Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha dak a’zolari 1-sonli majlisining bayonnomasi


Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi


Download 90.83 Kb.
bet5/10
Sana20.06.2023
Hajmi90.83 Kb.
#1634860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Хомиджонова ДАК химоя протоколи 13 06 2023

Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan, ilova va illyustrativ albomdan iborat. Dissertatsiyaning tadqiqot qismi 95 betni tashkil etadi.
Dissertatsiyaning I bobida O‘zbekiston hududida paleolit davri antropologik tadqiqotlar tarixi yoritilgan.
I Bob, I paragrafda Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida antropologiya fanini oʻrganilish tarixiga qisqacha toʻxtalib oʻtilgan. Keyingi davrda olib borilgan tadqiqotlar davomida hududda muzey kolleksiyalari asosida antropologik koʻrgazmalar tashkil etilganligi, shuningdek, oʻsha paytda yashagan aholining etnografik materiallari asosida fan boʻyicha sezilarli darajada ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligini kuzatish mumkin. Antropologiya fani tushunchasi, uning mustaqil fan sohasi sifatida qanday paydo bo’lganligi ochib berilgan, antik mualliflardan misollar keltirilgan. Ularning tadqiqotlarida biz antropologiyaning ilk ma’nolarini, antropologiya haqidagi ilk rudiment yoki fikrlarni, bu fanga yaqin bo’lgan ilk kitob va asarlarni tushuntirishga harakat qildik. Shuningdek, A. N. Radishcheva, Jan-Batist Per Antuan de Mone, Charlz Darvin, Tomas Geksli va Ernest Gekkel kabi mualliflarning XVIII-XIX asrlardagi asarlaridan misollar keltiriladi. 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab muallif birinchi antropologik jamiyatlar haqida toʻxtalib oʻtadi.
I Bob, II paragrafda Antropologik materiallar topilgan tosh davrining barcha yodgorliklarini kurib chiqilgan, xususan; Paleolit davri yodgorliklari, Teshik-Tosh gorida topilgan yosh bolaning bosh chanogi xaqida utkazilgan xar bir tadqiqotni kurib choqgan, va taxlil qilgan, Omoqoʻton gʻori gʻarbiy devorning dastlab zich ohaktosh tuf qatlami bilan qoplangan gʻor qavatida odam suyaklari topilgan, xususan erkak bosh barmogʻining falangasi topilgan, Samarqand turarjoyida topilgan ikta bosh chsnogining pastki jag qisimlari topilgan, va shu artefaktlarning tadqiqotlari mustaqillikdan keyin nimagadur tuxtab qolib, tadqiqotchilar nazaridan qolganini yozgan, Kulbuloq turarjoyida 2.1 gorizontning pastki qismida tish topilgan, lekin afsuski ushbu material bilan xam xozirgi kunga qadar Yevropa tatqiqotchilaridan tashqari boshqa xechkim ishlamayapti, Obi-Rahmat g’orida 9-12 yoshli bolani qoldiqlari topilgan, antropologik topilmalar yuqori jag’ning oltita alohida doimiy tishlari va taxminan 150 ta bosh suyagining kichik qismlari bilan ifodalanadi, material 16-qatlamda topilgan, barcha topilmalar sarg’ish-jigarrang qumli tuproq qatlamining kichik maydoni bilan bog’liq materialning taksonomik mansubligi masalasi ochiqligicha qolmoqda tadqiqotlar davom etmoqda, Angillak g’orida ikkinchi qatlamda antropologik material (metatarsal suyak) topilgan, morfologik xususiyatlarga ko’ra, tadqiqotchilar uni har qanday populyatsiyaga kiritish qiyin deyimoqda va hozirda DNK testi o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Dissertatsiyaning II bobida mezolit va neolit davrida antropologik tadqiqotlar tarixi haqida ma’lumot berilgan.

Download 90.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling