Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили
Download 237 Kb.
|
кУРС ИШИ 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – jadval «Oltin vodiy» MCHJning2016 yilgi xo’jalik faoliyati xarajatlari darajasini o’tgan yilga nisbatan, hasob-kitob qilish
- Ko’rsatkichlar 2015 yil 2016 yil
- Xarajatlar dinamikasi
Xd =Afx : M.100
Ishlab chiqarish xarajatlari darajasini hisoblash uchun ma’lumotlar 2 – shakl « Moliyaviy natijalar to’g’risida»gi hisobatdan olinadi. Xarajat darajasini ularning turlari bo’yicha o’zgarishini aniqlash uchun quyidagi jadval tuziladi (.2-jadval). Ushbu jadval ma’lumotlari asosida xarajatlar samaradorligining o’zgarishi ro’y berganligi xulosalar qilish mumkin. Hisobat davrida xarajatlar darajasining kamayishi realizatsiya qilingan mahsulotning bir so’miga to’g’ri keladigan xarajat miqdorining kamayganligini bildiradi. Bu esa o’z 2 – jadval «Oltin vodiy» MCHJning2016 yilgi xo’jalik faoliyati xarajatlari darajasini o’tgan yilga nisbatan, hasob-kitob qilish (so’mma – ming so’mda, darajasi - so’mmasiga nisbatan % da)
navbatida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo’yicha mablag’ tejalganligini ko’rsatadi. Bizning misolimizda korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha xarajatlar darajasi o’tgan yilgi realizatsiya qilingan mahsulot summasiga nisbatan 7,9 % ga kamaygan, ya’ni realizatsiya qilingan mahsulotning har bir so’midan o’tgan yilga nisbatan 7,9 tiyin tejalgan. Realizatsiyadan tashqari xarajatlar darajasi –7,7 tiyin tejalgan. Bu esa foyda so’mmasi va rentabellik darajasini oshirishga olib keladigan asosiy omillardir. Daromad solig’i va shunga o’xshash majburiy to’lovlar o’tgan yilga nisbatan nafaqat so’mmada balki realizatsiya qilingan mahsulotning har bir so’miga nisbatan ham oshgan. Bu realiztsiya qilingan mahsulot so’mmasiga nisbatan 3,3 % ni tashkil qiladi. Bu esa korxona rentabilligining pasayishiga albatta ta’sir qilmasdan qolmaydi. SHunday qilib, xarajatlar darajasi korxona xarajatlari samaradorligini xarakterlovchi eng muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Xarajatlar dinamikasi xarajatlar so’mmasi va darajasini o’tgan va bazis davriga nisbatan o’zgarishini xarakterlaydi. U mutloq va nisbiy farqlarda o’sish sur’atida ko’payish tezligi kabi ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi. Masalan, realizatsiya qilingan mahsulotlar iishlab chiqarish tannarxi 2015 yili 6947 ming so’mmani, 2016 yili 11427 ming so’mni tashkil qilgan. Xarajatlarning mutloq ko’payishi 4480 ming so’mni (11427-6947), o’sish sur’ati – 164,5% (11427:6947x100) ni, ko’payish tezligi – 64,5% (1645-100)ni, tashkil qilgan ko’rsatkichning ko’payishi 69,5 ming so’mni tashkil qilganligi uning mutloq mohiyatini belgilash uchun ham asos bo’ladi. Bizning misolimizda xarajatlarning 1,0% ga ko’payishi (yoki kamayishi) o’tgan yilga nisbatan xarajatlarni 69,5 ming so’mga o’zgarishi mumkin. Xarajatlar dinamikasini ifodalovchi ko’rsatkichlar tahlilchilar va auditorlarga to’g’ri xulosa chiqarib, tegishli tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Menejerlar uchun xarajatlarni kamaytirish va tejash bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Xarajatlar dinamikasini o’rganishda daromadlar umumiy summasini, sof tushumni va xarajatlarning umumiy miqdori o’zgarish su’ratini solishtirish zarur. Daromadlar o’sish sur’atining xarajatlarga nisbatan balandligi foyda va rentabellikni ortishini ko’rsatadi, ya’ni bu korxona faoliyati samaradorligining oshganligidan dalolat beroadi. Xarajatlarning mutloq farqi haqiqatda qilingan xarajatlarni biznes-reja yoki bazis davri ma’lumotlari bilan solishtirish orqali hisoblanadi. Bu ko’rsatkich asosida qilingan xarajatlarning miqdor jihatdan o’zgarish haqida xulosa qilinadi, masalan, necha summaga butun xarajatlar yoki ularning turlari bo’yicha oshganligi aynan shu yo’l bilan aniqlanadi. Xarajatlar o’zgarishini aniqroq ifodalash uchun ularning nisbiy chetlanishini hisoblash zarur, ya’ni bazis davri yoki biznes-rejaga nisbatan xarajatlar bo’yicha tejalishini yoki ortiqcha sarf qilinishini aniqlash lozim bo’ladi. Nisbiy farq ishlab chiqarish tannarxi darajasini aniqlash bilan hisoblanadi. Xarajatlar bo’yicha tejash yoki ortiqcha sarf qilinganligini, ya’ni xarajatlarni nisbiy farqlarini aniqlash uchun xarajatlarni haqiqiy va bazis davr daraja ko’rsatkichlari orasidagi farqni haqiqatda realizatsiya qilingan mahsulot summasiga ko’paytirish yo’li bilan aniqlash mumkin. Δ Xar as.fao =(Dar xaq. xar -Dar) . Real xaq baz. xar Bunda: Δ Xar as. fao. - xarajatlarni nisbiy farqi (tejam yoki ortiqcha sarf); Dar xaq. xar - xarajatlarning haqiqiy darajasi; Dar baz. xar – xarajatlarning asos davridagi darajasi; Real haq - hisobat davrida haqiqatda realizatsiya qilingan mahsulot so’mmasi. Bu formulaning qo’llanilishini ««Oltin vodiy»» MCHJ misolida ko’ramiz (3–jadval). Download 237 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling