Moddalar almashinuvi yuzasidan masala va mashqlar


Odam va uning salomatligidan masala va mashqlar


Download 68.9 Kb.
bet7/18
Sana12.03.2023
Hajmi68.9 Kb.
#1262154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
MODDALAR ALMASHINUVI YUZASIDAN MASALA VA MASHQLAR

Odam va uning salomatligidan masala va mashqlar
0 ‘quvchilarga odam va uning salomatligini o‘qitish asosiy anatomik, fiziologik, gigienik, tibbiy tushunchalami rejali va izchil rivojlantirish, o‘quvchilammg amaliy tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadigan g‘oya, nazariya, ilmiy dalillarni o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi. Odam va uning salomatligini asosiy g‘oyalari - odam anatomiyasi, fizioiogiyasi, gigienasi g‘oyalari, tuzilish va funksiyaning o‘zaro bog'liqligi, odam organizmining tabiiy muhit bilan bog‘liqligi, organizmning bir butunligi va o‘z-o‘zini boshqarishi, nazariya bilan
amaliyotning bog‘liqligi, asosiy tushunchalami rivojlantirish izchilligini belgilaydi. Odam va uning salomatligi kursini o‘qitishda masala va mashqiardan foydalanish yuqorida berilganlaming
yoritishda muhim rol o‘ynaydi. Odam va uning salomatligi darslarida foydalaniladigan masala va mashqlar o‘quvchilardan darslik bilan mustaqil ishlashni, turli xil didaktik materiallar va dasturlami tayyorlash, o‘z - o‘zini kuzatish, turli xil tajribalami bajarishni, taqqoslovchi tablitsa, sxema, mantiqiy fikrlashga va hisoblashga doir masalalar, savollarga javoblami o‘ylab yozishni, o‘z - o'zini va bir birini nazorat qilishni talab etadi. Masala va mashqlar deyilganda o‘quv vazifalarining shunday xillari tushunulidaki, bularda o‘quvchilarda masala va mashqlar mantiqiy fikr yuritish, xulosalar chiqarish yoii bilan muammoga javob topish talab qilinadi.
Tayanch harakatlanish sistemasiga oid masala va mashqlar. Organlar sistemasini o‘rganish tayanch-harakatlamsh sistemasidan boshlanadi. 0‘quvchilaming ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda bu mavzu katta ahamiyatga egaki, uni o‘rganish davomida odam va sutemizuvchi hayvonlar tayanch harakatlanish sistemasining o‘xshashlik va farqlarini yaqqol ko‘rsatib berish uchun imkon beradi. Bu mavzuni o‘rganish davomida masala va mashqiardan foydalanish skelet va muskullaming anatomik, funksional aloqasini, organizmning bir butunligini, organlar sistemasini faoliyati nerv va gumoral yo‘l bilan boshqarilishi bilan uzviy bog‘liqligi yoritishda muhim rol o‘ynaydi, Muskullar faoliyati nerv sistemasi bilan bog‘liq holda ishlaydi, muskullar faoliyatini tartibga soladigan va boshqaradigan omil nerv sistemasi ekanligi, muskulning charchashj nerv hujayralarining chapchashiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berishdan iboratdir. Mazkur mavzulami o‘qitishda masala va mashqlardan foydalanish mehnat fiziologiyasi, sog‘liqni saqlash gigienasi, qad qamotning shakllanishi, barcha organlarning mashq qildirib borishni sabab va mohiyatini atroflicha yoritib beradi.
1. Tibbiyot fanidagi tadqiqotlardan maTumki, agar odamning sog‘ligi 100 % deb olinsa, uning ... %i har qaysi odamning turmush tarziga, ...%i tashqi muhit sharoitiga, ... % i nasi xusuiyatlariga va
nihoyat ... %i tibbiy yordamga bog‘liq. Nuqtalar o‘miga zarur sonlami qo‘ying va izohlab bering.
2. Odam tanasida ... ta suyak bor, shundan ... tasi naysimon suyaklar ulardan ... tasi uzun ... tasi kalta naysimon suyaklar. Nuqtalar o'miga topshiriqdagi suyaklar sonini qo‘ying.
3. Odam vazni o‘rtacha 70 kg bo‘lganda skelet massasi 8-9 kg ni tashkil etadi. Skelet massasini qanchasini oseinlar, qanchasini anorganik moddalar tashkil etadi?
4. Odam vazni o‘rtacha 70 kg bo‘lganda skelet massasi 8-9 kg ni tashkil etadi. Skelet massasini qanchasini fosfat tuzlari, qanchasini karbonat tuzlari tashkil etadi?
5. 70 kg li odamning tana massasini necha kilogrami muskulga to‘g‘ri kelishini hisoblab bering.
6. MaTumki, odatdagi yurish vaqtida odam bir oyog‘ini yerdan uzib. uni oldinga uzatishi va yerga qo‘yishi uchun yarim sekund o‘tadi, shu vaqt davomida 50 dan ortiq muskul ishga tushadi. Agar odam bir soat odatdagidek yursa necha qadam tashlagan bo`ladi va bunda qancha muskul ishga tushgan bo‘lardi?

Download 68.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling