Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
O‘zbekiston hududida paleolit, bronza va ilk temir davrlarining antropologik tadqitotlari, ularning o‘rganilishi haqidagi obyektiv tadqiqot natijalarini yangi metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilish;
- To‘plangan antropologik materiallar asosida O‘zbekiston hududidagi paleolit, bronza va ilk temir davrlarda qadimgi jamoalarning antropologik qiyofasi hamda o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish;
- paleolit, bronza va ilk temir davrlarida O‘zbekistonda insoniyatning ilk vakillaridan to qadimgi dehqon hamda chorvador jamoa vakillarining o‘zaro qorishuvi natijasida shakllangan antropologik tiplarning ildizlarini aniqalsh.
Ilmiy-tadqiqot ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va mulohazalarni, amaliy tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash, antropologik ma‘lumotlarni tarixshunoslik fani niqtai nazardan tizimli tahlil qilish va uni takomillashtirishga olib kelishi mumkin.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (taxlili). Oʻrta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlar davomida aniqlangan antropologik materiallarni oʻrgangan tadqiqotchilar ishlarining tarixshunoslik jihatdah tahlili, shuningdek, antropologik tadqiqotlar olib borgan sovet va xorijiy olimlarning tadqiqotlari bilan bogʻliq ilmiy ishlar koʻrib chiqilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.
Tadqiqot jarayonida tarixiy tamoyil, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, tasniflash, tarixshunoslik kabi usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati, avvalo, tarix fanida arxeologiya, antropologiya, etnologiya, manbashunoslik nuqtai nazardan kompleks yondashish orqali yangi fanlararo yondashuvlarni aniqlash, yangi ilmiy yo’nalishlarni yaratish, qadimgi tarixni tizimli o’rganish va umumlashtirishdan iborat. O‘tgan davr mobaynida o‘rganilgan antropologik tadqiqotlarning tarixshunoslik masalasini tahlil qilish, jismoniy antropologiya bo‘yicha tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarni tarixiy, qiyosiy solishtirish jihatdan ishonchliligini aniqlash ishning amaliy ahamiyatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |