - u
ى -- “ь – i”

-ى لا ىلا ىىى ى- "ye"




Bu kitobdagi tartibda, namunalar tanlashda va boshqa yuqorida bir ko’p xatolarning bo’lishi mumkin. Munday yangi boshlangan ishlarning o’rinli, ilmiy tanqidlar natijasida kun sayin tuzala borishi tabiiydir.
Fitrat







[BIRINCHI BO’LIM]
QABILAVIY ADABIYOT NAMUNALARI
Turkiy xalqlarning eng burungi qabilaviy hayotlaridan va bu hayotdan feodalliqqa boshlab qachon o’tkanlaridan aniqlab xabar berish mumkin emas.
Miloddan so’ng oltinchi asrda “tukyu "larning qurgan hukumatlari bilan miloddan ikki asr burungi xunlarni eska olganda feodalliq qurilishining turkiy xalqaro juda ko’pdan boshlangani ma’lum bo’ladir. Biroq, Osiyoning keng bir qismida yashagan bu xalqning hammasini birdan, bir yo bir necha feodalliq chambaragida olmoq mumkin bo’lmagan. Turli xalqlarda qurulg’an feodalliqlardan tashqari o’zining qabilaviy hayotida davom qilgan xalqlar ko’p bo’lib, bu hol zamonamizgacha davom qilgan.
Munda qabilaviy adabiyot namunalari deb ko’rsatilgan asarlar miloddan juda burungi zamonlarg’a, ya’ni butun turklar qabilaviy davrda yashab hech bir feodallik, qurulmagan zamonlarga oid emas, al¬batta. Chunki u davrlardan qolgan asarlar bizgacha kelib erisha olmagan, ular maydonda yo’q. Mundagi asarlar miloddan so’nggi zamonlarga oid asarlardir. Bularga “Qabilachiliq adabiyoti namunalari” deganim ma’nan qabilachiliq hayotiga yaqin turganlari, u hayotni tasvir qilg’anlari uchundir. Zamon e’tibori bilan ularning "tukyu" feodallig’idan qolgan “O’rxun bitiktoshlari"dan qariroq ekanliklarini da’vo qilib bo’lmaydir.
Qabilaviy adabiyotning eng muhim ko’rinishi «doston adabiyoti»dir. Turklarning qabilaviy hayotdagi ibtidoiy dinlarini “yomon-yaxshi ruhlarga, ajinalarga ishonish, yomon-yaxshi hodisalarni shulardan bilish” deb xulosa qilmoq mumkin. Shuning uchun bu davrning dostonlarida mana shu mavhum, ajinalar, devlar, xudolarning biror qahramon sifati bilan ajablanganlarini ko’rish bizni ajablantirmaydir. Bu hol turkiy xalqlarga maxsus emas. Burungi yunon dostonining qahramonlari ularning xudolari edilar. Burungi fors dostonlarining qolmishi bo’lgan "Shohnoma”da ham devlarning biror qahramon sifati bilan aralashganlari ko’rilmakda. Mana bu hol burungi turkiy dostonlarning ham boshidan o’tkan.
Mening munda qabilaviy davr adabiyotining birinchi namunasi qilib ko’rsatkanim “Chistoni(y) Elik begining hikoyasi " shuni ko’rsatadir.
Munda qabila boshlig’ining e’tiborini ko’tarmakchi bo’lgan dostonchi “bir qabilaga ulat tushkanin, bu ulatning ajinalardan bilinganin, qabila boshlig’ining yaroqlanib, ajinalarni axtarib chiqqanin, eng so’ng ajinalarni topib ularni yenganin juda jonli ifodalar bilan tasvir qiladirkim, bo’rungi turklarning ibtidoiy ishonchlarini bildirgani uchun muhimdir.
Ikkinchi namuna qilib ko’rsatkanim, “Devoni lug’ati turk”dan to’plab “Eng eski turk adabiyoti namunalari" atab bostirilgan kitobchadan olingan “Ovdan urushga” otli tizmadirkim, qabilalarning tinchlik chog’laridagi ov to’plari to’g’risida bizga kichik bir fikr berarlik chiroylik bir asardir. Bu asarda qabilaning birgalashib, cholg’ilar bilan ichqilik (balki qimiz) bilan chiqqanlari tasvir qilinadir . Qabilaviy hayotning, ayniqsa, turkiy xalqdagi qabilaviy hayotning ko’prak qismi tinchlik bilan, to’y bilan emas, urushlar bilan o’tkan. Har qabilaning o’ziga maxsus ovloq ham o’tloqlari bo’lgan. Bir qabilaning ovloq - o’tloqlariga ikkinchi qabilaning xujumlari bo’lgan. Umuman, qabilaviy hayotda munday urushlar juda ko’p bo’ladir. Bu kitobda uchinchi namuna qilib ko’rsatganim “Ovdan urushga” otli bir tizma shunday urushlarga oid bir dostonning bir bo’lagidir.
Ko’chmanchi turk qabilalari o’tloqlariga, mollariga, ellariga tabiiy yo siyosiy bir falokat kelganda zamonlarining kuchli feodallaridan birtasiga murojaat qilib, o’zlariga o’troqlik uchun o’run berishini so’rar edilar.
Mashhur saljuqiy sultonlarining bobolari tomonidan Sulton Mahmudiy G’aznaviyga borib o’run so’rash mana shunday murojaatlardan biridir. Munda to’rtinchi namuna qilib olganim «Alpomish» dostoni qabilaviy hayotning mana shu betlarini tasvir qilguchi bir asardir. «Alpomish» dostonining boshida islom boshliqlaridan Alining aralashgani esa, islomdan burun qabila boshliqlariga bo’lgan muqaddas qarashning islomdan so’ngragi shaklidan boshqa narsa emasdir. Bu dostonda Ali ro’li o’g’uz dostonlaridagi Qo’rqut otaning ro’lidir.


Download 390.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling