Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 0.73 Mb.
|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Frigiya va Lidiya davlatlari
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlarQadimgi Kichik Osiyodagi ilk shahar-davlatlarning yuzaga kelishi. Qadimgi Xett davlati ichki va tashqi siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari. Qadigi xettlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti. Yangi Xett saltanati hukmronligi davrida madaniy hayot. Nesa shahrining yuzaga kelishi. Qadimgi Xett podsholigi xo‘jaligi. Qadimgi Xett davlatining yuksalishi. Podsho Telepinning islohotlari. Misr-Xett urishlari oqibati. Podsho Anitaning tashqi siyosati. Qadimgi Xett podsholigi davrida Kichik Osiyo xalqlari. Podsho Labarnas davrida Xett davlati tashqi siyosati. Yangi Xett podsholigi inqirozining sabablari. Misr-Xett diplomatik munosabatlari. Qadimgi Frigiya va Lidiya davlatlariReja Qadimgi Frigiyaning iqtisodiy – siyosiy va madaniy hayoti. Lidiya davlati xo‘jaligi va siyosiy taraqqiyoti. Qadimgi sharq tarixida Kichik Osiyo hududida sodir bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlar jarayonida Frigiya va Lidiya davlatlari muhim o‘rin tutadi. Kichik Osiyo hududidan topilgan dastlabki hujjatlar Xett tilida emas, balki akkad tilida yozilgan. Ularning aksariyati ko‘hna Kanish (Kanes) shahri o‘rnida joylashgan Ko‘ltepa manzilgohi atroflaridagi qazilmalarda topilgan. Bu yerda mil. avv. XIX – XVIII asrlarda Dajla bo‘yidagi Ashshur va Shimoliy Suriyadan kelgan somiy tilli aholi bilan savdo gullab-yashnagan koloniyalar joylashgan. O‘shanda xalqaro savdoda vositachilik rolini aynan shunga o‘xshagan koloniya shaharlari bajargan. Bu davr uchun o‘ziga xos jihat sifatida xususiy savdoning rivojlanishini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Biroq, xususiy sarmoya bu hududdagi siyosiy vaziyat xilma-xil va beqaror bo‘lganligi sababli unchalik katta bo‘lmagan. Shu sababli savdogarlar birlashmalarga birlashganlar1. Boshqa koloniyalardagi vatandoshlari va hamshaharlari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatganlar hamda mahalliy hokimiyat, xususan, Kanish shahri hukmdori tomonidan qo‘llab- quvvatlanishiga erishganlar. Natijada, qaroqchilikdan himoyalanish va erkinlik kafolatini berish evaziga hukumat faqatgina foydaga sherik bo‘lmay, balki, sovg‘alar va eng yaxshi tovarni tanlash huquqiga ham ega bo‘lgan. Mazkur omillar Frigiya davlatini gullab –yashnashida muhim o‘rin tutadi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikni boshlarida yarim orolning markaziy qismida yirik va boy Frigiya davlati mavjud bo‘lgan. Frigiyaliklar Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbiy qismiga mil. avv. II ming yillikda Makedoniya yoki Frakiyadan ko‘chib kelganlar. Ularni asosiy xo‘jaligini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan. Biroq, antik mualliflar bu erda yilqichilik va vinochilik ham rivojlanganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tadilar. Turli xil hunarmandchilik turlari, jumladan, toshga (jumladan, marmarga) va yog‘ochga ishlov berish, oltin va boshqa metallarni qazib olish hamda to‘quvchilik va gilamchilik gullab- yashnagan. Frigiyaliklar qo‘shni davlat va qabilalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lganlar. Ular mil. avv. XIII asrda yunonlar bilan urushda troyaliklarga yordam berganlar, lekin ittifoqchilarining mag‘lubiyatidan so‘ng xettlar bilan birgalikda yuzaga 1 Вигасин –С.103 kelgan qulay vaziyatdan foydalanib Troyada o‘lkasini o‘z hududlariga qo‘shib oladilar. Frigiya Xett podsholigini qulashida ma’lum bir rolni o‘ynagan. Chunki,uning hududini sezilarli qismi frigiyaliklarga tegadi. Frigiyaliklar bir qator qabilalar, xususan, mushklar bilan aralashadi. Shuning uchun ossuriyaliklar o‘z qo‘lyozmalarida Frigiyani odatda “mushklar mamlakati” ( “dengiz xalqlari “dan biri) deb ataydilar. Mil. avv. XII asrda mushklarning SHarqqa yurishlari Ossuriya tomonidan Quyi Frot hududida to‘xtatib qolinadi. Mil. avv. X—VIII asrlarda Frigiya podsholigi birmuncha gullab-yashnaydi. Shaharlar soni ko‘payadi. Frigiyaning poytaxti sifatida Sangariya (zamonaviy Sakarya) daryosining qirg‘og‘ida joylashgan Gordion shahri shuhrat topadi. Yunonlar unga afsonaviy podsho Gordiya asos solgan deb,hisoblaydilar. Mazkur shahar devorlari tosh va xom g‘isht, keng darvozalar va katta qal’a qo‘rg‘onlardan tashkil topgan qudratli shahar edi. Yozma ma’lumotlarning guvohlik berishicha, Frigiyaning yetakchi podshosi sifatida Midas (mil. avv. VIII asr oxiri – VII asr boshlari) tilga olinadi. U hokimiyat tepasiga Gordiyning o‘limidan so‘ng yuzaga kelgan shafqatsiz ichki kurashlar natijasida keladi. Bo‘lajak hukmdor bir parcha yer va bir juft xo‘kizga ega bo‘lgan oddiy dehqon bo‘lgan bo‘lsa-da, kohinning tanloviga ko‘ra podsholikka tayinlangan. Dehqon mehnati an’anaviy Frigiya jamiyatida katta hurmat qozongan. Mehnat quroli yoki ho‘kizni o‘g‘irlaganlar o‘limga mahkum qilingan. Afsonalarga ko‘ra, uning shohi Midas nimaga teginsa uni toza oltinga aylantirgan. Rivoyatlarda yana yovvoyi gilos po‘stlog‘idan tugilgan Gordiy tuguni haqida ham ma’lumotlar berilgan. Kimdan kim bu mashhur tugunni yechib tashlasa, Osiyoning egasi bo‘lishi aytilgan. Keyinchalik, bu tugunni Makedoniyalik Aleksandrga ko‘rsatishganida uni qilich bilan chopib tashlaydi va Osiyoni egallaydi. Podsho Midas ilm-fan va san’at rivojlanishiga homiylik qiladi. Sharqda faol tashqi siyosat olib boradi, buning natijasida yunonlar bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Yunonlar u tomonidan mamlakat markazida Ankira (Turkiyaning bo‘lajak poytaxti Anqara) shahrini qurganligini yozib qoldirganlar. Arxeologlar Kichik Osiyo sharqidan “Midas shahri” ni aniqlaganlar. U to‘rtta tepalikda podsho saroyi va shahar aholisini o‘z ichiga olgan qal’ada joylashgan bo‘lib, dushmanlardan qoyalar tizimi bilan himoyalangan. Sharqiy O‘rta er dengizidagi murakkab vaziyat sababli Frigiya Urartu, Tabal, Karxemish va boshqa davlatlar kabi turli xil aksilossuriya ittifoqlariga kirgan. Biroq, Ossuriya o‘z dushmanlarini birma-bir yakson qiladi. Ossuriya podshosi Sargon II solnomalarida Midasga qarshi muvaffaqiyatli urushlar haqida ma’lumot beriladi. Tog‘li joylardagi janglarda ossuriya qo‘shinlari 3000 qal’a, 10 ta shahar, 2400 asir va katta o‘ljani qo‘lga kiritadilar. Midas Ossuriya hukmronligini tan olishga va unga o‘lpon to‘lashga majbur bo‘ladi. Mil. avv. VIII asr oxiriga kelib Frigiyaning tashqi siyosiy ahvoli birdan yomonlashadi.Chunki, g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy chegaralarda unga yunonlar va bir qator kichik Osiyo xalqlari tahdid qiladi. Shu bilan birga, sharqdan kimmeriy qabilalari hujum qiladi. Frigiyaliklar esa ularga munosib qarshilik ko‘rsata olmadilar. Ossuriya va kimmeriyaliklar bilan qonli kurash uzoq davom etadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqchilarining ba’zilari Ossuriya ta’siriga tushib undan chiqib ketadi, yoki mustaqil o‘yin olib borib, Frigiyaning dushmaniga aylanadilar (masalan, Urartu). Oxir-oqibatda mil. avv. VII asrning 60-yillarida Asarxaddon davrida Ossuriya Frigiyani o‘zining viloyatlaridan biri deb, hisoblaydi. Lekin, bu nomigagina bo‘ysunish bo‘lib, aslida uning haqiqiy xo‘jayinlari ko‘chmanchi qabilalardan bo‘lgan kimmeriy va trerlar bo‘lgan. Tashqi bosqinlar mamlakatni og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Natijada, Frigiya podsholigi mil. avv. VII asrda qulaydi. Uning yerlari esa, Lidiyaga qo‘shib olinadi. Mil. avv. 547 yilga kelib, Ahmoniylar Frigiya erlarini haqiqiy xo‘jayiniga aylanadi. Qadimgi Frigiya madaniyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, Kichik Osiyo podsholarining ertaknamo xazinlari haqidagi rivoyatlar bekorga to‘planib qolmagan. Azaldan bu yerlarda oltin qazib olingan va mahalliy xalq elektrumni (oltin va kumush qotishmasi) ixtiro qilishgan. Qirg‘oq bo‘yidagi Ioniya yunon shaharlari orqali ushbu kashfiyotlar keyinchalik ellin dunyosiga tez tarqalgan. Frigiya alifbosi qadimiylikda yunon alifbosidan qolishmaydi va deyarli undan farq qilmaydi. Frigiyaliklar va yunonlar alifbosi masalasida bahs munozaralar hozirga qadar davom etib kelmoqda. Har qanday holatda ham Kichik Osiyo davlatlari fors bosqiniga qadar yunon dunyosi bilan qalin munosabatlarda bo‘lgan. Podsholar Delfa orakullariga (kohin- bashoratchilar) qimmatbaho sovg‘alar jo‘natganlar. Ular yunonlar bilan o‘sha paytda faol harbiy-diplomatik o‘yinlarda ishtirok etganlar. Arxaik davrda (mil. avv. VIII-VI asrlar) Kichik Osiyoning g‘arbida joylashgan Ioniya shaharlari ellin dunyosidagi eng rivojlangan markazlar bo‘lgan. Shuningdek, Frigiya madaniyatini gullab-yashnashida Old Osiyo dunyosining ming yillik madaniy an’analari bilan yaqinligi muhim ahamiyat kasb etadi Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling