Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Интернет сайтлари 
http:// www. accounting. rut gars. edu 
http:// www. buhgalteria. com. ua 
http:// www. 1c. ru 


250 
7-BOB. MOLIYAVIY QO’YILMALAR 
7.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy qo’yilmalar tarkibi 
Bozor munosabatlariga o’tish bo’yicha O’zbekiston Respublikasida amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini 
xususiylashtirish jarayoniga, aksioner jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo’shma 
korxonalar va shunga o’xshaganlarni tashkil etishga asoslangan. Bu jarayonlar 
quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog’langan: tijorat banklari, 
investitsiya va sug’urta fondlari, birjalar, moliya – sanoat guruhlari, lizing 
kompaniyalari, maslahat va auditorlik firmalari va sh. k.
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay 
investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. 2008 yilda 
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 
milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan 
taqqoslaganda, 28,3 foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi. 
O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilganini ta’kidlash 
darkor. 
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy 
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga sazovordir. 
2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar 
o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p demakdir. Eng muhimi, 
xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. 
Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million 


251 
dollarga 
ko‘payadi, 
buning 
to‘rtdan 
uch 
qismi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalardir.
34
Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning qariyb 54 
foizini korxonalar va aholi mablag‘lari tashkil etadi. Bu mamlakatimizda soliq 
yukini kamaytirish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsiya faolligini 
rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan soliq siyosati qanchalik to‘g‘ri ekanini 
yana bir bor tasdiqlaydi. 
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O’zbekistonda fond birjalari 
mavjudligini alohida e’tirof etish kerak. Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga 
solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
35
Qimmatli qog’ozlar muomalasi deganda qimmatli qog’ozlarni tasarruf 
etuvchilarni almashishga olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari 
tushuniladi. Qimmatli qog’ozlarni har qanday korxona, aksioner jamiyati va kredit 
muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog’ozlar chiqarish va muomalada 
bo’lishi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner 
jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va 
boshqalar kiradi. 
Aksiya – aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat 
tugatilganda mulk qoldig’ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner 
jamiyatining ustav kapitaliga qo’shilgan mablag’ni tasdiqlovchi qimmatli 
qog’ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining 
faoliyati davomida harakatda bo’ladi. 
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner 
jamiyatlarining aksiyalarini ro’yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga 
34
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 
35
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Қимматли қоғозлар бозорини ривожлантириш бўйича қўшимча 
чоралар тўғрисида» ги фармони. 1995 йил 7 сентябрдаги; Ўзбекистон Республикасининг «Қимматли қоғозлар 
ва фонд биржаси тўғрисида» ги Қонун. 1993 йил 2 сентябр.


252 
binoan
36
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo’lishi kerak: aksioner 
jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog’ozning nomi – «aksiya», 
uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan 
aksiyalarning miqdori, ro’yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning 
kodi, dividendlarni to’lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va 
bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo’lgan ustav 
kapitalining hajmi. 
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul 
milliy va xorijiy valutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa 
aktivlarni qo’shish yo’li bilan to’lanishi mumkin. 
Shaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko’rsatuvchiga berilgan 
aksiyalarga bo’linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida 
ro’yxatga olinadi. Bu o’z navbatida kimda qancha va qanday aksiyalar borligini 
aniqlash imkoniyatini beradi. Ko’rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning 
ismi ko’rsatilmaydi, natijada jamiyat o’zining paychilari to’g’risida axborotga ega 
bo’lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko’rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir. 
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va 
imtiyozliga bo’linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda 
qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan 
miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash 
huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini 
bermaydi, lekin korxona o’z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi 
navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday 
hollarda korxona rezerv fondidagi mablag’lardan foydalanadi. 
36
ЎзР ВМ 1994 йил 8 июндаги 285–сонли қарорининг 1 иловаси; 1995 йил 14 февралдаги 351 – сонли ЎзР ВМ 
қарори билан киритилган ўзгаришлар. 


253 
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o’z mablag’larini jalb 
qilish yo’li bilan ustav kapitalini ko’paytirish imkoniyatini beradi. 
Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal 
qiymatini to’lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog’ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki 
korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo’lib hisoblanadi. 
Shaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va 
ko’rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo’ladigan va 
muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo’linadi.Obligatsiyalarni har 
qanday mulk shakliga ega bo’lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan 
olingan pul faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin. 
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali 
tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag’lar tegishli respublika yoki mahalliy 
budjetga o’tkaziladi. Bular faqat ko’rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir. 
Obligatsiyalar bo’yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib 
borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo’la berilishi 
mumkin. 
Omonat sertifikatlari – kredit muassasalarining pul 
mablag’larini 
deponentlangani to’g’risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi 
omonat sertifikati muddati o’tgandan so’ng depozit summani va uning foizini olish 
huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat 
sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko’rsatuvchiga berilgan bo’ladi. Ko’rsatuvchiga 
berilgan sertifikatlar muomalada bo’lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi 
– sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko’rsatuvchiga berilgan sertifikat debitor va 
kreditorlar o’rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar 
bo’yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to’lanadi. 
Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo’lsa, shu muddat tugagach, unda 
ko’rsatilgan summani to’lashni so’zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay 


254 
shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko’rsatilgan pul 
shu vaqtning o’zida to’lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng to’lanadi. 
Bu vaqt ichida vekselda ko’rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida 
bo’ladi. 
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo’lib, u qat’iy belgilangan shaklda 
tuziladi. O’z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so’zsiz pul majburiyatlari deb 
ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir. 
So’zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to’lanishi qandaydir 
shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni 
to’lashga tegishli tartib bilan bog’liq bo’lmagan begona sharoitlarga 
bog’lanmaydi. Veksel bo’yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, 
uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko’rsatilmaydi. Veksel 
majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha. 
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa 
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida 
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin. 
Тovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o’rtasidagi mahsulot jo’natish yoki 
xizmat ko’rsatish bitimlarida foydalaniladi. 
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy veksel qarzdor 
tomonidan to’ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan 
muddatda so’zsiz to’lanishi ko’rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan 
rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan 
kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to’lovchi bo’lib 
hisoblanadi. 
O’tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O’tkazma veksel 
kreditor tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko’rsatilgan summani 
belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to’lash to’g’risida qarzdorga berilgan 
buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor 


255 
tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. 
Shunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi 
emas, faqat to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Odatda o’tkazma vekselni ushlovchi 
bo’lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko’rsatilgan summani qarzdor 
to’lovchi uchinchi shaxsga to’lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi 
vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi, ular o’zaro qanday 
munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi 
to’lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to’lash majburiyati faqat veksel beruvchi 
oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday keyingi veksellar uni 
o’zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o’tkazma vekselni o’zi-
o’ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o’tkazuvchi bo’yicha majburiyatda 
ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to’lovchi ikkinchi 
tomondan esa – bir vaqtning o’zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi 
bo’lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida 
uchinchi shaxsga o’tkazib berishi mumkin. O’tkazma veksel to’lovchi tomonidan 
akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi. 
 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling