Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish usullari
Download 38.68 Kb.
|
Zarmasov Fayoz Kurs ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy risklarning korxona faoliyatiga ta’siri
Huquqiy risk - bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv risklari bilan bog‘liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar. Moliyaviy risklarning korxona faoliyatiga ta’siri Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga yerishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas. Korxonalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi. Bir vaqtning oʻzida risklarning aniq turi tavsifi ularning doimiy harakati haqidagi tasavvurni beradi va risklarning paydo boʻlish darajasini hamda ular boʻyicha mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar darajasini baholash imkonini beradi. Moliyaviy risklarning turlari boʻyicha xilma-xilligi ularni tasniflash tizimida keng diapazonda aks etadi. Shuni qayd etish kerakki, yangi moliyaviy texnologiyalarning yuzaga kelishi, yangi moliyaviy instrumentlardan va boshqa innovatsion omillardan foydalanish mos ravishda moliyaviy risklarning yangi koʻrinishlari yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Korxonalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy risklarning asosiy turlari quyidagilar Qabul qilinadigan risklarning boshqarishga qulayligiprinsipi. Moliyaviy risklar portfeli tarkibiga ob’ektiv va sub’ektiv tabiatidan qat’iy nazar boshqarish jarayonida neytrallashtirish mumkin boʻlgan risklarni kiritish lozim. Boshqarilmaydigan risklarni tashqi sugʻurtalovchilarga yoki biznes boʻyicha hamkorlarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Bu prinsipning koʻpchilikka ma’lumligiga qaramasdan, korxona menejerlari risklarni boshqarish uchun zarur boʻlgan bilim, malaka va instrumentlarga ega boʻlmasalarda ayrim holatlarda risklarning boshqarilmaydigan turlarini oʻzlariga qabul qilishadi. Qabul qilinadigan risk darajasining oʻtkaziladigan operatsiyalar daromadlilik darajasi bilan taqqoslanishiprinsipi. Bu prinsip moliyaviy menejmentda eng muhim prinsip hisoblanib, moliyaviy risk darajasi kutilayotgan daromadlilik darajasiga mos tushgan holatdagina faoliyatni amalga oshirish lozimligini nazarda tutadi. Talab qilinadigan daromadlilik darajasiga mos kelmaydigan riskli operatsiyalardan voz kechish yoki risk uchun mukofot qayta koʻrib chiqilishi kerak boʻladi. Qabul qilinadigan risk darajasining mumkin boʻlgan yoʻqotishlar darajasi bilan taqqoslanishi prinsipi. Biror bir riskli operatsiyani oʻtkazish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar miqdori uni qoplash uchun shakllantirilgan zahira miqdoriga mos kelishi lozim. Aks holda riskli operatsiyaning yuzaga kelishi oʻz bilan korxonaning operatsion yoki investitsion faoliyatini moliyaviy ta’minlovchi aktivlarning ma’lum bir qismi yoʻqotilishiga olib keladi, ya’ni korxonaning foyda olish imkoniyatini va istiqboldagi rivojlanish darajasini pasaytiradi. Bunda risklar boʻyicha yoʻqotishlarni qoplash maqsadida shakllantiriladigan fond miqdori boshqa shaxslarga oʻtkazish mumkin boʻlmagan va korxona tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy risklar darajasidan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi. Risklarni boshqarishda vaqt omilini hisobga olishprinsipi. Operatsiyalarni amalga oshirish davriga nisbatan ularga hamrohlik qiluvchi moliyaviy risklar diapazonining kengligi risklarning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish imkoniyatlarini kamaytiradi. Korxona bunday operatsiyalarni amalga oshirishi zarurligi sharoitida talab qilinadigan daromad miqdorini aniqlashda risk uchun mukofot bilan bir vaqtda likvidlilik uchun mukofotni ham hisobga olish lozim. Risklarni boshqarish jarayonida korxona strategiyasini hisobga olish prinsipi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi korxona tomonidan tanlangan rivojlanish strategiyasiga mos umumiy prinsiplarga, mezonlarga va yondashuvlarga asoslanishi lozim. Asosiy rivojlanish strategiyasiga intilish risklarni minimallashtirish uchun kuchlarni markazlashtirish, risklarning umumiy doirasini aniqlash, ularni boshqarish uchun zarur resurslarni belgilash imkonini beradi. Oʻz navbatida bu parametrlarni bilish boʻlinmalar rahbariyatiga oʻz strategiyasini “risk – daromadlilik” koordinatasida baholash va ularni umumiy korporativ strategiyaga moslashtirish imkoniyatini beradi. Risklarni oʻtkazish imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi. Bir qator moliyaviy risklarni qabul qilish ularning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish boʻyicha korxona imkoniyatlari bilan oʻzaro mos kelmaydi, ya’ni ularni korxonaning oʻzi mustaqil bartaraf eta olmaydi. Bir vaqtning oʻzida bunday riskli operatsiyani amalga oshirishni korxonaning rivojlanish strategiyasi va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yoʻnalishi talab etadi. Mazkur holat yuzaga kelganda ularni qisman yoki toʻliq biznes boʻyicha hamkorlarga yoki tashqi sugʻurtalovchilarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Risklarni tashqi sugʻurtalash mezonlari korxonada moliyaviy risklar portfelini shakllantirishda hisobga olinishi lozim. Yuqorida keltirib oʻtilgan prinsiplar asosida korxonada moliyaviy risklarni boshqarish siyosati ishlab chiqiladi. Moliyaviy risklarni boshqarish siyosati moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq risklarning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini neytrallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishga qaratilgan korxona umumiy strategiyasining bir qismini oʻzida aks ettiradi. Moliyaviy risklarni boshqarish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni amalga oshirishdan iborat: - Maqsadni belgilab olish. - Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risklarni aniqlash. - Risklarni baholash. - Risklarni boshqarish metodlarini tanlash va ulardan foydalanish. - Qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish va samaradorligini tahlil qilish. Keltirilgan bosqichlardan koʻrinib turibdiki, risklarni boshqarish jarayoni maqsadlarning belgilab olinishidan boshlanadi. Maqsadlar turli xil boʻlishiga qaramasdan korporativ moliya amaliyotida ular rejalashtirilgan darajada daromadlilikka erishishga, xarajatlarning oʻsishiga yoʻl qoʻymaslikka, mulkdorlar kapitalining oʻsishini ta’minlashga qaratiladi. Maqsadlar belgilab olinishi talab qilinadigan va egalik qilish mumkin boʻlgan zaruriy resurslar va ularning cheklanganligi, kutiladigan natija va unga erishish boʻyicha risk oʻrtasidagi turli xil ziddiyatlarni bartaraf etish imkonini beradi. Birinchi bosqichda amalga oshirish natijasida operatsiya yoki loyiha boʻyicha riskning dastlabki darajasi aniqlanadi. Ikkinchi bosqich faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan risk turlarini aniqlab olish, ularning asosiy manbalarini va risklar yuzaga kelishiga sabab boʻluvchi eng muhim omillarni aniqlashni nazarda tutadi. Koʻzda tutilgan faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek ichki va tashqi muhit buning uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Turlari, bazaviy belgilari, sabab boʻluvchi oqibatlari boʻyicha risklarni identifikatsiyalash ularni soʻnggi baholash, ta’sirini kamaytirish va neytrallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni toʻgʻri tanlash va qoʻllashda muhim ahamiyatga ega. Download 38.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling