Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили


Download 237 Kb.
bet3/13
Sana28.10.2023
Hajmi237 Kb.
#1729600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
кУРС ИШИ 5

Noishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq emas.Ular mahsulot sotish, ilmiy izlanish, ma’muriy boshqaruv xarajatlarini, kredit bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlarini va bevosita korxona ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Xarajatlarning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlariga bo’linishi buxgalteriya hisob va tahlilini amalga oshirishda va korxona faoliyati natijalariga ta’sir qiluvchi omillarni hisoblashda inobatga olish zarurligi bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, korxona ular asosiga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlarning umumiy xarajatlar summasidagi ulushi to’g’risida xulosalar qilishda va xarajatlarni qisqartirish va tejash boshqaruv qarorlarini qabul qilishida ham foydalanish mumkin. Noishlab chiqarish xarajatlarining ulushi oshishi foydaning kamayishiga va ishlab chiqarish samaradorligining pasayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari summasi to’g’risidagi ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarning 2 shakl «Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot», 5 shakl «Buxgalteriya balansiga ilova», 6 bo’lim «Korxona tomonidan qilingan xarajatlar», shuningdek, «Korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish to’g’risidagi hisobot» nomli statistik hisobotlarida keltiriladi.
Xarajatlarni nazorat qilish darajasi bo’yicha, ya’ni ob’ekt tannarxning kalkulyatsiya qilinishi mumkinligiga qarab to’g’ri va egri (to’g’ri bo’lmagan) xarajatlarga bo’lish mumkin.
To’g’ri xarajatlar – bu alohida turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda tannarxiga bevosita kiritiladigan xarajatlar: Aniq mahsulot uchun qilingan to’g’ri xarajatlarni va bo’limlar uchun qilingan to’g’ri xarajatlarni farqlay bilish kerak.
Agar xarajatlarni to’g’ridan-to’g’ri aniq mahsulotga olib borish mumkin bo’lsa bu ushbu mahsulot uchun to’g’ri xarajat bo’lib hisoblanadi. Korxonaning bo’limlari bilan bevosita bog’liq xarajatlar bu bo’limning to’g’ri xarajati xisoblanadi, lekin ushbu bo’limda chiqariladigan aniq mahsulotga nisbatan ular egri xarajat hisoblanadi.
To’g’ri xarajatlar bevosita mahsulot tannarxiga ishlab chiqarish xarajatlari miqdorida olib boriladi. Bu xarajatlar butunlay o’z qiymatini aniq ishlab chiqarilgan mahsulotga o’tkazadi.
To’g’ri xarajatlarning asosiy moddalari qo’yidagilar:
xom ashyo va asosiy materallar;
sotib olinadigan ashyolar va yarim fabrikantlar;
ishlab chiqarish xodimlarining asosiy ish haqi;
elektr quvvati qiymati kabilar.

Download 237 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling