Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish usullari


Risklarni boshqarish sohasidagi standartlarga quydagilar kiradi


Download 38.68 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1582802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zarmasov Fayoz Kurs ish

Risklarni boshqarish sohasidagi standartlarga quydagilar kiradi:
• ISO 14971 (Tibbiy asboblar);
• ISO 16085:2006 - tizimlari va dasturiy ta’minot muhandislik - Risklarni boshqarishda hayotiylik jarayonlari;
• ISO 31000 - risklarni boshqarish - tamoyillari va ko‘rsatmalar;
• IEC/ISO 31010 - Risklarni boshqarish - Risklarni baholash texnikasi;
• ISO Guide 73: 2009 - Risklarni boshqarish yo‘riqnomaga asosan olib borilishi;
• OHSAS 18001- Ishchilar sog‘lig‘ini saqlash va risksizlikni baholash.
Ko‘p risklarni oldini olish va nazorat qilish mumkin. Lekin shunday risklar mavjudki, ularni oldini olish yoki kamaytirish mumkin emas, ya’ni ular loyiha ishtirokchilari ta’siridan tashqarida bo‘ladi. Shunday risklar ko‘p xarajat talab qilganligi sababli, ularni moliyalash usuli qo‘llaniladi. Bunda loyiha ishtirokchilarini o‘z-o‘zini sug‘urtalash, tajribali sug‘urtachi yordamida sug‘urtalanishga mablag‘ ajratishi tushuniladi. Sug‘urta shartnomalarida riskning ko‘pgina turlari bo‘yicha sug‘urtachining zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishi ko‘rib o‘tilgan moddalar mavjud bo‘ladi. Riskni boshqarishda loyiha ishtirokchilaridan tashqari, sug‘urta tashkilotlari ham bevosita ishtirok etadi. Ular riskni baholashda o‘z usullari va yo‘llarini amalga oshiradilar, bu amalga oshirish reja dasturlarini nazorat qilib boradilar.
Natijalarni baholash - bu ma’lum bir loyiha doirasidagi risk - menejmenti bo‘yicha faoliyatlarining yig‘indisi. U keng ma’lumotlar to‘plami asosida o‘tkaziladi va risk tahliliga tuzatishlar kiritish, risk - menejmentining alohida choralarini qo‘llash samaradorligini baholash, riskni boshqarishda barcha qilingan xarajatlarni baholash maqsadida o‘tkaziladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko‘rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi:

Loyihalarni moliyalashtirishda riskni taqsimlash usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: kafolatlar;

1) Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo‘qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo‘llardan foydalaniladi.
2) riskdan qochish - risk bilan bog‘liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi.
3) riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o‘z kapitalini riskli tadbirlarga yo‘naltirayotganda, risklardan ko‘riladigan zararlarni qoplash uchun mablag‘i bo‘lishi kerak.
4) riskni uzatish (sug‘urtalash) – investor risk xavfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug‘urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug‘urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to‘lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko‘p hollarda, sug‘urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug‘urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to‘liq erishishiga xizmat qiladilar.

Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling