Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили
Download 237 Kb.
|
кУРС ИШИ 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Material sarfini kamaytirishning iqtisodiyotda tejamkorlikni amalga oshirishdagi ahamiyati Xulosa Adabiyotlar ro’yxati K i r i sh.
Mavzu: Maxsulot ishlab chiqarish tannarxini tahlilining ahamiyati REJA: Kirish Ishlab chiqarish harajatlari tavsifi va ularning tasnifi Ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar va ularni tahlil qilish usullari Material sarfini kamaytirishning iqtisodiyotda tejamkorlikni amalga oshirishdagi ahamiyati Xulosa Adabiyotlar ro’yxati K i r i sh. O’zbekiston Respublikasi Xukumati tomonidan olib borilayotgan isloxatlarning eng muhim masalalaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tomonidan mamlakat yalpi ichki maxsuloti ishlab chiqarish xajmlarini keskin oshirish, mehnat resurslari bandligi masalasini xal etish, axoli daromadlarini ko’paytirish, milliy farovonlikni taminlashdan iboratdir. Negaki, yirik ishlab chiqarish korxonalariga qaraganda kam mablag’ va vaqt talab etadigan hamda bozordagi turli o’zgarishlarga moil bulgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari maxsulot turlarini yangilash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va shu bilan birga vaqti vaqti bilan takrorlanib turadigan iqtisodiy inqirozlarga moslashuvchan hisoblanadilar.O’zbekiston o’z milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda bozor iqtisodiyoti qo’lidan bormokda. Bozor iqtisodiyoti esa har qanday korxonadan o’z ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etishni talab etuvchi xo’jalik yuritish tizimidir. Bozor iqtisodiyotida mulkiy tegishliligidan qat’iy nazar xar qanday korxonaning faoliyati moliyaviy natijalarini, daromadlari va xarajatlarini shakllanishi dinamikasini o’rganish va tahlil qilish juda muhimdir. Biroq korxona ishlab chiqarish resurslaridan qanday foydalanilayotganligini bilmasdan turib faqatgina moliyaviy malumotlarni o’zini tahlil qilish korxona xo’jalik faoliyati hamda uni kelgusida rivojlantirish yo’nalishlari to’g’risida to’liq baho berishga imkon bermaydi.Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi xar qanday xo’jalik yuritish shaklining eng muhim ko’rsatkichi sanaladi. Iqtisodiy samaradorlik manosi ostida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar bilan olingan natijalarni o’zida mujassam qiluvchi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi yotadi. Teng xarajatlarda imkoni boricha ko’proq maxsulot olish ishlab chiqarish samaradorligini ortib borayotganligini ko’rsatadi. Samaradorlik muammosi bu doimo -nima ishlab chiqarish, qanday usulda ishlab chiqarish, ularni qanday taksimlash va mavjud resurslardan foydalanishni tashkil etish bilan boglikdir. Samaradorlik darajasi –iqtisodiy o’sish, axolini turmush darajasini oshishi, inflyatsiya darajasini pasaytirish kabi ijtimoiy muammolarga ham kattta tasir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi – xar qanday darajadagi xo’jalik yuritish faoliyatiga baho berishning asosidir. Iqtisodiy samaradorlik deganda – ishlab chiqarish kuvvatlaridan foydalanib amalga oshirilgan xarajatlardan olingan natijalar urtasidagi nisbat tushuniladi. Bunday muhim masalalarni hal etishda albatta mehnat resurslarining o’rni beqiyosdir. Bugungi kunda korxonalarda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni tahlil qilish dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Download 237 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling