Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили
Ishlab chiqarish harajatlari tavsifi va ularning tasnifi
Download 237 Kb.
|
кУРС ИШИ 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv sohasidagi roli
Ishlab chiqarish harajatlari tavsifi va ularning tasnifi
Ishlab chiqarish faoliyati birinchi navbatda jonli va moddiylashtirilgan mehnat xarajatlari, mehnat vositalari va moliyaviy resurslarning ishlatilishiga bog’liqdir. Har qanday tadbirkor o’z faoliyatini boshlayotganda faoliyatiga muvofiq keladigan darajada resurslarga ega bo’lishi lozim. Ularni ishlab chiqarish jarayoni mahsulotni sotish evaziga daromad olishga tayyor bo’lishi kerak. Bu daromad ishlab chiqarish xarajatlaridan ko’p bo’lishi kerak. Farq qancha katta bo’lsa, foyda va faoliyatining samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. Har bir tadbirkor o’z faoliyatini amalga oshirayotib, uning qilgan xarajatlari ma’lum darajada foyda keltirishga intiladi. Foydasiz va keraksiz xarajatlar iloji boricha yo’q qilinishi yoki minimumgacha keltirilishi kerak. Buning hammasiga xarajatlarni rejalashtirish, to’g’ri hisobga olish va tahlil qilish orqali uni mohirlik bilan boshqarish natijasida erishish mumkin. Bu esa o’z navbatida «Xarajat» turlarini va ko’rsatkichlarini, ularni ifodalovchi hisob usullarini, xarajatlarni rejalashtirish va tahlil qilishni amalga oshirishni talab qiladi. Hamma xarajatlar qo’yidagi belgilar asosida kategoriyalarga turkumlanadi: boshqaruv sohasidagi roli bo’yicha; xarajatlarni nazorat qilish darajasi bo’yicha; xarajatning funktsional o’zgarishi bo’yicha; iqtisodiy mazmuni bo’yicha; kalkulyatsiya moddalari bo’yicha; xarajatlarning hisobi va mahsulot tannarxiga kiritilishi bo’yicha. Boshqaruv sohasidagi roli bo’yicha xarajatlar ikki guruhga birlashtirilgan: a) ishlab chiqarish xarajatlari; b) noishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq. Ular o’z navbatida qo’yidagi bo’limlarga ajratiladi; materiallarning bevosita xarajatlari; mehnat haqi uchun bevosita xarajatlar; ishlab chiqarish umumiy xarajatlari. Materiallarning bevosita xarajatlari va mehnat haqi uchun bevosita xarajatlar birlamchi xarajatlar hisoblanadi, chunki ular bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq va to’g’ri mahsulot birligining tannarxiga kiritiladi. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari belvosita xarajatlar deyiladi, ya’ni o’z qiymatini tayyor mahsulotga qisman-qisman o’tkazib boradigan xarajatlardir. Masalan, asosiy vositalarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlari bo’yicha misol bo’ladi. Uning natural shakli o’zgarmaydi. Mahsulot shaklida yoki tarkibida o’z ifodasini topmaydi. Lekin b xarajatlarga kiritiladi. Birlamchi va bilvosita xarajatlar yig’indisi mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Download 237 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling