Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили


Download 237 Kb.
bet4/13
Sana28.10.2023
Hajmi237 Kb.
#1729600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
кУРС ИШИ 5

Egri xarajatlarni, ularni yana bilvosita xarajatlar deyiladi. Ularni mahsulotning aniq turiga bevosita olib borib bo’lmaydi (agar mahsulotning bir necha turi ishlab chiqarilsa). Bir vaqtning o’zida mahsulotlarning har xil turlariga olib boriladigan xarajatlar ishlab chiqarishning qo’shma yoki kompleks xarajatlar deyiladi va egri xarajatlar turkumiga kiradi. Masalan, tsex xodimlarining mehnat haqi (tsex boshlig’ining, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning), kommunal xizmati, tsex binolarining amortizatsiyasi va umumiy foydalanishdagi uskunalar va boshqalar
Egri xarajatlarning asosiy moddalari qo’yidagilardir:
umumtsex xarajatlari;
umumzavod xarajatlari;
noishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi.
Xarajatlar bo’limlar uchun to’g’ri xarajat, shuning bilan birga mahsulot uchun egri xarajat bo’lishi mumkin. Remont-mexanika tsexi boshlig’ining mehnat haqi tsex uchun to’g’ri xarajatdir, lekin shu tsexda tayyorlanadigan ko’plab mahsulot turlari uchun egri xarajat hisoblanadi.
To’g’ri xarajatlar bevosita «Asosiy ishlab chiqarish schyotida o’z aksini topadi, egri xarajatlar esa «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotiga taalluqlidir va xarajatlarni taqsimlash usuli qo’llash yo’li bilan mahsulot turlari bo’yicha ular oy oxirida «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga olib boriladi.
Korxona rahbariyati to’g’ri va egri xarajatlarni tahlil qilganda, mahsulot sifatini pasaytirmay uning tannarxini pasaytirish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishiga erishish lozim.
Funktsional o’zgarishi bo’yicha xarajatlar o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga bo’linadi.
O’zgaruvchan xarajatlar shunday xarajatlarki, ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish xajmining o’zgarishiga to’g’ri proportsional tarzda o’zgaradi. Masalan, materiallar va xom ashyo xarajatlari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi, transport va benzin xarajatlari va boshqalar.
O’zgarmas xarajatlar bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hajmi o’zgarishiga qaramay butunlay o’zgarmay qoladigan xarajatlardir. Masalan, ma’muriy boshqaruv xarajatlari, ijara xarajatlari, sug’urta va soliqlar to’lovi.
Xarajatlarni o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga bo’linishi ularni rejalashtirish, foydalilik nuqtasini aniqlash, rejalashtirilgan foydani hisoblash va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish uchun kerakdir.
Rejalashtirish, tahlil qilish va hisob amaliyotida mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari xarajat elementlari bo’yicha guruhlashtiriladi va ularning asosiylari qo’yidagilar hisoblanadi:
xom ashyo va materiallar;
yordamchi materiallar;
chetdan olingan yonilg’i va elektr quvvati;
asosiy vositalar amortizatsiyasi;
sanoat-ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi fondi;
ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot ajratiladigan uchun mablag’lar;
boshqa pulli xarajatlar.
Xarajatlarni elementlari bo’yicha bo’nday guruxlashtirish mahsulot ishlab chiqarish uchun qilinadigan xarajatlar strukturasini aniqlashga, turlari bo’yicha hajmini rejalashtirishga, zaruriy material, mehnat va moliyaviy resurslar bilan uzluksiz ta’minlanishiga imkon yaratadi.
Xarajatlarni u yoki bu elementlariga egalik qilishiga qarab tarmoq faoliyati mehnat talab, material talab, energiya talab va fond talablarga bo’linadi.
Mehnat talab korxonalar shunday korxonalarki, unda mehnat haqi xarajatlari hamma xarajatlardan ustun. Ishlab chiqarishga zamonaviy uskunalar kirib kelishi, avtomatlashtirilishi va kompyuterlashtirilishi tufayli eng mehnat talab tarmoqlar asta-sekinlik bilan fond talab tarmoqlarga aylanmoqda va mehnat unumdorligi oshmoqda.
YUqorida ta’kidlanganidek, korxonaning xarajatlari mahsulot qiymatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular asosida korxonalar o’z mahsulotini sotishi va kutilayotgan foydani olishi mumkin bo’lgan qiymat darajasini aniqlaydi. Buning uchun har bir korxona ishlab chiqaradigan mahsulot (ish, xizmat) tannarxi kalkulyatsiyasini tuzishi kerak.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish moddalarining eng asosiylari qo’yidagilar:
xom ashyo va materiallar;
ko’makchi materiallar;
ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi;
ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi bo’yicha ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta;
texnologik ehtiyoj uchun yoqilg’i;
texnologik ehtiyoj uchun elektr quvvati;
umumishlab chiqarish xarajatlari (tsexniki);
davr xarajatlari (umumzavod xarajatlari);
boshqa xarajatlar.
YUqorida keltirilgan moddalardan ko’rinib turibdiki, umumishlab chiqarish va umumzavod xarajatlaridan tashqari xarajatlarning hamma moddalari to’g’ri xarajatlarga tegishli. Bu moddalarni rejalashtirishda normativ metod qo’llaniladi. Umumishlab chiqarish va umumzavod xarajatlari kompleks xarajatlariga kiradi. Ular hisob siyosati metodikasiga asosan mahsulot birligiga taqsimlanadi.
Mahsulotni haqiqiy tannarxini butunlay yoki ularning moddalari bo’yicha reja yoki utgan yil bilan solishtirilib mutlaq yoki nisbiy farq va uning sabablari aniqlanadi. Keyin omilli tahlil asosida mablag’larni samarali taqsimlash bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
«Korxona xarajatlari», korxona va tashkilotlarning hamma xarajatlari 3 guruhga bo’lingan:
kundalik (oddiy) faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar;
operatsion xarajatlar;
realizatsiya (sotish)dan tashqari xarajatlar.
Kundalik faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar bo’lib, mahsulot sotib olish, ishlab chiqarish va sotish, xarajatlari hisoblanadi. Bularga yana xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlar ham kiradi.
SHartnoma asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish bo’yicha ijara va boshqalar. Jarayonlar ham korxonalarda kundalik faoliyat turlari bo’yicha xarajat bo’lib hisoblanadi.
Kundalik faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:
xom ashyo, materiallar, tovarlar va boshqa moddiy ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish bilan bog’liq xarajatlar;
moddiy ishlab chiqarish zahiralarini mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmat ko’rsatish va ularni sotish, shuningdek, mahsulotlarni sotish (qayta sotish) maqsadida (asosiy vositalar va boshqa oborotda bo’lmagan aktivlarni saqlash va foydalanish bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek, ularni soz holatda saqlash, tijorat va boshqaruv xarajatlari) qayta ishlash jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar.

Download 237 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling