Modda o‘tish usullari. Molekulyar diffuziya. Turbulent diffuziya


Quritish tezligining egri chizig‘i


Download 408.06 Kb.
bet13/18
Sana23.04.2023
Hajmi408.06 Kb.
#1385759
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
atrabotka 4

Quritish tezligining egri chizig‘i

6.4-rasmda turli materiallar uchun quritish tezligining egri chiziklari keltirilgan. Xamma egri chiziqlar muvozanat namlikka to‘g‘ri kelgan nuqtaga kelganda tugaydi. Quritish tezligi egri chiziqlarining ayrimlarida ikkinchi kritik nuqta (K2) mavJud bo‘ladi. Bu kritik nuqta materialning shunday namligiga to‘g‘ri keladiki, bunda materialdan namlikning siljish xarakteri o‘zgaradi. Ko‘pincha bu nuqta (K2) adsorbtsion namlik aJralib chiqishining boshlanishiga to‘g‘ri keladi.


Kamayuvchi O‘zgarmas
tezlik davri tezlik davri



6.4-rasm. Quritish tezligining egri chizigi:
I — qog‘oz, yupqa karton; 2 — gazlama, yupqa charm, makaron xamiri; 3 — g‘alvirsimon keramik mate­riallar; 4—loy; 5 — to‘g‘rab (qotirilgan non).

Quritish va quritish tezligi egri chiziqlaridan shu narsa ko‘rinib turibdiki, quritish jarayoni ikki davrga bo‘linar ekan. Tadqiqotlar natiJasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, birinchi davrda quritish tezligi o‘zgarmas bo‘lsa, ikkinchi davrda esa quritish tezligi doim kamayib boradi.


Birinchi davrda quritish tezligi asosan tashqi diffuziyaga bog‘liq bo‘ladi. Bu davrda qurituvchi agentning tezligi va uning parametrlari (nisbiy namlik, temperatura) hisoblash ishlarida katta ahamiyatga ega. Materialning ichida namlikning diffuziyalanish tezligi katta qiymatga ega bo‘ladi, biroq bu holat namlikning material yuzasidan berilish tezligini belgilamaydi.
Ikkinchi davrda ancha murakkab jarayon sodir bo‘ladi. Bu davrda bog‘langan namlik ajrala boshlaydi. Quritish tezligi asosan material ichidagi namlikning tarkalish tezligiga bog‘lik. Shu sababli ikkinchi davrda quritish tezligiga material tarkibi bilan bog‘lik bo‘lgan parametrlar (quritilayotgan materialning shakli va o‘lchamlari, materialning namligi, materialning namlik o‘tkazuvchanligi) ta’sir ko‘rsatadi. Quritish tezligiga havo oqimining tezligi va uning parametrlari ham bir oz ta’sir qilishi mumkin.



Download 408.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling