Моддий(материал) харажатларни махсулотлар таннархига таъсирини тахлили


Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar


Download 237 Kb.
bet6/13
Sana28.10.2023
Hajmi237 Kb.
#1729600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
кУРС ИШИ 5

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar buxgalteriya hisobi nizomida aks ettirilgan «Kundalik faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar» bilan mos keladi.
Davr xarajatlari bu ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan xarajatlardir, ular qo’yidagi guruhlarga birlashtirilgan:
realizatsiya bo’yicha xarajatlar;
ma’muriy xarajatlar;
boshqa operatsion xarajatlar.
Bu xarajatlar mahsulot (ish xizmat) bilan bevosita bog’liq bo’lmaganligi sababli ularni operatsion xarajatlar ham deyiladi. Ular ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xmzmat) hajmiga bog’liq emas, balki vaqt va xo’jalik faoliyati davomiyligiga bog’liq. Bu xarajatlar yuzaga kelgan hisobat davridagi mahsulot tannarxiga kiritiladi va umumlashtiriladi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlardir, shuning uchun valyuta operatsiyalari, qimmatli qog’ozlar realizatsiyasi va ishlab chiqarilishi, kredit va qarz olish, bank operatsiyalari bilan bog’liq umum xo’jalik xarajatlardir.
Favqulodda zararlar – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning odatiy faoliyati chegaralaridan chiqadigan voqea va operatsiyalar natijasida yuzaga keladigan xalqaro standart (andoza)lar bo’yicha g’ayritabiiy xarajatlar moddalaridir.


2. Ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar va ularni tahlil qilish usullari
YUqorida keltirilgan xarajatlarning turkumlanishi, ta’kidlanganidek, korxona rahbariyati tomonidan rejalashtirish, tahlil, qilish soliqlarni to’g’ri hisoblash va to’lanishi uchun ishlatiladi. SHuningdek, xarajatlarni nazorat qilish maqsadida ularni samarali sarflanishini, mahsulot ishlab chiqarish va realiztsiya qilish hajmi oshishini, uning sifatini oshirilishini ta’minlash uchun uchun ishlatiladi. SHu bilan birga xarajatlar nazoratini to’g’ri va ustalik bilan olib borish uchun ularni ifodalovchi ko’rsatkichlarni bilish va ishlata olish zarur. Ularga qo’yidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xarajatlari turlari bo’yicha summasi;
xarajatlar dinamikasi;
xarajatlar darajasi va ularning farqi;
bazis davri va biznes reja ma’lumotlari bilan solishtirilishi natijasida xarajatlarning mutloq va nisbiy farqlari;
Ishlab chiqarish xarajatlari summasi korxona, bo’lim bo’yicha alohida mahsulot (ish, xizmat) turlarining aniq bir davri uchun ishlab chiqarish xarajatlarining puldagi o’zgarishini xarakterlaydi. Ular asosida, ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga, bir necha yillik dinamikasiga va ularning o’zgarishi to’g’risidagi axborotlarga miqdoriy baho berish mumkin.
Bu ko’rsatkich menedjerlarga xarajatlarni ular turlari bo’yicha va butunlay rejalashtirish, shuningdek, zarur bo’lgan tovar-material zahiralarini, mehnat va moliyaviy resurslarni sotib olish bo’yicha pul mablag’larini ajratish uchun kerakdir.

Download 237 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling