Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish usullari


Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi


Download 38.68 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1582802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zarmasov Fayoz Kurs ish

Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin:
1) loyiha ishtirokchilari riski;
2) loyiha smeta qiymatining oshish riski;
3) qurilishni o‘z vaqtida tugamaslik riski;
4) ish va obyekt sifatining pastligi riski;
5) konstruktsion va texnik risklar;
6) ishlab chiqarish riski;
7) boshqaruv riski;
8) sotish riski;
9) moliyaviy risk;
10) mamlakat riski;
11) ma’muriy risk;
12) huquqiy risk;
13) fors-major riski.
Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta’minlayolmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi kabilar.
Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: pudratchilarningo‘z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Ish va obyekt sifatining pastligi riski - pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin.

Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling