Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили
«Oltin vodiy» MCHJning 2016 yilgi xarajatlar summasiga realizatsiya hajmi va xarajat darajasi o’zgarishining ta’sir o’tgan yilga nisbatan hisobi
Download 237 Kb.
|
кУРС ИШИ 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’rsatkichlar 2015y 2016y. Farqi (+,-)
- Realiza-tsiya hajmi Xarajat darajasi
- Xar = (Real haq. sotil – Real bazis sotil ) . Dar bazis har
- «Oltin vodiy»
4 -jadval
«Oltin vodiy» MCHJning 2016 yilgi xarajatlar summasiga realizatsiya hajmi va xarajat darajasi o’zgarishining ta’sir o’tgan yilga nisbatan hisobi. (summa – ming so’mda)
Hisoblash uchun ma’lumotlarni «Foyda va zararlar to’g’risida»gi 2-shakl, ya’ni moliyaviy hisobotdan olamiz. SHuning bilan birga xarajatlarni o’zgaruvchi va shartli doimiy xarajatlarga bo’linishini hisobga olish kerak. O’zgaruvchi xarajatlarga «sotilgan tovarlar, mahsulot, ish, xizmat tannarxi»ni va «tijorat xarajatlari»ni kiritish mumkin. Doimiy xarajatlarga (ishlab chiqarish hajmiga va mahsulot realizatsiyasiga tobe bo’lmagan) quyidagilar kiradi: «Boshqaruv xarajatlari», «Realizatsiyaga taalluqli bo’lmagan xarajatlar» va «Favqulodda xarajat»lar. O’zgaruvchi xarajat moddalari yuqorida ta’kidlanganidek ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan mahsulot hajmiga tobe bo’lib, ularning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgaradi. O’zgaruvchi moddalar summasiga realizatsiya qilingan mahsulot hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun realizatsiya qilingan tovarlar summasining farqini sotilgan tovar, mahsulot, ish, xizmatlarning tannarxini bazis darajasiga ko’paytirish kerak. Hisob quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: ∆ Xar = (Real haq. sotil – Real bazis sotil ) . Dar bazis har Bunda: Δ Xar – xarajatlar so’mmasining farqi; Real bazis sotil - bazis davrida realizatsiya qilingan mahsulot so’mmasi; Dar bazis xar - bazis davridagi xarajat darajasi. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, ««Oltin vodiy»» MCHJ «Sotilgan mahsulot tovar, ish, xizmat» moddasi bo’yicha 2011 yili o’tgan yilga nisbatan 4480 ming so’m mablag’ ko’p sarflagan. Realizatsiya qilingan mahsulot hajmi oshishi natijasida xarajatlar 4522 ming so’mga ko’paygan (6477.69, 812 : 100). Boshqa faktorlar ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga sababchi bo’lgan. Xarajatlar darajasini o’zgarishi (boshqa faktorlar) ta’sirini aniqlash uchun hisobat davrida realizatsiya qilingan mahsulotning haqiqiy so’mmasini xarajatlar darajalari ayirmasiga (Darxaq.xar– Dar baz xar ko’paytirish kerak. Bu qo’yidagi formulada aks ettirildi: Xar = Real haq sotil . (Dar xaq xar) : 100 ««Oltin vodiy»» MCHJda ishlab chiqarish xarajatlari darajasining pasayishi natijasida ularning so’mmasi 45 ming so’mga kamaygan (11427.(69,558 –69, 812):100). SHunday qilib, hisobat davrining o’tgan yilga nisbatan sotilgan mahsulot tannarxi 4480 ming so’mga ko’paygan (absolyut chetlanish). Bu qo’yidagilar hisobiga amalga oshgan: Mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hajmining oshishi, bu xarajatlarni 4522 ming so’mga ko’paytirgan; Xarajatlar darajasining kamayishi, bu xarajatlarni 42 ming so’mga kamaytirgan. SHunday qilib, bu ikkala omilning ta’siri hisobat davridagi ishlab chiqarish xarajatlarining o’tgan yilga nisbatan umumiy farqiga teng bo’ladi. (4480 + 42 = 4522 ming so’m). Xuddi shunday hisob «Tijorat xarajatlari» moddasi bo’yicha ham amalga oshirildi. «Doimiy» xarajatlar guruhiga mahsulotni realizatsiya qilish hajmi ta’sir ko’rsatmaydi. SHuning uchun ular bo’yicha xarajatlar so’mmasini o’zgarishga tejash rejasi, xom ashyo va materiallarning narxi o’zgarishi, xizmat tariflari, xizmat ko’rsatuvchi va boshqaruv xodimlarining maoshini o’zgarishi kabi omillar ta’sir ko’rsatadi.Ularning o’tgan (bazis) davrga nisbatan chetlanishi to’g’ridan to’g’ri korxonaning xarajatlar so’mmasida o’z aksini topadi. SHunday qilib, korxona xarajatining o’tgan yilga nisbatan 5520 ming so’mga oshishiga qo’yidagilar o’z ta’sirini ko’rsatgan; Mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xajmining oshishi xarajatlar so’mmasini 4548 ming so’mga ko’paytirgan (4522 + 26); Sotilgan mahsulotlarning tannarx darajasini pasayishi xarajatlar so’mmasini 42 ming so’mga kamaytirgan; Tijorat xarajatlar bo’yicha tejamkorlik xarajatlarni 23 ming so’mga kamaytirgan; Boshqaruv xarajatlarining kamayishi umumiy xarajatlarni 191 ming so’mga kamaytirgan; Operatsion xarajatlarning ko’payishi xarajatlarni 795 ming so’mga oshishiga olib kelgan; Realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarining kamayishi xarajatlarni umumiy so’mmasini 719 ming so’mga kamaytirgan. Keyinchalik bu omillarning har birini o’rganib chiqish lozim, mablag’larni tejab sarflanishi va kamaytirilish imkoniyatlari va sabablari aniqlanib ular bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va boshqaruv qarorlari qabul qilinishi kerak. Download 237 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling