Energetika vazirligi nima deydi?
Kun.uz ixtiyoridagi hujjatga ko‘ra, Saneg’ning “Sho‘rtan” GKM majmuasini kengaytirish loyihasini Qorako‘l tumaniga ko‘chirish taklifi yuzasidan energetika vaziri (1 yanvargacha bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ham ega edi) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tiklanish va taraqiyot jamg‘armasi va “O‘zbekneftgaz” AJga “atroflicha o‘rganib chiqish” topshirig‘ini bergan.
“O‘rganish natijalari bo‘yicha “Sanoat energetika guruhi” bilan loyihani amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan har bir chora-tadbirni kompleks baholash va aniqlik kiritish hamda takliflarni Prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish” topshirilgan.
Qaror loyihasi jamoatchilikdan yopiq tarzda tayyorlangan — manba
Kun.uz'ning hukumatdagi va Energetika vazirligidagi manbalariga ko‘ra, “Sho‘rtan” GKMni kengaytirish loyihasini Saneg’ga berish borasida prezidentning yopiq qarori loyihasi tayyorlangan. Unda loyihaning asosiy egaligini Saneg’ga o‘tkazish taklif etilgan.
Hozircha loyiha holatidagi hujjat matniga ko‘ra:
Saneg va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida loyihani amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tuziladi. Qo‘shma korxona ustav jamg‘armasida loyiha kompaniyasi – Saneg’ning ulushi 60 foizdan kam bo‘lmagan hamda "O‘zbekneftgaz” AJning ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda taqsimlanadi.
Qo‘shma korxona rahbarlari Saneg tomonidan tayinlanadi.
- Uzbekistan GTL MChJda ishlab chiqariladigan nafta mahsuloti qo‘shma korxona tomonidan uzoq muddatli shartnoma asosida to‘liq xarid qilinadi.
- Qo‘shma korxona tashkil etilgandan so‘ng bir oy muddatda “O‘zbekneftgaz” "Sho‘rtan” GKMning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish loyihasi doirasida avval bajarilgan loyiha oldi, loyihalash, muhandislik-geologiya va boshqa hujjatlarni hamda ushbu loyiha doirasida tuzilgan barcha bitimlar bo‘yicha huquq va majburiyatlarni qo‘shma korxonaga o‘tkazib berishi kerak.
- Uzbekistan GTL tomonidan ishlab chiqarilgan nafta narxi ham Saneg yollagan xalqaro konsultantlar tomonidan belgilanadi.
- Bundan tashqari, Qorako‘l va Olot tumanlari hududlarida 600 gektar bo‘sh yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazib beriladi.
- Sanoat energetika guruhi haqida
- “Sanoat energetika guruhi” (avvalgi nomi – Jizzakh Petroleum) 2017 yili tashkil etilgan. O‘shanda yangi qo‘shma korxonaning 60 foiz ulushi “O‘zbekneftgaz”ga, 40 foizi esa bilvosita “Gazprom”ga tegishli bo‘lgan. Bu ikki ta’sischi Jizzaxda neftni qayta ishlash zavodi qurmoqchi edi. Bu loyiha amalga oshmay qolgach, korxonaning 98 foiz ulushi 2020-2021 yillarda bosqichma-bosqich Belvor holdingiga o‘tdi. Kompaniya egasi o‘zgarishi barobarida Jizzakh Petroleum nomi “Sanoat energetika guruhi” deya o‘zgartirildi.
- Belvor holding Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, OAVdagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik tadbirkor Baxtiyor Fozilovga tegishli. Fozilov, shuningdek, O‘zbekistonda burg‘ilash bo‘yicha asosiy pudratchi bo‘lmish Eriell neft konlariga xizmat ko‘rsatish kompaniyasiga ham egalik qiladi.
- Saneg esa neft va gaz qazib olishdan tashqari, benzin, dizel, neft, aviatsiya kerosini kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Shu yil bahorda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ham shu kompaniyaga sotilgan edi.
- Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonda yer qa’ridan foydalanish huquqiga ega 103 ta konga egalik qiladi. Mamlakatdagi neft qazib olishning taxminan 80 foizi, tasdiqlangan gaz zaxiralarining esa taxminan 25 foizi Saneg hissasiga to‘g‘ri keladi.
- Avval davlatning “O‘zbekneftgaz” shirkatiga qarashli bo‘lgan bunday yirik aktivlar qanday qilib xususiy kompaniya qo‘liga o‘tib qolganini O‘zbekiston rasmiylari ochiqlamagan. Bu konlar tekinga berib yuborilgani ehtimoli ham inkor etilmagan.
- Shu bilan birga, tadbirkor O‘zbekistondagi bir qancha yirik kompaniyalar, xususan, Family Park, Samarkand Touristic Center, TASS Primavera, Mironkul Stroy Servise, Wind rose, Tashkent International Medical Center kabilarga egalik qiladi.
- Baxtiyor Fozilovning eng mashhur va oxirgi vaqtlarda yana jamoatchilik e’tiboriga tushgan kompaniyalaridan biri – Enter Engineering. Energetika (GTL zavodini qurgan) va fuqarolik obektlari loyihasi va qurilishi bilan shug‘ullanuvchi bu korxonaga Buxoro shahri markazidagi salkam 33 gektarlik yer hech qanday tanlovsiz berilishi reja qilingan, kompaniya bu yerda qator obektlar, xususan markaziy stadionni buzib, o‘rniga turistik majmua qurishi ko‘zda tutilgandi. Lekin bu maxfiy rejalardan xabar topgan jamoatchilikning e’tirozidan keyin loyiha Buxoro turizm markazi boshqa joyda quriladigan bo‘ldi.
- XVJ 2023 yilda jahon iqtisodiyoti prognozini pasaytirmaydi
- 14:23 / 13.01.2023
- 2023 yil og‘ir bo‘ladi, ammo odamlar ish bilan ta’minlanar ekan, iqtisodiyot saqlanib qoladi, deydi XVJ direktori Kristalina Georgiyeva. U keyingi pasayishlar yuz berishini kutmayapti.
- Jahon iqtisodiyotida og‘ir davr davom etayotganiga qaramay, Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) 2023 yilda global iqtisodiy o‘sish prognozini yana bir bor pasaytirishni rejalashtirmayapti, u hozirda 2,7 foizni tashkil etadi. Bu haqda 12 yanvar, payshanba kuni Vashingtonda Xalqaro valuta jamg‘armasi ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva ma’lum qildi.
- Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil jahon iqtisodiyoti uchun yana bir og‘ir yil bo‘ladi va inflatsiyani yengishning iloji bo‘lmaydi, ammo kutilmagan hodisalar ro‘y bermasa, prognozlarni yomonlashtirishga hojat qolmaydi.
- XVJ rahbari ta’kidlashicha, hozirgi dunyo inqirozlarga ko‘proq moyil bo‘lib, jahon hamjamiyati eng kutilmagan xavflarga, xususan, iqlim falokati, kuchli kiberhujumlar yoki Rossiyaning Ukrainadagi urushining avj olishiga tayyor bo‘lishi kerak, bunda yadro qurolidan foydalanish ehtimoli ham nazarda tutilishi lozim.
- Georgiyevaning qayd etishicha, neft narxining keskin ko‘tarilishi haqidagi qo‘rquvlar amalga oshmadi va mehnat bozorlari barqarorlikni ko‘rsatmoqda. «Ijobiy yangilik - mehnat bozorlari barqarorligi. Odamlar ish bilan band ekan, ular yuqori narxlarga qaramay pul sarflashadi. Bu iqtisodiyotga yordam berdi», - deya Georgiyeva so‘zlarini keltiradi Reuters.
- 11 oktyabr kuni XVJ 2023 yilda global iqtisodiy o‘sish prognozini 2,9 foizdan 2,7 foizga tushirdi. «Qisqacha aytganda, eng yomoni hali oldinda va odamlar uchun 2023 yil retsessiya sifatida qabul qilinadi», dedi o‘shanda XVJ tadqiqot departamenti direktori Per-Olive Gurinsh.
- 2023 yil Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodi uchun qanday kechadi?
- 13:13 / 13.01.2023
- The Diplomat nashri jahon bankining Markaziy Osiyo davlatlari uchun joriy yilda iqtisodiy istiqbollar to‘g‘risidagi hisobotiga tayanib, tahliliy maqola chop etdi.
- 2023 yil — sekin o‘sish yilimi?
- Jahon banki hisoboti kishini u qadar umidlantirmaydi. «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari»da bulutlari ko‘plab global omillar tufayli yanada quyuqlashuvchi retsessiya hosil bo‘lishi haqida gap boradi. 2022 yildagi singari bu yuqori inflatsiya, investitsion oqimlar susayishi va tinchimayotgan Rossiya-Ukraina urushi oqibatlari bo‘ladi.
- Jahon bankining joriy prognozlari ushbu antitrendlarini o‘zida to‘laligicha akslantirmoqda. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda jahon iqtisodiyoti o‘sishi 1,7 foiz bo‘lishi mumkin. Hisobotda shuningdek, COVID-19 pandemiyasi oqibatlari haqida ham so‘z boradi.
- «Jahonning deyarli barcha mintaqalarida aholi jon boshiga o‘sish COVID-19gacha bo‘lgan o‘n yillikka nisbatan sekinroq bo‘ladi», — deyiladi hujjatda.
- O‘z navbatida, Markaziy Osiyo ham og‘ir istiqbollardan xalos bo‘la olmaydi.
- Sekin bo‘lsa-da, o‘sish bor. «-iston»larda foiz qanday?
- Baholashlarga ko‘ra, Yevropa va Markaziy Osiyoda 2022 yilda o‘sish 0,2 foizgacha sekinlashgan. Biroq Rossiya va Ukraina hisobga olinmasa bu ko‘rsatkich 4,2 foizni tashkil etadi va bu bir yil avvalgidan ikki barobar kam. Bu esa hisobotda qayd etilgan ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan «2023 yil amalda o‘zgarish qolishi»ni bildiradi.
Raqamlarga e’tibor berilsa, Markaziy Osiyoda o‘sish sur’atlari 2020 yildan so‘ng yana osha boshlagan. Biroq tiklanish Ukrainadagi urush va uning oqibatlari tufayli tormozlanadi. The Diplomat’ning yozishicha, birgina Qozog‘istonning o‘zida 2023 yilda o‘sish sur’atlari 3,5 foizgacha yaxshilanishi mumkin. - Raqamlarga e’tibor berilsa, Markaziy Osiyoda o‘sish sur’atlari 2020 yildan so‘ng yana osha boshlagan. Biroq tiklanish Ukrainadagi urush va uning oqibatlari tufayli tormozlanadi. The Diplomat’ning yozishicha, birgina Qozog‘istonning o‘zida 2023 yilda o‘sish sur’atlari 3,5 foizgacha yaxshilanishi mumkin.
- Qirg‘iziston iqtisodiyoti uchun o‘tgan yil tiklanish yili bo‘ldi. Manbaga ko‘ra, 2020 yilda sur’atlar 8,4 foizgacha pasaygan, 2021 yilda o‘sish 3,6 foizni, 2022 yilda esa hattoki 5,5 foizni tashkil etgan. 2023 yilda o‘sish yana 3,5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
- Tojikistonda 2020 yilda o‘sish sur’atlari 4,4 foizgacha pasaygan. Biroq, 2021 yilda kutilmaganda 9,1 foizgacha o‘sgan. 2022 yilda o‘sish 7 foizni tashkil etgan, biroq 2023 yilda u 5 foizgacha pasayishi taxmin qilinmoqda.
- O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi 2020 yilda 1,9 foizni tashkil etgan. 2021 yilda ko‘rsatkich 7,4 foizga yetgan. 2022 yilda barcha kabi pasayish yuz berib, 5,7 foizgacha tushgan. 2023 yilda ekspertlar O‘zbekistonda o‘sish 4,9 foizni tashkil etishini prognoz qilishmoqda.
- Turkmanistonga doir ko‘rsatkichlar hisobotdan o‘rin olmagan. Mamlakat «ishonchli ma’lumotlar yo‘qligi sababli» hisob-kitoblardan olib tashlangan, deb ta’kidlaydi The Diplomat.
- Inflatsiya va boshqa «suvosti toshlari»
- Jahon banki tahlilida qayd etilishicha, Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarida o‘sishning pasayishi «avvalboshdan kutilganiga nisbatan kamroq bo‘lgan».
- Foto: Orda.kz
- Inflatsiya — joriy yilda iqtisodiy tahdidlardan biri bo‘ladi. Manbada aytilishicha, o‘tgan yilda «1998 yildan buyon har yilgidan keskinroq» o‘sgan. Inflatsiyaning o‘sib borishi xomashyo mahsulotlari narxining o‘sishi bilan mos tushgan. Ayniqsa energiya tashuvchilar va oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘proq o‘sgan, deyiladi manbada.
- Garchi Markaziy Osiyo davlatlari pandemiyadan so‘ng o‘sishni tiklay olishgan esa-da, Ukrainadagi urush «butun mintaqaga og‘ir ko‘lanka tashlagan», shuningdek mintaqaning uzoq muddatli istiqbollarini ham xiralashtirgan.
O‘zbekiston va Ozarboyjon jahonda ilk bor o‘zaro savdoda eTIR jarayonini tatbiq etdi - O‘zbekiston va Ozarboyjon jahonda ilk bor o‘zaro savdoda eTIR jarayonini tatbiq etdi
- 12:29 / 11.01.2023
- eTIR — yuk tashish uchun yagona tranzit ruxsatnomasi bo‘lib, tomonlarni ortiqcha qog‘ozlar byurokratiyasidan ozod qiladi. Bu haqda tomonlarga yangi elektron tizimni joriy etishda ko‘maklashgan BMT rasmiy sayti xabar qilmoqda.
- Raqamli rasmiylashtirilgan yukning ilk partiyasini O‘zbekiston Ozarboyjonga yetkazib berdi. Avval 4 ta konteynerga joy bo‘lgan yuklar Toshkent xalqaro aeroportiga yuk mashinasida, u yerdan Bokuga samolyotda yetkazildi.
- Shunday qilib, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida jahonda ilk bor xalqaro belgilanishi eTIR bo‘lgan yangi «xalqaro yo‘l tashuvlari» elektron tizimi orqali savdo amalga oshirildi. Yevropa iqtisodiy komissiyasi «xalqaro yuk tashuvlarda raqamli davr boshlangani» haqida e’lon qildi.
- Transport tashuvlarini yaxshilash Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari hamkorligini rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. TIR — yagona tranzit ruxsatnomasi — bu g‘oyaning real amalga oshirilishi bo‘lgan.
- 1975 yilda Yevropa iqtisodiy komissiyasi shafeligi ostida BMT «xalqaro yo‘l tashuvlari (XYT) kitobchasidan foydalanib yuklarni tashish to‘g‘risida bojxona konvensiyasi» qabul qilingan edi. Konvensiyadan ko‘zlangan maqsad chegaralarni kesib o‘tayotgan yuklarni rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi yuk transportirovkasi tizimini yaratish edi (O‘zbekistonda ushbu konvensiya 1996 yilning 28 martidan kuchga kirgan).
- Yangi qoidalarni reallikka joriy etish BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi XYT kotibiyatining xalqaro tashuvlar va tranzitni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan ko‘p yillik urinishlaridan so‘ng imkonli bo‘ldi. XYT Konvensiyasi standart xalqaro tan olingan bojxona hujjati — XYT kitobchasidan foydalanib, tovarlarni tranzit tashuvini osonlashtiruvchi xalqaro tan olingan jarayonni nazarda tutadi. Biroq texnologiyalar rivojlanib borishi bilan qog‘ozda chop etilgan XYT kitobchasidan foydalanish eskirgan usul bo‘lib qolaverdi, ayniqsa milliy bojxona ma’muriyatlari ularni elektron jarayonlarga bog‘lab qo‘yishganidan so‘ng.
- eTIR jarayonini tatbiq etish XYT konvensiyasiga 2021 yilning may oyida kuchga kirgan 11-ilova qabul qilinganidan so‘ng imkonli bo‘ldi. Bu ilova eTIR jarayonini, jumladan, eTIR xalqaro tizimiga joylashtirish va ma’murchilik qilishni, kitobcha egalari shaxsiga aniqlik kiritish, shuningdek, eTIR’ni joriy etish bo‘yicha texnik organning tarkibi, funksiyalari va tamoyil qoidalarini ham tartibga soladi.
- Davlat budjeti xarajatlari oshirildi
- 12:35 / 10.01.2023
- Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
- Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan 2022 yil uchun:
- O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 12 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda;
- O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilanmoqda;
- respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 194,8 trln so‘m etib belgilandi.
- Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.
- QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi. Bu narxlarni arzonlashtiradimi?
- 08:15 / 10.01.2023
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi. Soliq to‘lovchilarning toifasi, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, soliq hisobotini taqdim etish muddatlari esa o‘zgarmaydi.
- Narxlar arzonlashishi mumkinmi?
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizgacha tushirilishi, albatta, biznes va aholi uchun ijobiy signal. Bu, ideal sharoitda, nazariy jihatdan, yaratilayotgan har bir mahsulot xarajatlari 3 foizga arzonlashayotganini bildiradi. Ammo real holatda narxlar pasayishi mumkinmi?
- Birinchidan, soliqlar pasaytirilishi erkin raqobat sharoitidagina narxlar tushishiga olib keladi. Ya’ni bozorda mahsulot yetkazib beruvchi ishtirokchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, kimdir kamroq foydaga rozi bo‘lib, narxlarni bosqichma-bosqich tushirishni boshlashi mumkin. Bu esa qolgan yetkazib beruvchilar uchun ham narxlarni arzonlashtirish uchun signal beradi.
- Raqobatli bo‘lmagan, monopollashgan bozorlarda esa soliq yuki kamayishi sotuvchi va vositachilar marjinalligini oshirishgagina xizmat qiladi, xolos. Birgina misol, UzAuto Motors sotuvlar boshlangan paytda Chevrolet Onix narxlarini QQSsiz keltirib o‘tgandi. Vaholanki, xaridorlar shartnoma tuzayotganida 15 foizlik QQSni to‘lashi shart. Biroq 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15 foizdan 12 foizga tushishi fonida kompaniya sotuvdagi avtomobillari narxini arzonlashtirgani yo‘q. Yoki O‘zbekiston havo yo‘llari va O‘zbekiston temiryo‘llari chiptalari narxini tushirmadi.
Taklif cheklangan bozorlarda kompaniyalar QQS stavkalarining o‘zgarishiga asimmetrik tarzda javob berishga moyil bo‘ladi. QQSning pasayishiga javoban ular o‘z narxlarini pasaytirmaydi, lekin QQS stavkasi ko‘tarilsa, narxlarni sezilarli darajada oshiradi. Bu yerda noelastik talab tufayli soliq yuki kamayishidan faqatgina ishlab chiqaruvchi foyda ko‘radi. Ushbu holatda soliqlar pasayishining birdan bir ta’siri budjet kamomadidagina namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, QQS pasayishi narxlar o‘sishini sekinlashtirishi, talabni oshirishi va bozor faolligini rag‘batlantirishi ham mumkin. Bu daromad effekti bilan bog‘liq. Xususan, QQS pasayishi iste’molchilar daromadi oshishiga olib kelsa va ushbu mablag‘lar qo‘shimcha xaridlarni amalga oshirishga yo‘naltirilsa, bu iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi.
Agar narxlar pasayishi iste’molchilarga sezilmasa, ishlab chiqarish va bandlik sezilarli darajada o‘smaydi. Davlat raqobatli biznes muhitini qo‘llash orqali nafaqat tadbirkorlarni, balki butun mamlakat aholisini ijtimoiy himoya qilayotgan bo‘ladi. Narxlar pasayishi aholining to‘lov qobiliyatini oshiradi, bu savdo, o‘z navbatida, budjetga tushumlar ham ko‘payishiga olib kelishi kerak. Ya’ni soliq stavkasini pasaytirish orqali davlat aslida, tadbirkor foydasiga qandaydir summadan voz kechmaydi. Aksincha, shunday qarorlar orqali tadbirkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi va shu tariqa budjetga tushumlar oshishidan umid qiladi.
Albatta, QQSni oxir-oqibatda iste’molchi, ya’ni xalq to‘laydi. Ammo QQS stavkasi pasayishi natijasida bu mablag‘lar tadbirkorlik sub’yektlari hisobida qoladi, ularning aylanma mablag‘lari ko‘payadi. Hozirgi sharoitda QQS pasaytirilishidan narxlar arzonlashishini kutish qiyin, lekin ayrim tarmoqlarda ma’lum muddat narxlar o‘sishi sekinlashishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |