Moliyaviy iqtisodiy yangiliklar cmm 55 4-kurs Tursimetova Munisa


Download 2.76 Mb.
bet3/5
Sana14.11.2023
Hajmi2.76 Mb.
#1773680
1   2   3   4   5
Bog'liq
CMM-55TURSIMETOVA Munisa Moliya fanidan MIY

Saneg nimani va’da qilyapti?
Saneg’ning “Sho‘rtan” GKMni kengaytirish loyihasiga ega chiqqanidan keyingi rejalari allaqachon tayyor. Buni kompaniyaning 2022 yil 2 noyabrda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovga yozgan xatidan tushunish mumkin. Hujjat nusxasi Kun.uz'da bor.
Bu xatda loyihani amalga oshirish ma’qullangandan so‘ng, Saneg o‘z rejalarini ma’lum qilgan:
kompleksni ishga tushirishni rejalashtirilgan loyiha bo‘yicha imkon qadar tezroq, 2025 yil oxirigacha yakunlash;
“O‘zbekneftgaz” AJga loyiha ijobiy pul oqimiga chiqqandan so‘ng kelishilgan xarajatlarni uch yil ichida qoplash;
loyiha doirasida sarflangan mablag‘ “Katta to‘rtlik”ka kiruvchi xalqaro kompaniyalar tomonidan baholanib, ularning xulosasi asosida aniqlangan harajatlarni qaytarish;
yagona obektdan tashqari obektdan foydalanish va optimal texnologik yechimlarni joriy etish bo‘yicha loyihalarning iqtisodiy samaradorligini tekshirish.
Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, “O‘zbekneftgaz” ushbu loyihaga shu vaqtgacha 478 mln dollar sarflagan.
Loyihaning Saneg’ga o‘tishi “O‘zbekneftgaz”ni defoltga olib keladimi?
Kun.uz ixtiyoridagi hujjatlarga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” loyiha Saneg ixtiyoriga o‘tsa, bir qator xavflar yuzaga kelishi mumkinligidan hukumat va Energetika vazirligini ogohlantirgan.
Kompaniya Saneg’ning taklifidagi quyidagi xavflarni sanab o‘tgan:
— “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 700 mln dollar dollar miqdoridagi chiqarilgan yevroobligatsiyalar bo‘yicha prospektning asosiy shartlariga ko‘ra, 20 mln dollar miqdoridan ko‘p bo‘lgan aktivlarni har qanday tasarruf etish faqat bozor shartlarida va bozor narxlarda amalga oshirilishi kerak, aks holda yevrobond bo‘yicha defolt holatini va kreditorlarning yevrobond hamda boshqa barcha kreditlarni muddatidan avval qaytarishni talab qilish huquqi vujudga keladi;
  • — Saneg tomonidan jamiyat xarajatlarini kelgusida baxolab qoplab berish taklifi halqaro moliyaviy hisobot tizimi bo‘yicha to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash moliyaviy hisobotlarda yo‘qotish deb aks ettiriladi, bu o‘z navbatida “O‘zbekneftgaz” AJning yevrobondlar va xalqaro banklar bilan boshqa kredit shartnomalari va obligatsiyalar bo‘yicha sof foyda bilan bog‘liq moliyaviy shartlarni bajarish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
  • — Loyihaning amalga oshirilishi to‘htatilishi, jamiyat reytingi va investitsion jozibadorligi pasayishiga sabab bo‘ladi, investorlarda qaror qabul qilishdagi chalg‘itish yoki qasddan yolg‘on ma’lumot berish kabi haqli e’tirozlar vujudga keladi;
  • — Saneg’ning loyihani sotib olish va ko‘chirish bo‘yicha taklifi yevrobond prospekt talablariga zid hisoblanadi. “O‘zbekneftgaz” AJ ushbu aktivni qoldiq balans qiymatidan kam bo‘lmagan, faqatgina bozor qiymatida investitsion loyiha sifatida, istiqboldagi daromadlarini inobatga olgan holda sotishi lozim;
  • — yevroobligatsiyalar va boshqa kredit shartlari talablariga javob bermaslik va sof foydaning kamayishi defoltga olib kelib, davlat kafolati ostida 2,6 mlrd dollardan ortiq miqdorda jalb qilingan, shu jumladan GTL loyihasi kreditlari bo‘yicha kross-defoltga olib kelishi va O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingiga jiddiy putur yetkazilishi xavfi mavjud;
  • Saneg tomonidan loyihani moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilmagani loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish xavfini tug‘diradi va bu o‘z navbatida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan sarflangan mablag‘larning vaqtida qoplab berilishini xavf ostiga qo‘yadi;

— Loyihani Saneg tomonidan taklif etilayotgan MTO bilan birlashtirib amalga oshirish (hozirda amaldagi loyihalarning loyihalashtirish darajasi turli bosqichda bo‘lib, loyiha doirasidagi qurilmalar parametrlari ikki yil avval tasdiqlanib, asosiy qismiga buyurtmalar berilgan) texnologik jihatdan imkoniyati yo‘q va loyihalashtirishni yangidan boshlash natijasida ikki yil qo‘shimcha vaqt talab etiladi, natijada 2027 yilgacha qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarilmaydi;
— MTO yangidan loyihalashtirilgan taqdirda Sho‘rtan hududida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha etanga boy tabiiy gaz va suyultirilgan gazdan foydalanib bo‘lmasligi natijasida, yiliga 70 ming tonna polietilen va 10 ming tonna polipropilen ishlab chiqarib bo‘lmasligidan yillik 120,0 mln dollar (to‘liq muddatda – 2,4 mlrd dollar) miqdorida tushumdan voz kechiladi;
— ichki bozorda naftani xomashyo sifatida faqatgina shu loyihada talab bo‘lishidan kelib chiqib, uning narxini sun’iy pasaytirish xavfi mavjud, bu esa GTL kreditorlari oldidagi “O‘zbekneftegaz” AJ majburiyatlarining bajarilmasligiga olib keladi;
— “O‘zbekneftgaz” AJ va “Sho‘rtan” GKM MChJ tomonidan investitsiya qilingan (478 mln dollar) mablag‘ni qaytarish bo‘yicha aniq shartlar va mexanizmlar mavjud emas. Saneg’ning taklifiga ko‘ra, loyiha doirasida sarflangan mablag‘ “Katta to‘rtlik”ka kiruvchi xalqaro kompaniyalar tomonidan baholanib, ularning xulosasi asosida aniqlangan harajatlarni qaytarish sharti qo‘yilmoqda.
Kompaniyaning bunga dalil sifatida aytishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasiga (hozirda Saneg) 2019 yilda taqdim etilgan 104 ta neft konlari (!) bo‘yicha aktivlarning qoldiq balans qiymati 3,4 trln so‘m bo‘lgan holatda Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi tomonidan yollangan “Katta to‘rtlik”ka kiruvchi xalqaro kompaniyalardan birining xulosasiga asosan (nomi Kun.uz'ga ma’lum) 1,8 trln so‘mga, ya’ni balans qoldiq qiymatidan deyarli ikki barobarga past baholangan.
  • Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zbekneftgaz” o‘zining bir nechta variantlarini taklif qilgan:
  • 1. Uzbekistan GTL zavodi, “Sho‘rtan” gazni qayta ishlash zavodining mavjud ishlab chiqarish va xomashyo bazasi (qo‘shimcha etanga boy tabiiy gaz, sintetik nafta) ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va logistika infratuzilmasini hamda loyihani moliyalashtirish va qurilishning faol bosqichini boshlashga tayyorligini hisobga olib, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan loyihani amalga oshirishni davom ettirish.
  • Bunda, “O‘zbekneftgaz” AJ ushbu aktivni o‘z balansida saqlab qoladi va yevrobond kreditorlari talablariga to‘liq bajarilishi, GTL zavodi yonida qurilishi, 430 ming tonna naftani temiryo‘l orqali tashimasdan truba orqali yetkazib berishda qo‘shimcha transport xarajatlari iqtisod qilinishi, yiliga 280 ming tonna polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarilib, qo‘shimcha 1 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishini aytgan.
  • Hududda “kondan – tayyor mahsulotgacha” tamoyili bo‘yicha yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish asosida to‘laqonli zanjirga ega klaster rivojlanadi.
  • Loyihaning amaldagi ishlab chiqarish korxonasi doirasida qurilishi kreditorlar tomonidan qo‘yiladigan shartlar va muddatlarning qisqarishiga va foiz stavkalarning kamayishiga olib keladi.

2. Loyiha doirasida sarflangan 478 mln dollar mablag‘larni yevrobond talablaridan kelib chiqib, Saneg tomonidan bir martalik to‘lov (aktivlarni topshirish vaqtida) bilan qoplab berish.
3. Loyihani amalga oshirishda “O‘zbekneftgaz” AJ va “Saneg” o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil qilib, “O‘zbekneftgaz” sarflagan 478 mln dollar mablag‘ni jamiyatning qo‘shma korxonadagi ulushi sifatida kiritish. Bu esa “O‘zbekneftgaz” AJning 2023–2025 yillardagi moliyaviy oqimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jamiyat kredit yuklamasining keskin oshishi oldi olinadi, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xavf-xatarlar ikki ishtirokchi o‘rtasida taqsimlanadi.

Download 2.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling