Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили


Download 237 Kb.
bet7/13
Sana28.10.2023
Hajmi237 Kb.
#1729600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
кУРС ИШИ 5

Xarajatlar tarkibi ularning umumiy summasi tarkibidagi alohida xarajat turlarining ulushini aniqlash bilan birga xom ashyo va materiallar ishlatiladigan, avtomatlashtirilgan, mehnat va mexanizatsiya darajasi yuqori bo’lgan korxonalarning materialtalabligini va mehnattalabligini tahlil qilish uchun zarurdir. Xarajatlar tarkibining o’zgarishini o’rganish kelgusi davr xarajatlari tarkibini yaxshilash va ularning samaradorligini oshirish bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’ladi.
Xarajatlar tarkibini aniqlash uchun ma’lumotlar moliyaviy hisobatning «Daromadlar va zararlar haqida hisobat» 2-shakl, «Buxgalteriya balansiga ilova» 5-shakllardan, shuningdek, «Ishlab chiqarish xarajatlari haqida xisobat» statistik hisobatdan olinadi.
Xarajatlar tarkibi hisobining usuli ««Oltin vodiy»» MCHJ ning 2011 yilgi ko’rsatkichlarini o’tgan yil ko’rsatkichlariga nisbati misolida ko’rib chiqamiz (1-jadval).
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, xarajatlarni umumiy summasini oshishi bir yilga 5520 ming so’mni tashkil qilgan. Xarajatlarning umumiy so’mmasi tarkibida realizatsiya qilingan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 6,8% ga oshgan va u 66,9% ni tashkil qilgan. Boshqaruv xarajatlariga ulushi 5,7% ga tushgan va jami xarajatlarning 8,3% ni tashkil qilgan. Jami xarajatlarning katta qismini operatsion xarajatlar tashkil qilgan-11,7% va to’langan daromad solig’i-12,3%. Hisobat davrida bu xarajatlar summasi ham ko’paygan.
1 – jadval
«Oltin vodiy» MCHJ xarajatlar tarkibining 2016 yildagi o’zgarishini yilga nisbatan hisob-kitobi.





Ko’rsatkichlar

2015 yil

2016 yil

Farqi (+-)

So’mda

foizda

So’mda

Foizda

So’mda

Foizda

1

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) larning tannarxi

6947

60,1

11427

66,9

+4480

+6,8

2

Tijorat xarajatlari

40

0,3

43

0,2

+3

- 0,1

3

Boshqaruv xarajatlari

1616

14,0

1425

8,3

-191

-5,7

4

Operatsion xarajatlar

1200

10,4

1995

11,7

-795

+1,3

5

Realizatsiyadan tashqari xarajatlar

821

7,1

102

0,6

-719

-6,5

6

Daromad solig’i va shunga o’xshash majburiy to’lovlar

943

8,1

2095

12,3

+1152

+4,2

7

Favqulodda xarajatlar

-

-

-

-

-

-

8

Jami

11567

100

17087

100

+5520




Umuman olganda hisobat davrida xarajatlar tarkibi yaxshilangan, bu esa mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar ulushi hisobiga amalga oshirilgan.


Xarajatlar darajasi bu tayyor, tovar yoki sotilgan mahsulot bir so’miga to’g’ri keadigan xarajatlardir. Bu xarajatlar samaradorligini, dinamikasini va ularning nisbiy farqini hisoblash uchun zarur bo’ladi. Xarajatlar darajasi (Xd) asosiy faoliyat xarajatlarini (Afx) sotilgan mahsulot hajmi (M) ga nisbati bilan aniqlanadi.

Download 237 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling