Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha dak a’zolari 1-sonli majlisining bayonnomasi


Download 90.83 Kb.
bet3/10
Sana20.06.2023
Hajmi90.83 Kb.
#1634860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Хомиджонова ДАК химоя протоколи 13 06 2023

Tadqiqotning maqsadi qadimgi tosh, bronza va ilk temir davri antropologik tadqiqotlar tarixini o’rganish, sharhlash va tahlil qilishdan iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardir:
Oʻzbekiston hududida antropologiya fanining paydo boʻlgan davridan boshlab, keying davrda o‘rganilgan tosh davri antropologik tadqiqotlarini qiyosiy tahlil qilish;
qadimgi odamlarning jismoniy antropologiyasiga oid ilk tadqiqotlarning oʻrganish tarixini tarixiy maʼlumotlarga koʻra tahlil qilish;
paleolit davri paleoantropologik tadqiqotlarini qiyosiy tahlil qilish;
bronza davri paleoantropologik tadqiqotlarini tahlil qilish;
ilk temir davri paleoantropologik tadqiqotlarini tahlil qilish;
yangi arxeologik ma’lumotlar asosida tosh, bronza va ilk temir davrining antropologik materiallarini ajratib ko’rsatish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Oʻzbekiston hududida antropoliya fanining vujudga kelgan davrida tosh davri antropologik tadqiqotlari tarixining qiyosiy tahlili natijasida dastlab tosh davri antropologik materiallari oʻrganilmaganligi isbotlandi;
tarixiy ma’lumotlar tahliliga asoslanib, jismoniy antropologiya bo‘yicha ilk tadqiqotlar faqatgina 1870 yilda O‘zbekistonda Antropologiya jamiyatining Moskva bo‘limi tashkil etilgan so‘ng boshlanganligi aniqlandi;
paleolit davriga oid antropologik tadqiqotlarning qiyosiy tahlili asosida Oʻzbekiston hududida Teshik-Tosh, Omon-qo‘ton, Samarqand qo‘nalg‘asi, Ko‘lbuloq, Obi-Rahmat, Angillak va Machay kabi qadimgi makon va manzilgohlardan qadimiy odam qoldiqlari topilganligi ilmiy asoslandi;
paleolit davriga oid paleoantropologik tadqiqotlarning qiyosiy tahlili asosida Teshik-Toshdan topilgan ilk antropologik material o’ndan ortiq olimlar tomonidan o’rganilganligi va uning qiz bola jinsiga mansubligi borasidagi ilmiy qarashlar to‘g‘risida ma’lumotga oydinlik kiritildi;
tarixiy va arxeologik tadqiqotlar asosida bronza davriga oid paleoantropologik materiallar tahlil qilinib, O‘zbekistonning janubiy hududlarida dehqonchilik madaniyati, shimoliy hudularda ko’chmanchi chorvador jamoalar madaniyati rivojlanganligiga ayna bir bor aniqlik kiritildi;
Tarixiy ma’lumotlarning tarixshunoslik tahlili asosida O‘zbekistonning bronza davri qabilalari ikki yirik xo’jalik turi bilan shig’illanganligi hamda O‘rta Osiyoning janubiy va Yaqin Sharqdagi qadimgi dehqonchilik bilan shug’illangan qabilalar bilan, shuningdek, shimoldan Andronovo madaniyatiga masub ko‘chmanchi chorvador qabilalar bilan madaniy aloqada bo‘lganligi asoslandi;
ilk temir davrining paleoantropologik tadqiqotlari tahlili asosida, bu davra oid antropologik tadqiqotlar kam o’rganilganligi va hozirgi vaqtda ham ilmiy jihatda baxsli bo‘lib qolayotganligi aniqlandi;
magistrlik dissertatsiyasida ilk bor O‘rta Osiyo hududida tosh, bronza va ilk temir davrlariga oid olib borilgan antropologik tadqiqotlar qiyosiy tahlil qilinib, o’tgan davr mobaynida umumlashtiruvchi ish amalga oshirilmaganligi, tadqiqotlar tarixshunoslik nuqtai nazaridan jamlanmaganligi borasida xulosalar qilindi.

Download 90.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling