Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha dak a’zolari 1-sonli majlisining bayonnomasi


Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi


Download 90.83 Kb.
bet2/10
Sana20.06.2023
Hajmi90.83 Kb.
#1634860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Хомиджонова ДАК химоя протоколи 13 06 2023

Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi b‘yicha quyidagilarni bayon qilsam:
Ushbu dissertasiya ishning asosiy vazifalaridan biri sifatida Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududida tosh va paleometal davrini arxeologik o‘rganilishi natijasida aniqlangan antropologik materillarni mutaxassislar tomonidan oʻrganish tarixining asosiy bosqichlarini aniqlash va tavsiflashdan iborat.
Ayni paytda ko‘rib chiqilayotgan masalaga yana bir bor qaytish va antropologik materiallar aniqlangan har bir arxeologik yodgorlikni “miqdordan sifatga” tamoyili asosida zamonaviy talablar asosida tahlil qilish tarixshunoslik jihatdan muhim hisoblanadi.
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 17 fevraldagi 2789-sonli «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2018 yil 19 dekabrdagi 4068-sonli «Moddiy-madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari, 2018 yil 16 yanvar 5181-sonli «Moddiy, madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda 2019 yil 21 sentabrdagi 792-son «Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarorlarida, 2020 yil 29 oktabrdagi 6097-sonli «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, xalqimizning boy tarixi, moddiy va madaniy merosini ilmiy o‘rganish, targ‘ib qilish va boyitib borish kabi vazifalarni ma’lum darajada bajarishga xizmat qiladi.
Tadqiqotning obyektini mamlakatimiz hududi va uning chekka hududlarida olib borilgan antropologik tadqiqotlar natijalari tashkil qiladi.
Tadqiqotning predmetini arxeologik va antropologik ma’lumotlar, arxiv materiallari, tarixiy ma’lumotlar va ilmiy va tarixiy adabiyotlarning tarixiy talqini tashkil qiladi.

Download 90.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling