Moliyaviy risklar va ularni minimallashtirish usullari


Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat


Download 38.68 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi38.68 Kb.
#1582802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zarmasov Fayoz Kurs ish

Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:
1) risklarni diversifikatsiyalash;
2) risklarni sug‘urtalash;
3) risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash;
4) risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish.
5) qo‘shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo‘lish.
Risklarni diversifikatsiyalash - bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli xil faoliyatlar o‘rtasida risklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o‘rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi shakllari mavjud:
1) tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo‘yicha diversifikatsiyalash;
2) iste’molchilarni diversifikatsiyalash;
3) mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;
4) loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.
Risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash moliyaviy reja va shartnoma hujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo‘lgan u yoki bu risklarni ko‘paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko‘zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo‘ladi. Investitsiya loyihasi riski va u bilan bog‘liq yo‘qotishlar ehtimolini aniqlashning bir necha usullari mavjud.
1) Obyektiv usul, bu loyihada bo‘lish ehtimoli bo‘lgan yo‘qotishlar va ularning davr oralig‘ini aniqligidir. Bu oraliqni aniqlash risk darajasini kamaytirishga yordam beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda, biznes rejalarni tuzishda investitsion loyihani boshqarish samaradorligiga alohida e’tibor qaratiladi. Buning sababi shundaki, rivojlangan mamlakatlar bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning 98 foizi korxonaning o‘ziga bog’liq sabablar tufayli yuz bergan, 2 foizigina esa, korxona faoliyatiga bog’liq bo‘lmagan omillar ta’sirida yuz bergan. AQShda o‘tkazilgan shu boradagi tadqiqotlarning natijalari investitsion loyihalarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning asosiy sabablari quyidagilardan iborat ekanligini ko‘rsatdi:

  • boshqaruvchilarning uquvsizligi – 45 %;

  • mahsulotning ushbu assortimentini ishlab chiqarishda tajribaning yetarli emasligi – 9 %;

  • boshqarish tajribasining etishmasligi – 18 %;

  • nisbiy tajriba doirasining torligi – 20 %;

  • o‘z majburiyatlarini bajarmaslik – 3 %;

  • aldash – 2 %;

  • tabiiy ofatlar – 1 %.

Risklarni boshqarish uchun, riskni tahlili muhim ahamiyatga ega. Risk darajasi tahlili kompaniyalarning qay darajada o‘z aktivlarini boshqarishdan kelib chiqib bir necha usullar asosida amalga oshiriladi.
Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling