Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar


Download 1.87 Mb.
bet15/24
Sana28.01.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1136380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar

Lipidlar.Lipidlar nomi grekchadan kelib chiqqan bo’lib, ‘’lipos’’yog’ degan ma’noni bildiradi. Lipidal gruppasiga xaqiqiy yog’lar ( neytral yog’lar) va yog’simon moddalar, ya’ni lipoidlar kiradi.
Yog’lar. Uch atomli spirt – gliserin va bir asosli yuqori karbon kislotalardan xosil bo’lgan murakkab efirlar aralashmasi yog’lar deyiladi va quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi:

Formuladagi bir asosli yuqori karbon kislotalarning radikalidir. Masalan, R –palmitin, stearin va olein kislotalarning qoldig’i( radikali ) bo’lishi mumkin.
Yog’larning tuzilishini fransuz olimi Shevrel 1811 yildaaniqlagan. 1854 yilda Bertlo yog’larni gliserin bilan yuqori kislotalardan sintez yo’li bilan xosil qilgan:

Xozirgi vaqtda tabiiy yog’larning tarkibida 100 ga yaqin turli xil to’yingan va to’yinmagan kislotalar ajratib olingan. Ammo kislotalar turlicha bo’lishiga qaramay, barcha yog’lar tarkibida albatta gliserin bo’lishi aniqlangan. Yog’lardan ajratib olingan kislotalar orasida eng ko’p uchraydigani molekulasida C16H31COOH, stearin C17H35COOH kislota; to’yinmagan kislotalardan olein C17H29COOH kislotalar bo’ladi. SHuni xam aytish kerakki, yog’lar tarkibiga kiruvchi barcha kislota qoldigida uglerod atomlar juft sonli bo’lib, ular asosan tarmoqlanmagan zanjirli bo’ladi.
Gliserin yuqori alifatik karbon kislotalar bilan bitta, ikkita va uchta gidroksil gruppasi orqali birikib, murakkab efir xosil qilishi mumkin. Gliserining bunday efirlari tegishli mono-, di-, trigliseridlar deyiladi:

Tabiiy yog’ turli gliseridlar aralashmasidan iborat. Masalan paxta moyi tarkibida 13 ta trigliserid mavjudligi va ularninh miqdori aniqlangan. Ular quyidagilardir ( formulani ixchamlashtirish maqsadida gliserin qoldig’i ( CH2 – CH – CH2 ) ni Gl bilan belgilaymiz).

















Trigliseridlarning molekulasida turli kislotalar qoldig’i borligi sababli, ularda izomeriya xodisasi mavjud: Masalan:





Molekulasida faqat bir xil kislota qoldig’i bo’ladigan trigliseridlar masalan, tripalmitin ( suyuqlanish temperaturasi -63o), tristearin ( suyuqlanish temperaturasi -66o), triolein ( suyuqlanish temperaturasi- 6o) tabiiy yog’larda kam uchraydi, shuning uchun xam ular sintez yo’li bilan olinadi.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling