Moliyaviy iqtisodiy yangiliklar cmm 55 4-kurs Tursimetova Munisa


Download 2.76 Mb.
bet1/5
Sana14.11.2023
Hajmi2.76 Mb.
#1773680
  1   2   3   4   5
Bog'liq
CMM-55TURSIMETOVA Munisa Moliya fanidan MIY

MOLIYAVIY IQTISODIY YANGILIKLAR

CMM 55 4-kurs Tursimetova Munisa

  • Toshkentda IHT sammiti o‘tkaziladi 
  • 21:21
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti a’zolari rahbarlari noyabr oyida O‘zbekiston poytaxtida yig‘iladi. 
  • O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi. 
  • Bosh kotib davlat rahbarini O‘zbekistonning Tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi. Savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar va o‘tkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli sur’at bag‘ishlagani ta’kidlandi. 
  • Uchrashuvda mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Keyingi yillarda O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga o‘sgani, qo‘shma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga ko‘paygani mamnuniyat bilan qayd etildi. 
  • Tashkilotning navbatdagi sammitini 2023 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazishga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rilayotgani, kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida ta’kidlandi. 
  • Uchrashuv yakunida Xusrav Noziriy Tashkilot kotibiyati IHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi. 
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) 1985 yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi vaqtda unga 10 davlat a’zo hisoblanadi: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Ozarboyjon, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Pokiston va Turkiya. IHT sammiti har 2 yilda o‘tkaziladi. 
  • Banklar ustav kapitali eng kam miqdori 500 mlrd so‘mgacha oshiriladi
  • 13:52
  • Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga banklar ustav kapitali eng kam miqdorini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
  • Qonun loyihasi bilan bank ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich besh yuz milliard so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda. 
  • Davlatda va (yoki) hududda yashaydigan norezident bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda shunday davlatda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, aksiyadorlar (ishtirokchilar), oxirgi benefitsiar mulkdorlar bank aksiyalarining bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchilari bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi cheklovni qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilyapti.
  • Taklif etilayotgan o‘zgartirishlar banklar kapitallashuv darajasini yanada oshirish va resurs bazasini ko‘paytirishga, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarida ularning ishtirokini kengaytirishga, banklar investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali bank sektoriga strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga xizmat qilishi aytiladi.
  • Majlisda qonun loyihasi qabul qilindi.
  • Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini tikladi
  • 12:34 / 23.01.2023
  • ​​​​​​​21 yanvar, shanba kunidan boshlab Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni bosqichma-bosqich tiklay boshladi. Ta’minot 12 yanvarda to‘xtab qolgandi.
  • Serdar Berdimuhamedov Turkmanistondagi eng yirik “Galqinish” konida / centralasia.mediaTurkmaniston 21 yanvardan boshlab O‘zbekistonga gaz eksportini bosqichma-bosqich tiklamoqda.
  • “Kunlik yetkazib berish hajmi bosqichma-bosqich 16 mln kubometrgacha ko‘paytiriladi. Havo keskin sovib ketishidan avval ta’minot hajmi aynan shuncha edi”, – deyiladi “O‘ztransgaz” axborotida.
  • Turkmaniston O‘zbekistonga gaz eksportini 12 yanvarda to‘xtatib qo‘ygan edi. Ayrim manbalar bunga Rossiyaning bosimi sabab bo‘lgani, yana ayrim manbalar qattiq sovuq sabab Turkmanistondagi “Galqinish” konida texnik nosozliklar yuzaga kelganini bildirgandi. 20 yanvarda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov shu konga borgani xabar qilingandi.
  • Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida O‘zbekiston va Turkmaniston birinchi marta uchinchi tomonning ishtirokisiz, faqat ikki tomonlama muzokaralar orqali qisqa muddatli gaz ta’minoti bo‘yicha kelishuvga erishgan. O‘shanda rasmiy manbalar anonim holatda kuniga 20 mln kub metr (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) gaz importiga kelishilganini aytgandi.
  • Avvalroq Rossiya O‘zbekistondan gaz-transport tizimini “Gazprom”ga berishni so‘ragani ma’lum bo‘lgandi.
  • Ayni paytda, O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini to‘xtatgani haqidagi o‘zbek rasmiylarining axborotlarini Xitoy tomoni inkor etmoqda.
  • Baliq narxi o‘tgan yil davomida 12 foizga qimmatlashdi
  • 10:23 / 21.01.2023
  • 2022 yilning dekabr oyida baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari noyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,9 foizga oshgan.
  • O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari 2022 yil davomida o‘rtacha 12 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
  • 2022 yilning dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan: tirik baliq narxlari - o‘rtacha 0,4 foizga oshgan, muzlatilgan baliq narxlari - o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.
  • Quritilgan, dudlangan baliq narxlari - o‘rtacha 1,6 foizga qimmatlashgan.
  • OTBning O‘zbekiston bilan hamkorligi yangi strategiyasi tasdiqlanadi
  • 07:55 / 21.01.2023
  • O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Siddiqov Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Erik Pinali bilan uchrashdi.
  • OTB xalqaro moliya institutlari orasida O‘zbekiston uchun muhim va strategik sheriklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda jami 2,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
  • Uchrashuvda OTBning O‘zbekiston bilan 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorligining yangi strategiyasini tasdiqlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
  • OTB O‘zbekiston milliy taraqqiyot strategiyasiga muvofiq tizimli islohotlarni amalga oshirishda konsultativ yordam ko‘rsatishda davom etadi.
  • O‘zbekistonda piyoz eksporti vaqtincha cheklandi
  • 20:04 / 20.01.2023
  • O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi agrotexnologiyalar bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Ortiqov ma’lum qildi.
  • Ushbu qaror ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish, aholining iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
  • Bugungi kunda hududlarda jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi tasdiqlanmoqda. Bu esa joylarda piyoz zaxirasi mavjudligini ko‘rsatmoqda.
  • Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, aholi iste’mol talabi doirasida mavjud zaxiraga qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
  • Bundan oldinroq anomal sovuq ob-havo ta’siri natijasida Toshkent shahridagi markaziy dehqon bozorlarida piyozning ulgurji narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobarga qimmatlashgani xabar qilingandi.
  • Piyoz defitsiti. Narx oshishda davom etadimi?
  • 21:03 / 19.01.2023
  • Anomal sovuq ob-havo ta’siri natijasida Toshkent shahridagi markaziy dehqon bozorlarida piyozning ulgurji narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobarga qimmatlashdi. Bir qancha omillar piyoz qimmatlashishda davom etishiga turtki berishi mumkin.
  • 10 yanvardan boshlab, Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal sovuq ob-havo kuzatilmoqda. Xususan, so‘nggi bir necha kun ichida havoning past harorati O‘zbekistondagi sabzavotlar narxlarida o‘z aksini topdi. Bu borada ayniqsa piyoz narxlari keskin oshdi.
  • EastFruit tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, yaqin kunlarda havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi kutilayotgan bo‘lsa-da, piyoz narxlari qimmatlashishda davom etishi mumkin.
  • Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qish oylarida O‘zbekistonda piyoz o‘z sifatini saqlab qolish uchun maqbul sharoitlarda saqlanmaydi. Moslashtirilgan omborlar nafaqat barqaror havo haroratini saqlab turish uchun uskunalar bilan jihozlanmagan, balki ko‘pincha minimal issiqlik izolyatsiyasiga ham ega emas. Ayrim hollarda piyozning bir qismi yomg‘irdan himoya qilish uchun faqatgina shiypon ostida saqlanadi.
  • «Kuzatilayotgan sovuq piyoz zaxiralariga katta zarar yetkazdi. Ko‘pgina fermerlar va savdogarlar ham mahsulotining hammasi yoki katta qismi muzlab qolganini tan oladi. Toshkent shahrida 2023 yilning 10 yanvaridan 15 yanvarigacha besh kun davomida havo harorati kunduzi minus 6-13 daraja, kechasi esa minus 8-17 darajagacha pastladi. Bu haroratda piyoz muzlab qoladi. Eritilgandan keyin esa sifati juda tez yomonlashadi. Nazariy jihatdan, butunlay muzlab qolgan piyozni tozalash va muzlagan holda sotish mumkin, ammo buning uchun katta sig‘imli muzlatkichlar va ekstremal sharoitlarda piyozni tozalash uchun katta miqdorda ishchi kuchi kerak», deyiladi EastFruit tahlilida.
  • Piyoz narxi qanchaga qimmatlashdi?
  • 7 yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi markaziy dehqon bozorlarida 1 kg piyozning o‘rtacha ulgurji narxi 3500-4000 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 16 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 6000-7200 so‘mgacha yoki qariyb 40 foizgacha qimmatlashgan.
  • Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida poytaxt markaziy bozorlarida 1 kg piyozning o‘rtacha ulgurji narxi 1500-1800 so‘m atrofida sotilgan. O‘tgan davr mobaynida mahsulot bahosi 4 barobarga oshgan.
  • Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistondan 199,5 ming tonna piyoz eksport qilingan. Dekabr oyiga kelib tashqi bozorlarda talab oshgani hisobiga eksport hajmi ham oshgan. Buning ortidan ichki bozorda mahsulot bahosi 9,9 foizga qimmatlashgan.

Ichki bozorda narxlar yuqoriligi uchun 2023 yilning 1 yanvaridan 15 yanvarigacha umuman piyoz eksport qilinmagan. Aksincha, EastFruit tahlilchilarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, bu davrda 3000 tonnadan ortiq piyoz import qilingan, ularning katta qismi Qozog‘istondan.

  • Ichki bozorda narxlar yuqoriligi uchun 2023 yilning 1 yanvaridan 15 yanvarigacha umuman piyoz eksport qilinmagan. Aksincha, EastFruit tahlilchilarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, bu davrda 3000 tonnadan ortiq piyoz import qilingan, ularning katta qismi Qozog‘istondan.
  • Qozog‘iston importga cheklovlar joriy qildi
  • Qozog‘istonning Tashqi savdo siyosati va iqtisodiy tashkilotlardagi ishtiroki bo‘yicha idoralararo komissiyasi 3 oy muddatga piyoz eksportini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu qaror Qozog‘istondan piyoz ommaviy eksport qilinishining oldini olish va uning narxini mamlakat ichki bozorida barqarorlashtirish bilan izohlangan.
  • «Boshqa mamlakatlarning Qozog‘iston piyoziga bo‘lgan ajiotaj talabi Osiyo va jahondagi eng yirik piyoz yetishtiruvchilardan biri bo‘lmish Pokistondagi tabiiy ofatlar bilan bog‘liq. Bu mamlakatdagi suv toshqinlari jahon miqyosida, jumladan, respublikamiz bozorida ham piyoz narxi oshishiga olib keldi. Anomal sovuq tufayli Qozog‘istonning janubiy viloyatlarida, shuningdek, O‘zbekistonda ham ushbu mahsulot boy berilishi mazkur vaziyatda qo‘shimcha bosim o‘tkazmoqda. Asosiy piyoz yetishtiruvchilar hozirgi kunda Qozog‘iston piyozini faol ravishda import qilmoqda», deyiladi Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bayonotida.
  • Narx oshishi davom etadimi?
  • O‘zbekiston ichki bozorida piyoz tanqisligi juda kam uchraydigan va g‘ayritabiiy hodisa. Ammo bir qancha omillar joriy yilning birinchi choragida piyoz narxining yuqori bo‘lishiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
  • Birinchidan, piyoz zaxiralarining qisqarishi, bozorda ushbu mahsulot cheklangan sharoitda mamlakatda bahorgi piyozning yangi hosili paydo bo‘lishi uchun hali ancha vaqt bor – taxminan 2–2,5 oy.
  • Ikkinchidan, anomal sovuq ob-havo O‘zbekistonning janubiy viloyatlaridagi bahorgi piyozning yangi hosiliga qanday ta’sir qilgani hozircha noma’lum. Ehtimol, ertachi bahor piyozi ham sovuqdan jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin.
  • Uchinchidan, Qozog‘iston tomonidan piyoz eksportiga qo‘yilgan to‘liq taqiq. Bu tashqi bozorlardan piyoz import qilish imkoniyatini keskin ravishda cheklaydi, chunki O‘zbekiston piyoz yetishtiruvchi va eksport qiluvchi boshqa mamlakatlarda geografik jihatdan ancha uzoqda joylashgan va import qilish xarajatlari ancha qimmat hisoblanadi.
  • To‘rtinchidan, o‘tgan yilda yuz bergan tabiiy ofatlar natijasida Pokistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sezilarli qismi nobud bo‘ldi va dunyodagi eng yirik piyoz eksportchilaridan biri bo‘lgan Pokiston import qiluvchi davlatga aylanib qoldi. Buning ortidan ushbu mamlakatga O‘zbekistondan piyoz import qilish keskin ortgan. Bu esa ichki bozorda ushbu mahsulot yuqori narxlarini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
  • Ayni paytda Toshkentdagi savdo rastalarida 1 kg piyoz 10 ming so‘mdan, viloyatlarda esa 8-9 ming so‘m atrofida sotilmoqda.

Yana Saneg, yana parda ortidagi ishlar. Navbat – 1,8 mlrd dollarlik loyihaga

  • Yana Saneg, yana parda ortidagi ishlar. Navbat – 1,8 mlrd dollarlik loyihaga
  • 08:06 / 18.01.2023
  • Shubhali ravishda O‘zbekistondagi asosiy neft konlarining egasiga aylanib qolgan Saneg endi mamlakatning gaz-kimyo flagmani bo‘lishi kutilayotgan loyihani ham qo‘lga kiritmoqchi. Kun.uz'dagi hujjatlarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” bu ro‘y bergan taqdirda O‘zbekistonning suveren reytingiga jiddiy putur yetishidan ogohlantirgan.
  • O‘zbekistonda 2017 yildan keyin ham yopiqligicha qolayotgan sohalardan biri – energetika. Kun.uz e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan “Sho‘rtan” gaz-kimyo majmuasini kengaytirish loyihasi atrofida bo‘layotgan ishlar ham ayni shu “siyosat”ning davomidir. Gap – 1,8 mlrd dollarlik loyiha haqida.
  • Kun.uz'dagi hujjatlarda bu loyihani Saneg (“Sanoat energetika guruhi”) qo‘lga kiritsa, katta xavflar yuzaga kelishi mumkinligi, hatto “O‘zbekneftgaz” defoltga borishi va O‘zbekistonning suveren reytingiga jiddiy putur yetishi aytilgan. Bir boshidan boshlaymiz.
  • 1,8 mlrd dollar: “Sho‘rtan” GKMni kengaytirish loyihasi haqida
  • “Sho‘rtan” gaz-kimyo majmuasi polietilen, suyultirilgan gaz, yengil kondensat, oltingugurt, tozalangan tabiiy gaz va boshqa turdagi tayyor polietilen ishlab chiqaruvchi yirik zavod hisoblanadi. U hozirda davlat kompaniyasi – “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibiga kiradi.
  • “Sho‘rtan” gaz-kimyo majmuasi. / Manba: “Sho‘rtan” GKM veb-sayti2021 yilning dekabrida G‘uzorda “O‘zbekneftgaz”ga qarashli yirik zavod – Uzbekistan GTL’ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. O‘sha marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev “Sho‘rtan” GKMning ishlab chiqarish quvvatini uch barobarga kengaytirish loyihasiga start berdi. Loyiha qiymati – 1,8 mlrd dollar deya baholanib, u Uzbekistan GTL zavodi yonida qurilishi ma’lum qilindi.
  • Prezident Qashqadaryoda “Sho‘rtan” GKMni kengaytirish loyihasiga start bermoqda. prezident matbuot xizmatiMajmuani kengaytirish bo‘yicha rejalar bunday edi:

GTL zavodi yonida qurilajak zavodda 430 ming tonna naftani qayta ishlash hisobiga yiliga 280 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen tayyorlanishi, yana mingga yaqin ish o‘rni ochilishi; shu tariqa Sho‘rtanda O‘zbekistondagi birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinishi;
bu klasterda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2021 yildagi 290 mln dollardan 2025 yilda 1,8 mlrd dollarga yetkazilishi, ya’ni 6 barobarga oshirilishi;
klaster tizimidagi korxonalar 1 dollarlik xomashyodan 10 dollarlik yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar yaratishi reja qilingandi.
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha lisenziatlar va pudratchilar sifatida Chevron Philipps (AQSh), Lummus Technology (AQSh), Novelon Technology (Germaniya) va Enter Engineering (O‘zbekiston) tanlangan. Enter Engineering GTL zavodining ham bosh pudratchilaridan biri bo‘lgandi.

Download 2.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling