«QQSning 12 foizga tushishi ortidan narxlar pasayishi ehtimoldan yiroq»
Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov Gazeta.uz'ga bergan intervyusida QQS pasayishi narxlar arzonlashishiga olib kelmasligini ta’kidlab o‘tgan.
«Narxlarga kelsak, ularning arzonlashuvi raqobatbardosh bozorlarda mumkin, qolganlarida esa bu dargumon, chunki kompaniyalar soliq stavkasi pasayishidan olinadigan barcha daromadlarni xaridorlarga berishi dargumon», – degan u. - «Narxlarga kelsak, ularning arzonlashuvi raqobatbardosh bozorlarda mumkin, qolganlarida esa bu dargumon, chunki kompaniyalar soliq stavkasi pasayishidan olinadigan barcha daromadlarni xaridorlarga berishi dargumon», – degan u.
- Dilshod Sultonov 2019 yilda QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirilganda iste’mol tovarlari va xizmatlarining mutlaq ko‘pchiligi narxlari pasaymaganini ham eslatib o‘tgan.
- «Narxlarning qisqa muddatli pasayishi kuzatilgan bo‘lsa ham, u uzoq davom etmadi va bir yil ichida avvalgi darajaga qaytdi. Bu, birinchi navbatda, iste’molchilarning talab va taklifidan kelib chiqib, amaldagi narxni to‘lashga tayyorligi bilan bog‘liq edi», – degan u.
- QQS pasayishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?
- Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari soliq yuki va qo‘shilgan qiymat solig‘ini 3 foiz punktgacha kamaytirish iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishini tahlil qildi.
- Qayd etilishicha, QQS davlat budjeti daromadlarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. 2021 yilda bu soliq bo‘yicha tushumlar 38,4 trillion so‘mga yetib, bu umumiy tushumlarning 23,4 foizini tashkil etgan. QQSning 44 foizi sanoat tarmoqlariga, 18 foizi qurilish tashkilotlariga, 13 foizi ulgurji va chakana savdo korxonalariga to‘g‘ri keladi.
- «Ushbu soliq tovarlar/xizmatlar narxiga kiritilgani sababli QQS nominal stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha tushirilishi iqtisodiyotning real sektorida narxlar pasayishiga olib keladi. “Xarajatlar-ishlab chiqarish” narx modelidan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday pasayish 0,81 foizni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, narxlar umumiy indeksining 0,8 foiz punktga pasayishi soliq tushumlari bo‘yicha yo‘qotishlar (QQS tushumlarining 20 foizga yoki budjetdan tashqari jamg‘armalarni hisobga olmaganda barcha soliq tushumlarining 4,7 foizga kamayishi) uchun kompensatsiya bo‘ladi. Bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir (tarmoqlararo o‘zaro ta’sirlarni hisobga olmagan holda) 0,57 foiz punktni, bilvosita ta’sir (tarmoqlararo o‘zaro ta’sirlar bilan) esa 0,24 foiz punktni tashkil etadi. Narxlar pasayishiga qayta ishlash sanoati (39 foiz), qurilish (14 foiz) va ulgurji va chakana savdo (10 foiz) tarmoqlari eng katta hissa qo‘shadi, ya’ni ushbu uchta tarmoq ulushiga umumiy narxlar pasayishining deyarli 2/3 qismi to‘g‘ri keladi.
- Soliq solish tizimidagi tez-tez o‘zgarishi optimal emas. Ammo QQSning tabaqalashtirilgan stavkalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u o‘zini oqlamagan soliq imtiyozlarining aksariyatini bekor qilgan holda amalga oshirilishi zarur. Bunda tayyor mahsulotning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi qancha yuqori bo‘lsa, QQS stavkasi ham shuncha past bo‘lishi kerak. Bu esa korxonalarga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish, qo‘shilgan qiymat ulushini oshirish va tez o‘sib borayotgan soliq yuki shaklida katta xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslikda yordam beradi», – deyiladi PMTI ekspertlari tahlilida.
- Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning ma’lum qilishicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi davlat budjeti daromadlarining qariyb 14 trillion so‘mga kamayishiga olib keladi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda ayrim soliq imtiyozlarini bekor qilish va xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish orqali qoplanishi rejalashtirilmoqda.
-
- Poytaxt budjeti tasdiqlandi – asosiy ko‘rsatkichlar
- 16:52 / 09.01.2023
- 2023 yilda “Tashabbusli budjet” loyihalariga tuman budjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilgan. Poytaxt budjeti – 6,4 trln so‘mni tashkil qiladi. Kun.uz Toshkent shahrining soliqlar, yig‘imlar, jarimalar va boshqa manbalardan daromadlari prognozini o‘tgan yil bilan solishtirib ko‘rdi (diagramma).
- Toshkent shahrining 2023 yilgi budjeti tasdiqlandi. Bu haqda 2023 yil 4 yanvar kuni Toshkent shahar hokimining qarori E-qaror’ga joylashtirilgan.
- 2023 yil uchun poytaxt budjeti 6,4 trillion so‘mni tashkil qiladi. Bu o‘tgan yilgi budjetga nisbatan 2 trln so‘mga ko‘proq.
- Toshkent shahar budjeti daromadlari
- Yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq Toshkent budjeti daromadlarining eng katta qismini tashkil qiladi – 932 mlrd so‘m.
- Keyingi o‘rinlardagi yirik daromadlar manbalari aylanmadan olinadigan soliq (788 mlrd so‘m), jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i (751 mlrd so‘m) va yuridik shaxslarning yer solig‘i (714 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
- Shuningdek, davlat bojidan tushumlar – 657 mlrd so‘m, jarimalar – 474 mlrd so‘m, yig‘imlar – 428 mlrd so‘m, xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar esa 100 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
- Kun.uz poytaxt budjeti daromadlari prognozlarini 2022 yil bilan solishtirib ko‘rdi.
- 2022-2023 yil uchun Toshkent shahar budjeti daromadlari prognozlari:
- 2023 yilda tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari uchun tuman budjetlarining 5 foizi miqdorida, biroq kamida 6 mlrd so‘m mablag‘ rejalashtirilgan.
- Tumanlar kesimida eng katta daromadlar va xarajatlar prognozi Mirzo Ulug‘bek tumaniga to‘g‘ri kelmoqda – 137 mlrd so‘m. Eng kami Bektemir tumanida – 60 mlrd so‘m.
- 2-foto. 2023 yil uchun mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari.
- O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ko‘paydi
- 15:31 / 09.01.2023
- 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» 35,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 628 mln dollarga ko‘p.
- Foto: Reuters
- Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangiladi.
- 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,77 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2022 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, 33,44 mlrd dollar bo‘lgan.
- Dekabr oyi davomida oltinning fizik hajmi kamaygan bo‘lsa-da, (12,8 mln troya unsiyadan 12,7 mln troya unsiyaga), qiymati 22,46 mlrd dollardan 23,06 mlrd dollarga oshgan. Bu asosan hisobot davrida jahon bozorida oltin narxlarining qimmatlashgani bilan bog‘liq.
- Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari ham 9,93 mlrd dollardan 11,64 mlrd dollarga ko‘paygan.
- «O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 0,6 mlrd dollarga yoki 1,8 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1812,35 dollargacha ko‘tarilishining ta’siri 0,2 mlrd dollarni tashkil qildi», - deyiladi Markaziy bank izohida.
- Zaxiralar mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» ham hisoblanadi – ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur. Xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlar uchun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplashi kerak.
- O‘zbekistonda oxirgi uch yillikdagi eng baland inflatsiya qayd etildi
- 13:08 / 03.01.2023
- 26918
- O‘zbekistonda 2022 yil davomida bazaviy inflatsiya 12,3 foiz deya qayd etildi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari 15,6 foizga, nooziq-ovqatlar 10,7 foizga, xizmatlar narxi 8,4 foizga qimmatlagan. Hukumat narxlarning o‘sishi keyingi yili ham 12 foiz atrofida bo‘ladi deb hisoblamoqda.
- Foto: AP
- O‘zbekistonda 2022 yil davomida iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish sur’ati 12,3 foizga yetdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
- Taqqoslash uchun, qo‘mita 2021 yilgi rasmiy inflatsiyani 9,98 foizga, 2020 yilda esa 11,1 foizga baholagandi.
- Statqo‘m 2022 yil dekabr oyidagi inflatsiya 1,2 foiz bo‘lganini qayd etgan. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, dekabrdagi rasmiy oylik inflatsiya – 2016 yildan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkichga tushgan.
- Dekabrda oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 1,7 foizga oshgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar 1,1 foizga qimmatlashgan.
- Oy davomida piyoz 9,9 foiz, tuxum 5,2 foiz, sabzi 3,7 foiz, kartoshka 2,4 foiz, sut 2,4 foizga qimmatlagan. Ijara narxdarining o‘sishi 0,5 foiz bo‘lgani qayd etilgan.
- Yil davomida esa oziq-ovqatlar narxi 15,6 foizga, nooziq-ovqatlar narxi 10,7 foizga, xizmatlar narxi 8,4 foizga oshgan.
- Eslatib o‘tamiz, 2023 yil uchun davlat budjeti qonunida ham inflatsiya 12 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Hukumat 2024 yilgi inflatsiyani 9,5 foiz deb taxmin qilmoqda.
E'tiboringiz uchun raxmat! - E'tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |