Moliyaviy aktivlar daromadliligini
Download 405.59 Kb. Pdf ko'rish
|
9-MAVZU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligini baholash
qiymatini baholash, ular keltiradigan daromadlilikni baholash hamda ularning
risklilik darajasini baholashni oʻz ichiga olishini anglatadi. Aynan shunday yondashuvdan kelib chiqqan holda moliyaviy aktivlarni baholash ikkita asosiy masalani hal qilish – moliyaviy aktivlar haqiqiy qiymati (fair value – V)ni va daromadliligini aniqlashga qaratiladi. Ular umumiy holda qaror qabul qilish uchun zarur minimum mezonlar vazifasini bajaradi. Moliyaviy munosabatlarda har qanday aktivning haqiqiy qiymati (V) kelgusi pul oqimlari harakatidan kelib chiqqan holda diskontlangan qiymatga teng, ya‘ni: bu erda V – aktivning haqiqiy qiymati; CF t – t vaqtda aktiv boʻyicha toʻlovlar; r – talab qilinadigan yoki muqobil daromad stavkasi. Shunday qilib, moliyaviy aktivlarni baholash muammosini hal qilish toʻlovlar oqimlari, ularni amalga oshirish vaqti va diskontlash stavkalarini oldindan aniqlay olish darajasiga bogʻliq. Qayd etib oʻtilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitida va korxonalar moliyaviy- xoʻjalik faoliyatida muhim rol oʻynovchi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari aksiyalar va obligatsiyalar hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida ular qiymati va daromadliligini baholashning bazaviy metodlari va modellarini koʻrib chiqamiz. 9.1. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligini baholash Bizga ma‘lumki, obligatsiyalar qarz munosabatlarini anglatuvchi qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Xalqaro tajribaga koʻra obligatsiyalar emitentlariga koʻra davlat, munitsipal va korporativ obligatsiyalarga boʻlinadi. Qarz munosabatini anglatuvchi moliyaviy instrumentlar sifatida obligatsiyalar qat‘iy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar toifasiga kiritiladi. Bunday toifaga qat‘iy belgilangan miqdorda dividend toʻlash belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiyalarni ham kiritish mumkin. ―Qat‘iy belgilangan daromad‖ umumqabul qilingan atamasini qat‘iy ravishda tushunmaslik lozim. Bu atama bunday qimmatli qogʻozlar boʻyicha operatsiya oʻtkazish vaqtida nazariy jihatdan toʻlovlar muddatlari va miqdorlarining oldindan ma‘lum qilinishini anglatadi. Obligatsiyalarning turli xil turlari amal qilishiga qaramasdan ularni daromad toʻlash shakllari boʻyicha quyidagicha tasniflash mumkin: - kuponli, qat‘iy belgilangan yoki suzib yuruvchi kupon stavkali obligatsiyalar; - diskontli (kuponsiz), yoki nollik kuponli obligatsiyalar; - qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan obligatsiyalar. Kuponli obligatsiyalar qarzning asosiy summasi qaytarilishi bilan bir vaqtda davriy ravishda pul toʻlovlarini ham nazarda tutadi. Bunday toʻlovlarning miqdori nominalga nisbatan foizlarda ifodalanadigan k kupon stavkasida belgilanadi. Kuponli toʻlovlar odatda bir yil davomida bir, ikki yoki toʻrt marta amalga oshiriladi. Bunday qimmatli qogʻozlar harakati natijasidagi pul oqimlari qat‘iy belgilangan kuponda operatsiya muddatining oxirida obligatsiyaning diskontlangan nominal qiymatiga qoʻshiladigan annuitetni oʻzida aks ettiradi. Soddalashtirish maqsadida diskontlash yagona r stavka boʻyicha amalga oshirilishini shart qilib qilib qoʻyamiz. Shunda kuponli obligatsiya qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi mumkin: bu erda F – qoplash summasi (qoidaga koʻra nominal); k – yillik kupon stavkasi; r – bozor stavkasi (diskont me‘yori); n – obligatsiya muddati; m – bir yilda kuponli toʻlovlar soni. Misol koʻrib chiqamiz. Agar daromadlilik me‘yori (bozor stavkasi) 12 foizga teng boʻlsa, har chorakda toʻlanadigan yillik kupon stavkasi 8 foiz boʻlgan 1000 birlik nominalga ega uch yillik obligatsiyaning joriy qiymatini aniqlang. Shunday qilib, mazkur operatsiya boʻyicha daromadlilik me‘yori 12 foiz boʻlganda taxminan 900,46 birlikka teng bahoda obligatsiyani xarid qilish mumkin. Yuqoridagi masala boʻyicha daromadlilik me‘yori (bozor stavkasi) 6 foizga teng boʻlganda obligatsiya qiymatini aniqlaymiz. Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, obligatsiyalar joriy qiymati talab qilinadigan daromadlilik me‘yori va qoplash muddatiga bogʻliq. Bu bogʻliqlik teskari xususiyatga ham ega. Keltirilgan baholashning bazaviy modelidan isbot talab qilmaydigan quyidagi ikkita aksiomalar guruhini keltirish mumkin. Birinchi aksiomalar guruhi obligatsiya qiymati, kupon stavkasi va bozor stavkasi (daromadlilik me‘yori) oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻzida aks ettiradi: - agar bozor stavkasi (daromadlilik me‘yori) kupon stavkasidan yuqori boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan past boʻladi, ya‘ni obligatsiya diskont bilan sotiladi; - agar bozor stavkasi (daromadlilik me‘yori) kupon stavkasidan past boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan yuqori boʻladi, ya‘ni obligatsiya mukofot bilan sotiladi; - bozor stavkasi (daromadlilik me‘yori) va kupon stavkasi teng boʻlganda obligatsiya joriy qiymati va nominali teng boʻladi. Yuqorida keltirilgan masalalar bunga misol boʻla oladi. Ikkinchi aksiomalar guruhi obligatsiya qiymati va uni qoplash muddati oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni ifodalaydi: - agar bozor stavkasi (daromadlilik me‘yori) kupon stavkasidan yuqori boʻlsa, obligatsiya boʻyicha diskont summasi qoplash muddatining yaqinlashishiga qarab kamayib boradi; - agar bozor stavkasi (daromadlilik me‘yori) kupon stavkasidan past boʻlsa, obligatsiya boʻyicha mukofot miqdori qoplash muddatining yaqinlashishiga qarab kamayib boradi; - obligatsiyani qoplash muddati qancha uzoq boʻlsa, bozor stavkasiga nisbatan uning bahosi ta‘sirchanroq boʻladi. Kuponli obligatsiya qiymatini aniqlash formulasidagi oʻzaro nisbat davriy ravishda qat‘iy belgilangan daromad keltiruvchi har qanday moliyaviy instrumentning qiymatini baholash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Agar kuponli obligatsiyaning qoplash muddati yetarli darajada yuqori, masalan 50 yildan ortiq boʻlsa, tahlil jarayonida bunday muddatlarni muddatsiz sifatida qarash qulay hisoblanadi. Download 405.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling