Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили
Download 237 Kb.
|
кУРС ИШИ 5
Xulosa va takliflar.
Xar qanday xo’jalik faoliyati olib borish uning sharti va maqsadi –foyda olishdir. Xo’jalik yuritish samaradorligi ko’rsatkichi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning moliyalashtirishning bosh manbai, investitsion loyixa va programmalarni tanlashdagi asosiy ko’rsatkich, kapital kuyilmalarni shakllantirishdagi asosiy ko’rsatkich ham foyda va foydalilik ko’rsatkichidir. Foyda – eng avvalo ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi ulchovi vazifasini bajaradi. Foyda ko’rsatkichi barcha davrlarda ham korxonadagi mehnat, moliyaviy, moddiy va boshka resurslarni boshkarish samaradorligini kursatgan. Oxir okibatda korxona faoliyatining moliyaviy natijalari davlat yalpi ichki maxsulotini asosini, mamlakat iqtisodiyotini samarali ishlashini kursatadi. SHunday kilib bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining eng birinchi belgisi sifatida –xarajat birligi hisobiga maxsulot sifatini yuqori bulishini hamda maxsulotlarni raqobatbardoshligini taminlagan xolda olinadigan foydani eng yuqori bulishiga erishish yotadi. Bu maqsad xar qanday ishlab chiqarish usuli, xar qanday jamiyat, xar qanday mehnat kollektivi va xar qanday ishlovchi uchun xosdir. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi – xar qanday darajadagi xo’jalik yuritish faoliyatiga baho berishning asosidir. Iqtisodiy samaradorlik deganda – ishlab chiqarish kuvvatlaridan foydalanib amalga oshirilgan xarajatlardan olingan natijalar urtasidagi nisbat tushuniladi. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosi ostida xar bir birlik mehnat, material va moliyaviy resurslar hisobiga olinadigan maxsulotlar xajmini ortirish yotadi. Zamonaviy sharoitlarda iqtisodiy samaradorlikning umummilliy ko’rsatkichlari ham o’z ahamiyatini oshirib bormokda. Iqtisodiy samaradorlikning umummilliy ko’rsatkichlariga bir birlik xarajatlar birligiga olinadigan milliy daromadni va yalpi ichki maxsulotni oshirish kabilar kiradi. Ishlab chiqarishning umummilliy ko’rsatkichlari bevosita korxonalarning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari bilan boglangan bulib, ular ajralmas tushunchalardir. Kuyi korxonalar kanchalik samarali faoliyat yuritsalar, milliy iqtisodiyotning samaradorlik ko’rsatkichlari shunchalik yuqori buladi va davlatning ham oldidagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni xal etish imkoniyatlari shunchalik ortadi. Iqtisodiy samaradorlik odatda umumiy (mutlok) va takkoslama (nisbiy) samaradorlikka bulib urganiladi. Umumiy samaradorlikda – iqtisodiyotning turli darajalarida (korxonalar, xududlar, respublika buyicha) malum bir vaqt davomida erishilgan umumiqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish va baholashda kullaniladi. Takkoslama samaradorlikdan esa –ishlab chiqarishni tashkil qilish, o’zini qoplash, investitsiya kiritish kabi ishlab chiqarish-tashkiliy qarorlar qabul qilishda, turli variantlar orasidan eng makulini tanlab olishda qo’llaniladi. Download 237 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling