“O‘zbekneftgaz” “Sho‘rtan” GKM quvvatlarini kengaytirish uchun 1,1 mlrd yevro jalb qilmoqda
Prezident majmua qurilishiga start berishidan 3 oy oldin “O‘zbekneftgaz” “Sho‘rtan” GKMning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni moliyalashtirish uchun yirik xalqaro banklardan 1,1 mlrd yevro qarz jalb qildi. Jumladan:
Deutsche Bank bilan 500 mln yevrolik;
Landesbank Baden-Württemberg bilan 300 mln yevrolik;
Landesbank Hessen-Thüringen Girozentrale bilan 300 mln yevrolik bitimlar imzolandi.
Germaniya banklari va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida “Sho‘rtan” GKMni kengaytirishni moliyalashtirishga oid bitimlarni imzolash marosimi. / Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish
vazirligi“Sho‘rtan GKMda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish – yuqori qo‘shilgan qiymatga ega neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash hajmini oshirish maqsadimizga erishish yo‘lida yana bir qadam”, – degandi bitimlarni imzolash chog‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev. - vazirligi“Sho‘rtan GKMda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish – yuqori qo‘shilgan qiymatga ega neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash hajmini oshirish maqsadimizga erishish yo‘lida yana bir qadam”, – degandi bitimlarni imzolash chog‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev.
- Shunday qilib, “Sho‘rtan” GKMni kengaytirish loyihasining 1,2 mlrd dollari xorijiy banklar va moliya institutlari konsorsiumi, 600 mln dollari esa “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan taqdim etilishi ham ma’lum qilingan.
- Loyihasi tayyor, moliyalash manbasi tayyor, qurilish ham boshlanganida, egalikka da’vogar paydo bo‘ldi
- Gazeta.uz'ning yozishicha, Saneg kompaniyasi “Sho‘rtan” gaz-kimyo yangi majmuasining texnologik jihozlarini “Qorako‘l” erkin iqtisodiy zonasiga o‘tkazish, shu orqali o‘zining u yerdagi zavodi bilan integratsiya qilishni taklif etyapti. Bu haqda prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu loyiha jamoatchilikdan yopiq tarzda qabul qilinishi mumkin.
- “Qorako‘l” EIZ prezidentning 13 avgustdagi qarori bilan Qorako‘l tumanidagi 400 gektar yer maydonida jamoatchilikka yopiq holda tashkil etilgan. U yerda Saneg MTO (metanoldan olefin olish) gaz-kimyo majmuasini qurishni rejalashtirgan.
- Hozirda “Sho‘rtan” GKMning yangi majmuasi loyihasi “O‘zbekneftgaz” AJga tegishli, lekin qaror loyihasiga ko‘ra, aktivlar topshirilgandan keyin qurilishni “MTO Markaziy Osiyo” gaz-kimyo majmuasi ishtirokida tashkil etiladigan qo‘shma korxona amalga oshiradi. Shu bilan birga, Saneg 60 foiz, “O‘zbekneftgaz” esa 40 foiz ulushga ega bo‘ladi, ya’ni O‘zbekneftgaz loyiha ustidan nazoratni yo‘qotadi. Bundan tashqari, qo‘shma korxona rahbarlari “Saneg” tomonidan aniqlanadi.
- Shuningdek, qo‘shma korxona GTL zavodida ishlab chiqarilgan barcha naftani uzoq muddatli shartnoma asosida sotib oladi. Hozirda “O‘zbekneftgaz” bu xomashyoni bozor narxida deyarli to‘liq eksport qiladi, bir qismini ichki bozorga yetkazib beradi.
- “Qorako‘l” EIZga imtiyoz va preferensiyalar ham berilishi nazarda tutilgan.
- Kun.uz “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda loyiha “O‘zbekneftgaz” tomonidan amalga oshirilmoqda va shu paytgacha montaj (quvurlar yotqizish, kabellar tortib kelish) ishlari amalga oshirilgan. Qurilish ishlari sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida hali ko‘rinmayotgani haqidagi savolga javoban kompaniya birinchi bosqichda 10-12 km masofaga quvur tortib kelinishi, bu bosqichda birdaniga ko‘zga ko‘rinadigan baland binolar qurilmasligini bildirdi.
- Energetika vazirining matbuot kotibi bu ishlardan xabari yo‘qligini, Kun.uz'ning savollariga javob olib berishini aytdi. “Saneg” rasmiy vakili kompaniya bu borada izoh bera olmasligini bildirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |