Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish usullari


Risklarni boshqarish asosiy tamoyillarini quyidagi ma’lumotlari orqali ham ifodalash mumkin


Download 38.68 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1582802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zarmasov Fayoz Kurs ish

Risklarni boshqarish asosiy tamoyillarini quyidagi ma’lumotlari orqali ham ifodalash mumkin:
1. Har bir inson faoliyati davomida ayrim risklarga duch keladi;
2. Risk mavjud bo‘lmagan tashkilotlarda risklarni boshqarish uchun javobgarlik boshqarish bo‘ylab taqsimlanadi. Eng yuqori mas’uliyat kompaniya egasiga, rahbar va yuqori boshqaruv vakillari o‘rtasida tabiiy taqsimlanadi.
Har qanday korxonada risk bilan birgina menejrning o‘zi kurashishi samarasiz, chunki kichik tashkilotlarda risklarni boshqarish uchun javobgarlik, rahbarlar darajasida faollashdi. O‘rta va yirik tashkilotlar javobgar individual menejerlar orasida taqsimlanadi. (Masalan, banklar, sug‘urta kompaniyalari, neft-kimyo va energetika sanoati, aviatsiya va kosmik sanoati, transport kabi) yuqori risk muhitda faoliyat yuritadigan yirik tashkilotlar va tashkilotlarda belgilangan mutaxassis (riski menejeri) ish olib boradi. Risk (zarar), shuningdek qarshi ta’siri, moliyaviy faoliyatda bilinadi va moliyaviy rejalashtirish ta’sirga ega bo‘lishi mumkin, deb deyarli har doim menejerlar tomonidan takrorlanadi. Risklarni boshqarish eng yaxshi samara bergan usullar va metodik orasida quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkin:

XULOSA
Riskni boshqarishda tayor mahsuloti bo‘lmaydi, lekin uning uslublari risni kamaytirishni har hil yo‘llari va qo‘yilgan topshiriqni zudlik bilan bajaruvchi rejalari har qanday riskli munosabatlarni oldini olishga yordam beradi. Hosil bo‘lgan yoki yuzaga kelgan risklarni oldini olishda yoki boshqarishda riskni boshqarish aniq va operativ bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi. Operativ boshqarish - bu yuzaga kelgan hodisalarni mantiqiy tomondan o‘ylab o‘tirmasdan, qisqa vaqtda shu muammoni yechishni to‘g‘ri yo‘lini topishdir. Aniqlik – bu riskli munosabatlarda yuzaga kelgan aniq muammolarni yechish tushuniladi. Riskning ta’siriga yuqoridagi ikki muhim yo‘nalishdagi uslub yordam bermasa, ya’ni risk darajasi kamaymasa yoki ta’sir doirasi kengayib borsa u holda riskni boshqarishda evristik uslubdan foydalanish mumkin. Bu uslub orqali riskni mantiqiy jihatdan fikrlash, hayotiy tajribalardan xulosa chiqarish va aniq mezonini ishlab chiqish mumkin. Evristik uslubda quyidagi fikrlar asos bo‘ladi:
1) O‘z kapitalingizga nisbatan, ko‘p katta riskli munosabatlarga bormang;
2) Kam daromadli, ko‘p riskli munosabatga borish mantiqqa mos kelmas;
3) Yuzaga kelgan riskli munosabatlarda doimo to‘g‘ri uslub tanlash zarur. Riskni boshqarishning obyektiv zarurligi quydagilar bilan tavsiflanadi:
Birinchidan, ishonchli texnologiyalar bo‘lishidan qat’iy nazar yengil va og‘ir sanoat zavodlarini operativ boshqarish jarayonida ham xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun juda muhim omil hisoblanadi.
Ikkinchidan, bozorlar va tarmoqlarni iqtisodiy erkinlashtirish tufayli rahbarlar tomonidan bosimo‘tkazishi, boshqaruv xodimlari va tashkilotning ham iqtisodiy tejamkorligini oshirish va daromadliligini ko‘paytirish natijasida sohalarida tashkiliy tuzilmasida o‘zgarishlarga olib kelishini oldini oladi. Shu bilan birga operativ ahamiyati xodimlar sonini kamaytirish kabiish jarayonini sustlashtiruvchi omillardan holi bo‘lishdir.
Uchinchidan, kichik va o‘rta kompaniyalar uchun, muayyan qo‘llab-quvvatlash zarurligi shundaki, sanoatning turli tarmoqlarida tajribasizlik tufayli kelib chiqadigan avariyalar risklarni boshqarishning muhimligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda, samarali risklilikni boshqarishning muhim bir elementi sifatida qaraladigan holat bu -operativ boshqarish (Hess va Gaertner tomonidan 2006-yilda ilk bor fanga kiritilib amaliyotda qo‘llanilgan). Risklarda operativ boshqarish- muddatli risklilikni boshqarish, risksizlik ko‘rsatkichlarini bir yuqori darajada erishish maqsadida rejalashtirish, tashkilot, boshqaruvda hamda jismoniy shaxslar va ish faoliyatini nazorati bilan bog‘liq barcha tadbirlar to‘liq yuqori sifatga erishish, ya’ni, yuksak darajada rivojlangan xavfsizlik madaniyatini targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega. Risklilikni boshqarish muayyan tashkilotda cheklangan, ammo kompaniyaning butun xavfsizlikni o‘z ichiga oladi degani emas. Ya’ni riskni boshqarish kompaniya rahbariyati darajasida javobgarlik demakdir.
Ba’zan riskni boshqarish xavfsizlik boshqaruvining bir turi sifatida ko‘riladi, lekin amalda risklarni boshqarish xavfi asosiy va muhim qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘z ichiga olgan boshqa masalalar xususan boshqarish, moliyaviy xatarlar, eksport va import xavflari tabiiy ofatlar ham risklarni boshqarish jarayonida albatta hisobga olinadi.. Har bir inson hayoti davomida muqarrar risklar va hatarlarga uchraydi bu aniq mavjud. U davlat boshqaruvida ham, xususiy sektorlarda ham keng ma’noda (sug‘urta, manfaatdor qarab, texnik foydalanish xavfi ko‘plab qabul ta’riflar ham bor) uchrashiga sabab bo‘ladi. Barcha ta’riflar, umumiy tushuncha natijalari noaniqlik hisoblanadi. Ba’zida ular ixtilof bo‘ladi va qanday qilib natijalarini tavsiflovchi xususiyatlar faqat salbiy oqibatlarga ega bo‘lib, ba’zi paytda, xavfni tasvirlab boshqalari esa neytral bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.

Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling