Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish usullari


Download 38.68 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1582802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zarmasov Fayoz Kurs ish

Konstruktsion risk – bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir.
Texnologik risk – bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan obyekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski.
Ishlab chiqarish riski – bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski.
Boshqaruv riski – bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi.
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riskidir.
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:
a) kredit riski;
b) valyuta riski;
c) foiz stavkasini o‘zgarish riskidir.
Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski.
Valyuta riski - bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi.
Foiz stavkasining o‘zgarish riski - bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi.
Mamlakat riski - bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski - hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog‘liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni o‘zgartirishi bilan bog‘liq.
Ma’muriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog‘liq.

Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling