Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
Download 1.87 Mb.
|
Molekulasida efir guruxi saqlovchi biologik faol moddalar
Tabiatda uchrashi.Murrakkab efirlar tabiatda keng tarqalgan birikma bo’lib, xayot uchun eng muxim ro’l o’ynaydi. Murakkar efirlar o’simlik va xayvonlar organizmida, ayniqsa yog’lar, mumlar tarkibida bo’ladi. Murakkab efirlar quyidagi ussullar bilan olinadi.
Olinish usullari. 1. Karbon kislota tuzlariga uglevodorodlarning galogeli xosilalarini ta’sir ettirish: 2.Karbon kislata galogenangidridlariga spirtlar yoki alkogolyatlar ta’sir ettirish: 3. Kislota angidridlariga spirt ta’sir ettirish: 4. Spirt bilan kislotalarni o’zaro ta’sir ettirish, ya’ni eterifikatsiyalash reaksiyasi: Bu usul bilan murakkab efirlar olish eng muxim usul xisoblanadi.Eterifikatsiyalash reaksiyasi qaytar reaksiyadir.Bertloning ko’rsatishicha, bu reaksiyada reaksiyaga kirishayotgan moddalarning 2|3 qismi sarflangach muvozanat qaror topadi. Murakkab efir xosil bo’lishda reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan spirt va kislotalarning tuzilishiga bo’liq. N.A.Menshutkin va B.N.Menshutkinlarning tadqiqotlari reaksiyaga qatnashuvchi kislotalarning tuzilishi R- CH2 – COOH shaklda bo’lsa,bunday kislotalar R2CH – COOH va R3C – COOH shakldagi kislotalarga nisbatan tezroq reaksiyaga kirishishini ko’rsatdi. Eterifikatsiyalash reaksiyasi katalizatorlar ( mineral kislotalar ) ishtirokida tezlashadi. Uning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin: reaksiyaga kirishuvchi kislotaning karbonil gruppasi katalizatordagi potonni tortib olib musbat ionga ( I ) aylanib qoladi: Xosil bo’lgan musbat ion ( I ) spirtni biriktirib oladi. Spirtning birikishi undagi kislorod atomining electron jufti xisoboga boradi va oraliq ( II ) birikmani xosil qiladi: Oraliq birikma ( II ) parchalanadi va suv ajralib chiqadi: natijada proton qayta ajralib, murakkab efir xosil bo’ladi: Murakkab efir xosil bo’lishida,kislorod qaysi gidroksid gruppadan (spirtdanmi yoki kislotadanmi ) ajralib chiqib suv xosil qiladi degan masala uzoq vaqtga qadar xal qilinmay keldi. Bu ( nishonlangan atomlar ) yordamida o’tkazilgan tajribalardan keyingina xal qilinadi. Bu tajribada molekulasida kislorodning O18 izotopi bor kislota bilan spirt reaksiyaga kiritildi va reaksiya natijasida ajralib chiqqan suv kislota gidroksili xamda spirt vodorodi xisobiga vujudga kelganligi aniqlandi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling