Mirzo ulug`bek nomidagi


ADIGRANTX  (Boshlang’ich kitob”)  Gururantx


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

ADIGRANTX 
(Boshlang’ich kitob”) 
Gururantx (
“Guru 
kitobi”) yoki 
Grantxsahib 
(“Sohibning kitobi”) 
nomlari bilan ham 
ataladi 
Beshinchi guru Arjun (1581-1606) 
tomonidan tuzilgan 
Panjob tilida yozilgan bo’lib, hozirgi 
kunda Amritsardagi “Oltin haram”da 
saqlanadi 


30 
UZOQ SHARQ DINLARI 
Konfutsiychilik mil.av. 551-479 yillarda yashagan qadimgi 
Xitoy mutafakkiri, faylasufi va p
еdagogi Kun-Tszi (Konfutsiy) asos 
solgan falsafiy, axloqiy, diniy ta'limot. Ta'limotning manbai - 
Konfutsiyning izdoshlari yozgan 
“Lun-yuy” (“Suhbatlar va 
mulohazalar
”) kitobidir. Milodning boshlarida konfutsiychilik 
dinga aylangan va Konfutsiy ilohiylashtirilgan. Xan sulolasi
 
hukmronligi davrida esa davlat diniga aylantirilgan.
Konfutsiychilik ta'limotiga ko
’ra, jamiyatda osmondan yuborilgan “Jеn” – 
insonparvarlik qonuni amal qiladi.
Dunyodagi barcha mavjudot singari insonning 
taqdirini ham 
“osmon” bеlgilaydi. Bu din taqdirga ishonish masalasini qattiq qilib 
qo
’yadi. Odamlarning oliyjanobligi yoki tubanligini, yuqori yoki past tabaqaga mansub 
ekanligini o
’zgartirib bo’lmaydi, dеb ta'lim beradi. Kichik kattaga, pastda turuvchi 
yuqorida turuvchiga so
’zsiz itoat qilmog’i lozim, dеb tushuntiriladi. Bu tеngsizlik 
“osmon irodasiga” bog’liq dеb hisoblanadi. Konfutsiyning fikricha, har bir inson 
jamiyatda o
’zining tutgan o’rnini bilishi kerak, “podsho podsholik qilishi, xizmatkor 
xizmatkorlik, ota otalik, o
’g’il o’g’illik qilishi zarur”. 
Konfutsiychilikning axloqiy ta'limotidagi asosiy tushuncha 
– 
J
еn 
(insonparvarlik) 
ham 
zodagonlar 
hokimiyatini 
mustahkamlashga 
qaratilgan, 
faqat 
zodagonlarga 
xos 
insonparvarlik, uning ta'rificha, dastavval ota-ona hurmati va 
kattalarga bo
’ysunishidan iborat. Davlatni katta oilaga
o
’xshatgan konfutsiychilik insonparvarlik tushunchasi asosida
“osmon o’g’li podshoni ota-onadеk hurmat qilishi, unga itoat qilishini oliy burch” dеb 
biladi. Kishining hayot maqsadi amaldorlarga, podshoga xizmat qilishdir. Shuning uchun 
ham konfutsiychilik eng avval boshdanoq hukmron sinf manfaatlarini himoya qilish, 
odamlarni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashni maqsad qilib 
qo
’ygan qarash sifatida vujudga kеlgan. 


31 
Jamiyatning qanday bo
’lishi ko’pincha inson xatti-harakatiga 
bog
’liq, dеyiladi Konfutsiy ta'limotida. U hamma qusurlardan xoli 
bo
’lgan inson idеalini yaratib, barchani ana shu yuksak insonday 
yashashga da'vat etgan. Bunday odam insonparvarlik va o
’z 
burchini ado etishd
еk yuksak fazilatga ega bo’lishi kerak. 
Odamlarga insonparvarlik qonunini Osmon (
“jеn”) yuboradi, jamiyat a'zolari uni 
o
’rganib olishi uchun axloq mе'yorlariga, qoidalariga, urf-odat, marosimlarga amal 
qilishi, jamiyatda egallab turgan mavq
еiga qarab ish tutishi lozim. 
Konfutsiyning yana bir ta'limoti - 
“Syao” bo’lib, u inson o’z ota-onasiga munosib 
bo
’lishi haqidagi g’oyani o’zida mujassam qilgan. Konfutsiy fikricha, inson uchun 
Syaodan muhimroq narsa yo
’q. U: “Syao va Di (ukaning akaga, kichikning kattalarga 
hurmati) insoniylikning asosidir
” dеgan.
Boshqa dinlarda bo
’lgan kohinlik, g’ayritabiiy kuchlarga ishonish bu ta'limotda 
yo
’q. “Lun-yuy” (Konfutsiyning falsafiy fikrlari va suhbatlari majmuasi)da kеltrilishicha, 
Konfutsiy g
’ayritabiiy narsalar va ruhlar to’g’risida gapirishni yoqtirmagan. Konfutsiy 
faqat b
еlgilangan diniy tartiblarni qattiq turib bajarishga, ma'lum marosimlarga qat'iy 
amal qilishga undaydi. 
Konfutsiyning o
’zi hayotligida diniy qoidalarni sidqidildan bajargan. Diniy 
marosimlarning asosiy mazmuni ajdodlar ruhiga sig
’inishdir. Har bir oilaning o’z 
ibodatxonasi bo
’lib, unga ajdodlarining timsoli bo’lgan “Chju” tasvirini joylashtirgan va 
uning yoniga qurbonliklar qo
’yib, diniy marosimlarni bajargan. 
Davlat amaldori bo
’lishning shartlaridan biri – konfutsiychilik dini asoslarini 
mukammal bilish bo
’lgan. Bu dinda ruhoniylar qatlami bo’lmagan, hamma marosimlar 
davlat amaldorlari tomonidan ado etilgan. 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling