Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha dak a’zolari 1-sonli majlisining bayonnomasi


So‘zga chiqdi: Arxeologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dots. F.B. Ochildiyev


Download 90.83 Kb.
bet9/10
Sana20.06.2023
Hajmi90.83 Kb.
#1634860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Хомиджонова ДАК химоя протоколи 13 06 2023

So‘zga chiqdi: Arxeologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., dots. F.B. Ochildiyev: Rahmat qiziqarli ma’ruza uchun. Agarda boshqa savollar bo’lmasa, taqrizchilar xulosasiga o’tsak.
Ichki taqrizchi O‘zMU “Arxeologiya” kafedrasi dots., t.f.f.d. (PhD) J.T. Annayev: Taqdim etilgan dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ishlangan mavzuga oid ko‘plab adabiyotlardan foydalanilgan. Ushbu adabiyotlarda mavjud bo‘lgan tarixiy faktlar va tahliliy fikrlar magistrlik dissertatsiyasida o‘z aksini topgan. Faktologik ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida kerakli xulosalar qilingan. Taqdim etilgan dissertatsiya ilmiylik va uslubiyat talablariga mos tarzda tayyorlangan. Magistrant o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishgan. Dissertatsiya yakunlangan holatga keltirilgan.
Tashqi taqrizchi: O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi t.f.f.d. (PhD) D.R. Normurodov: M. Xomidjonovaning ushbu magistrlik ishida yurtimizda mavjud paleolit davri g‘or makonlaridan topilgan antropologik materiallar, keyingi davr makonlari va manzilgohlarida aniqlangan inson suyak qoldiqlarining o‘rganilishi borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlili bo‘yicha chiqarilgan ilmiy huloslarning muhim ahamiyatga molik bo‘lganlariga e’tibor qaratib o‘tilgan.
M.Xomidjonova dissertatsiya oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, ilmiy tadqiqotchi sifatida ishni ijobiy bajargan. Lekin barchada bo‘lgani kabi dissertatsiyada ayrim juz’iy kamchiliklar mavjud. Ular ishni murakkabligidan kelib chiqib, boblardagi mutanosiblik, orfografik va stilistik kabi texnik xatolar, shuningdek. Ammo bu kamchiliklar ishning ilmiy jihatiga salbiy tasir ko‘rsatmaydi va M.Xomidjonovaning “O‘zbekistonda antropologik tadqiqotlar tarixshunoslilgi (paleolit, bronza va ilk temir davri)” mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasi tugallangan ish deb hisoblayman.
Ilmiy rahbar xulosasi: O‘zMU Tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi akademigi, t.f.d., prof. A.S. Sagdullayev: M.Xomidjonovaning mazkur dissertatsiya ishi kirish, uch bob, oltita paragrif, xulosa, ilova, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va illyustrativ albomdan iborat bo’lib, “O‘zbekistonda antropologik tadqiqotlar tarixshunoslilgi (paleolit, bronza va ilk temir davri)”ga bag’ishlangan. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, magistrlik tadqiqot ishining obyekti, predmeti, magistrlik tadqiqot maqsadi, tadqiqotning vazifalari, tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari, tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili), tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi magistrlik tadqiqot ishining tuzilishi va hajmi kabilardan iborat.
M.Xomidjonova dissertatsiya oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli bajarib, ilmiy tadqiqotchi sifatida ishni ijobiy bajargan. Dissertatsiyada mavjud ayrim kamchiliklar hozirgi kunda O’zbekiston hududida paleolit davri bo’yicha yaxlit bir adabiyotlar shakllanmaganligi, ma’lumotlar asosan hisobotlarda saqlanayotganligi, yangi tadqiqotlarning tor doirada tarqalganligi va kam bo’lgan kabi muammolar, dissertatsiya matnidagi ayrim texnik xatolar bilan izohlanadi. M.Xomidjonova tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasi mazkur turdagi ishlarga qo‘yiladigan talablarga javob beradi. Ishni ijobiy baholayman.

Download 90.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling