Moliyaviy aktivlar daromadliligini


 Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash


Download 405.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi405.59 Kb.
#1615470
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-MAVZU (1)

9.2. Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash 
Oʻzbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonuniga asosan aksiyalar egasining nomi 
yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli 
boʻlishi mumkin. 
Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qat‘i 
nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mamlakatimiz qonunchiligiga 
koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli 
qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyilmaydi. 
Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va aksiyadorlar 
umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. 
Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli qogʻozlar 
hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi hisobiga shakllanadigan 
yuqori foyda olish imkoniyati investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi. 
Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda 
inflyatsiyadan yaxshigina himoyani ta‘minlaydi. 
Aksiya va obligatsiyalarni baholash texnikasi pul oqimlarini diskontlashning 
yagona modeliga asoslanishiga qaramasdan, aksiyalar qiymati va daromadliligini 
aniqlash quyidagi ikkita holat sabab ancha murakkab hisoblanadi: 
- oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar kafolatlanmagan, ya‘ni oldindan 
ma‘lum emas; 
- aksiyalar qoplash muddatiga ega emas. 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, aksiya egasining daromadi olinadigan dividendlar 
va aksiya bozor bahosining oʻzgarishidan tashkil topadi. Investitsiyalar bitta davrli 
boʻlgan holatda aksiya qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin: 
bu erda DIV
1
, P
1
 – mos ravishda =1 davrda dividend va aksiya bahosi. 
Mos ravishda, investitsiya daromadliligi 
bu erda P
0
– t=0 davrdagi aksiya bahosi yoki aksiyaning boshlangʻich 
ma‘nosi. 
davrli muddatga investitsiyalar uchun 


Aksiyalarning muomala muddati formal jihatdan cheklanmaganligi sababli 
sharoitida oxirgi qoʻshiluvchi nolga intiladi. Shunda 
Olingan ifoda amerikalik olim J.Williams tomonidan ishlab chiqilgan 
dividendlarni diskontlash modeli (Dividend Discount Model – DDM) sifatida 
ma‘lum. Mazkur modelga muvofiq oddiy aksiyalar qiymati joriy vaqtda 
diskontlangan barcha dividendlar summasiga teng. 
Agar ayni vaqtdagi aksiya bozor bahosi ma‘lum boʻlsa, uning ichki 
daromadliligi quyidagi tenglama yordamida aniqlanishi mumkin: 
Aksiyalar muomala muddatining cheklanmaganligi sababli mazkur moliyaviy 
instrument boʻyicha investitsiyalar samaradorligini baholash uchun yuqoridagi 
formulalarni amaliy qoʻllash DIV
t
miqdorni aniqlashning murakkabligidan kelib 
chiqqan holda chegaralangan. Chunki investorlar tomonidan hattoki yaqin 
kelajakdagi dividendlarni aniq bilish mumkin emas. 
Shuning uchun ham tahlil oʻtkazishda odatda dividendlarning mumkin 
boʻlgan yoki kutilayotgan oʻsish sur‘atlari borasidagi taxminlardan kelib chiqiladi. 
Eng oddiy taxmin investitsiya butun muddati davomida dividendlar 
miqdorining oʻzgarmay qolishi hisoblanadi, ya‘ni: 
DIV
0
 DIV
1
 =...=DIV
n
= DIV= const. 
Shunda aksiya qiymatini baholash formulasi quyidagi koʻrinishga keladi: 
n→∞ sababli kvadrat qavs ichidagi miqdor ga intiladi va baholash modeli 
soddalashadi: 
Bu ifoda J.Gordonning nollik oʻsish modeli sifitadi ma‘lum va bu modeldan 
qat‘iy belgilangan dividend toʻlanuvchi imtiyozli aksiyalarni baholash uchun 
foydalanish mumkin. 
Misol koʻrib chiqamiz. 
Yillik 6 birlik dividend toʻlanadigan aksiyaning bozor bahosi 35 birlik. Agar 
investor uchun daromadlilik me‘yori 20 foiz boʻlsa, aksiya qiymatini aniqlang. 


Bundan koʻrinib turibdiki, aksiya ortiqcha baholangan va boshqa shart- 
sharoitlar teng boʻlganda uni sotib olishni rad etish kerak. 
Nollik oʻsish modelida aksiya daromadliligi quyidagi formula boʻyicha 
aniqlanadi: 
Yuqorida keltirilgan misol boʻyicha aksiya daromadliligi 6/35=0,1714 ga teng 
va koʻrinib turibdiki talab qilinadigan daromadlilik me‘yori 20 foizdan past. Bunday 
sharoitda operatsiyaning samarasizligi haqidagi xulosa tasdiqlanadi. 
Aksiyalarni baholash boʻyicha oddiy va keng tarqalgan yondashuvlardan yana 
biri doimiy oʻsish modeli hisoblanadi. Mazkur model asosida aksiyalar boʻyicha 
dividend toʻlovlari proporsional tarzda qandaydir g miqdor (ya‘ni bir xil oʻsish 
sur‘ati)ga oʻsishi toʻgʻrisidagi taxmin (faraz) yotadi. Shunda DIV

Download 405.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling