Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


Download 1.87 Mb.
bet13/24
Sana28.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1136380
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar

Muhim vakillari.Etilatsetat- rangsiz, o‘ziga xos xushbo‘y hidli, 77 oC da qaynaydigan suyuqlik. Suvda 8 % atrofida eriydi. Sanoatda sirka kislotasi va etanoldan sulfat kislota ishtirokida olinadi.
Etilatsetat nitrotsellyuloza, atsetilsellyuloza va boshqa bir qator polimer materiallarni eritish uchun, loklar tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Etilasetat, asosan, erituvchi sifatida ishlatiladi.Sanoatda etilasetat sirka aldegididan Tishenko reaksiyasi yordamida olinadi.Reaksiya OC atrofida katalizator ishtirokida sodir bo’ladi.
Butilatsetat- rangsiz, xos xushbo‘y hidli, 126 oC da qaynaydigan suyuqlik. Suvda oz eriydi. Sanoatda sirka kislotasi va butanoldan sulfat kislota ishtirokida olinadi. Lok-bo‘yoq sanoatida nitrotsellyuloza va poliefir smolalarning erituvchisi sifatida ishlatiladi.
Izoamilasetat. CH3COOC5H11 ba’zi loklarni tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi. Yuqoridagi karbon kislotalarning murakkab efirlari seridlar, yoki mumkin deyiladi. Ularni yuqori kislota va yuqori spirtlardan xosil bo’lgan murakkab efirlar deb qarash mumkin. Masalan, asalari mumi palmitin kislota ( C15H31COOH ) xamda miritsin spirtdan ( C30H61OH ) xosil bo’ladigan murakkab efirdan (C15H31-COO-C30H61) iborat.Kashalotlardan olinadigan spermatset xam murakkab efir bo’lib, uninpalmatin kislota va tsetil spirtdan (C16H33OH ) xosil bo’lgan murakkab efir deb qarash mumkin.Yuqorida ko’rsatilgan missollar bir asosli to’yingan karbon kislotalar va bir atomli spirtlardan tashkil topgan murakkab efirlardir.
Vinilatsetat- 73 oC da qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Sirka kislotasiga katalizator ishtirokida atsetilen biriktirib olinadi. Kislorod va katalizator ishtirokida etilen va sirka kislotasidan olish metodi ham ishlab chiqilgan. Vinilatsetat oson polimerlanadi. Polivinilatsetat (PVA) elimlar va lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Polivinilatsetat gidroliz qilinsa yana bir muhim polimer-polivinil spirti (PVS) hosil bo‘ladi. PVS dan sintetik tola, plyonkalar, elimlar, emulgatorlar ishlab chiqariladi.Aksariyat murakkab efirlar yoqimli hidga ega bo‘lganligi uchun oziq-ovqat (meva essensiyalari) va parfyumeriya sanoatida ishlatiladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling