Morfologiya. Ot so‘z turkumi Sifat, son, olmosh so‘z turkumlari


Download 96.78 Kb.
bet7/16
Sana13.09.2023
Hajmi96.78 Kb.
#1676465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
4-ma`ruza 4

Sonlar.
Sanoq sonlar. Eski о‘zbek tilida sanoq sonlar kishi, narsa hamda hodisalarning sanog‘ini bildirgan, sanoq sonlarning birlik, о‘nlik, yuzlik, minglik va boshqa formalari qо‘llangan. Sanoq sonlar sodda va murakkab formalar orqali ifodalangan, arab, fors-tojik, hind tillaridan о‘zlashgan sanoq sonlar ham uchraydi.
Eski о‘zbek tilida qadimgi turkiy tildagiga nisbatan sonlar jiddiy о‘zgarishga uchragan emas, lekin о‘ziga xos tizim hosil qilgan. Ayniqsa, murakkab sonlar hozirgi normalarga yaqinlashgan. Bu davr tilida tөrt yigirmi (14), alti elig (46), otuz artuqi uch (33) kabi murakkab sonlar qо‘llanishdan chiqqan.
Sodda sanoq sonlar eski о‘zbek tilida tanglay garmoniyasi talabiga kо‘ra qattiq va yumshoq variantlarda qо‘llangan.Sodda sanoq sonlar quyidagicha kо‘rinishga ega: bir soni, asosan, yumshoq talaffuz qilingan: bir birigә qatila berdilәr (Amiriy). Biri birigә baqmay (BN).
XVIII —XIX asr yozma manbalarida bir sonini qattiq talaffuz qilish holatlari ham uchraydi: Bir-birig‘a namahram et (Uvaysiy).
Ikki soni oldidagi unli -e yoki -i tovushlari orqali: eki, -ikki tarzida talaffuz kilingan. Shu bilan birga, iki soni tarkibidagi -k undoshi ba’zan tashdid orqali ifodalangan: eki, ekki, iki, ikki kabi. Bunday xilma-xillik she’riyatda aruzning talabi bilan yuz bergan.
XIX asrga oid ayrim yozma manbalarda alti soni alta, yetti soni yette formasida uchraydi.
«Boburnoma»da, Gulxaniy, Munis asarlarida bir toqquz,toqquz- toqquz iborasi qо‘llangan, har narsaning tо‘qqiztalik songa ega ma’nosini anglatgan: Bir toquz et va bir toquz parcha kelturәdi (BN). Meңә g‘amdin t o q u z-t o q u z tuhfa (Munis).
Yigirmә soni uch xil fonetik variantda iste’mol etilgan: yigirmә (BN); yigirmi (Navoiy, MN); igirmi (SH. tar.).
Elik soni tarkibidagi -l undoshi dastlab ikkilanmagan, keyinchalik geminatsiyaga uchrab tashdid orqali ifodalangan: Elik (Navoiy, MN), ellik (BN).
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarga arab, fors-tojik hamda hind tillaridan ba’zi sanoq sonlar о‘zlashgan, о‘zlashgan sanoq sonlar о‘z formalarida qо‘llangan. Fors-tojikcha: s a d h a z a r (Lutfiy); y a k –yak(Ogahiy); du bara (Muqimiy).
Hindcha lәk soni XVI—XIX asrlarga oid yozma manbalarda qо‘llangan: Yuz miңni l ә k derlәr (BN); miң lәk somni (Muqimiy).
«Boburnoma»da hindcha k ө r u r — (о‘n million), arb (bir milliard), kөrb (yuz milliard), nayl (о‘n trillion), padam (milli-trillion), saң (eng yuqori sanoq son) sanoq sonlari qо‘llangan.
Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar kam rivojlangan, dona sonlar funksiyasini turli son formalari bajargan. Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab’ai sayyor», Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga –affiksi qо‘shilib dona son hosil bо‘lgan: birtә yarmag‘ ikki bөlүb (Navoiy MQ); birtә өtmәkni iki bөlүb (Navoiy MQ).

XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar ma’nosida qо‘llangan: Y e t i ag‘zi aniң otlar sachib (Navoiy HA). Yүz miң bayti bar va bir qasida aytibdur (Navoiy MN).
Numerativ sо‘zlar. Numerativ sо‘zlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qо‘llangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ sо‘zlarni qо‘llash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski о‘zbek tilida ham numerativ sо‘zlar xarakteriga kо‘ra turlicha ma’nolarni anglatgan. Numerativ sо‘zlar sanoq son bilan aniqlanayotgan sо‘zlar orasida qо‘llanib, aniqlanmish sо‘zga nisbatan qо‘shimcha aniqlik darajasini oshirgan. Shuningdek, numerativ sо‘zlar ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, tо‘da, о‘lchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan.

Download 96.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling